Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Shoh | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Shohruh Qayumov

Shohruh Qayumov olgan mutaxassisligi bo‘yicha buxgalter-auditor. Qachonlardir Jahon bankida ishlashni orzu qilgan. Keyinroq esa ofisda ishlaydigan xodim emasligini tushunib yetgan.

“Yoshligimda kiyimlarni yaxshi ko‘rar edim. Amerikada yashagan vaqtlarimda ularni yanada yaxshi ko‘rganman. O‘zbekistonga qaytgach, mamlakatda tekstil sohasining istiqboli borligini ko‘rganman”, — deydi tadbirkor.

2006-yilda akasi Sherzod Qayumov bilan kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha birgalikdagi biznesini yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi vaqtga kelib tadbirkor “Fratelli Casa” (kiyim), “PromoWear” (korporativ va reklama kiyimi), uzbtextile.com (В2 В tekstil platformasi) va “Malevich Consulting” kabi loyihalarni boshqaradi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt