Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Lev | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Lev Levayev

O‘zbekistonda tug‘ilgan “Lev Leviev Group” asoschisi Lev Levayev 15 yoshida oilasi bilan Isroilga ko‘chib o‘tgan. U yerda olmos kesuvchi sifatida faoliyatini boshlab, 6 yil o‘tgach o‘zining kesish zavodini ochgan.

1980-yillarda “De Beers” bilan hamkorlik qilishni va Afrikada biznes yuritishni boshlagan — uning kompaniyalari Angola olmoslarining butun eksportini nazorat qilgan. Keyinroq Levayev Rossiyadagi kesish zavodlarini sotib olgan, shuningdek, Isroildagi korxonalarda yoqut olmoslarini kesish bilan shug‘ullangan.

Hozirda uning “AFI Development” kompaniyasi Rossiya, Isroil va AQShda turar-joy hamda savdo-ofis majmualarini quradi. Eng so‘nggi loyihalardan biri — Moskva shahridagi “Afimall” savdo markazi hisoblanadi. 2018-yil mart holatiga ko‘ra, tadbirkorning boyligi 1 milliard dollarni tashkil etadi.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation