Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 17-may, Seshanba. Grigoriy taqvimi boʻ | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Assalomu alaykum!
Bugun 17-may, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 137-kuni.
Yil yakuniga 228 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro gomofobiyaga qarshi kurash kuni
Xalqaro telekommunikatsiya kuni
Xalqaro bolalar uchun ishonch telefonlari kuni
Norvegiyada bolalar kuni
Kayman orollarida ixtirolar kuni
Nigeriyada Konstitutsiya kuni

VOQEALAR:

1497-yil — Vasko da Gama Hindiston sohillariga yetib bordi.
1718-yil — ingliz ixtirochisi Jeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyot — Pakl qurolini patentladi.
1861-yil — Tomas Kukning dunyodagi birinchi sayyohlik agentligi dunyoda birinchi marta sayohat guruhini xalqaro sayohatga yubordi.
1861-yil — Londonda birinchi marta rangli fotosuratlar ommaviy ravishda namoyish etildi.
1865-yil — Xalqaro elektraloqa ittifoqiga asos solindi.
1996-yil — O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi.
2009-yil — hozirda dunyodagi eng mashhurlardan biriga aylangan “Minecraft” kompyuter o‘yinining birinchi sinov versiyasi chiqarildi.

TAVALLUDLAR:

1749-yil — Eduard Jenner — ingliz shifokori, jarroh, chechakka qarshi vaksina yaratuvchisi.
1897-yil — Odd Xassel — norvegiyalik fizik-kimyogar, konformatsion tahlil asoschilaridan biri, ilmiy maktab asoschisi, kimyo bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1900-yil — Nikolay Karaxan — O‘zbekiston xalq rassomi.
1907-yil — Ilona Elek — vengriyalik qilichboz, ikki karra Olimpiya, bir necha bor jahon chempioni.
1953-yil — Qosim Jo’mart To‘qayev — Qozog‘istonning amaldagi prezidenti.
1970-yil — Jovanna Trillini — italiyalik qilichboz, 4 karra Olimpiya, 9 karra jahon chempioni.
1973-yil — Uchqun Tillayev — O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation