Get Mystery Box with random crypto!

Germaniya 20-asr boshida Namibiyada sodir qilgan genotsidni ta | XPRESS

Germaniya 20-asr boshida Namibiyada sodir qilgan genotsidni tan oldi va $1,34 mlrd tovon puli to‘laydigan bo‘ldi

20-asr boshlarida Germaniya kolonistlari Namibiyada herero va nama urug‘ining 80 foiziga yaqinini qirib yuborgan.

Namibiyadagi genotsid 1904-yilgi hududiy qo‘zg‘olondan so‘ng boshlangan: mahalliy aholi cho‘l hududiga chiqarib ishlatilgan, lagerlarga tashlangan, ularning ustida tibbiy tajribalar o‘tkazilgan.

Ikki davlat o‘rtasida bu harakatlar uchun tovon to‘lash bo‘yicha muzokaralar 2015-yilda boshlangan edi. Va nihoyat, $1,34 mlrd tovon puli to‘lanadigan bo‘ldi. Bu pul mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga sarflanadi.

"Germaniyaning tarixiy va ma’naviy javobgarligini bo‘ynimizga olib, Namibiya qurbonlaridan uzr so‘raymiz", – degan Germaniya tashqi ishlar vaziri Heyko Mass.

#Tarix
Xpress.uz – Siz kutgan format