Get Mystery Box with random crypto!

Endi Chinozlik yoshlar ham German Sparkassenstiftung tomonidan | Yosh fermerlar

Endi Chinozlik yoshlar ham German Sparkassenstiftung tomonidan moliyalashtirilgan mablag'lar hisobidan imtiyozli kredit olishadi.

Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Toshkent viloyatining Chinoz tumanida O'zbekiston Yosh Fermerlar Kengashi, Yoshlar Ishlari Agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va Agentlikning Chinoz tumani bo'limi bilan hamkorlikda "Biznes re'ja tuzish va bank bilan suhbat" nomli interaktiv seminar bo'lib o'tdi.

2 kun davom etgan ushbu seminarda German Sparkassenstiftung Uzbekistandagi uzoq muddatli exporti Mathias Wangler va viloyatning tarjibali trenerlari yoshlarga biznes re'ja tuzish va undan foydalanish, biznesda to'g'ri qarorlar qabul qilishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi, bank bilan bo'ladigan munosabatlarning asosiy jihatlarini o‘rgatildi.