Get Mystery Box with random crypto!

Xalq Banki | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki | Rasmiy kanal X
Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @xalqbankinfo
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 24.89K
Kanalning ta’rifi

Murojaatlar markazi: @xbcallsupport
📞 1106
☎️ 998 71 210 20 02
🌐 www.xb.uz

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-10 15:01:04
Xalq banki "Asaxiy Books"ga homiylik qiladi.

So‘nggi yillarda yoshlarning dunyoqarashi o‘zgarayotgani, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishi ortayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarda biror asar haqida so‘z ketsa, shu asarning oʻzbek tilidagi tarjimasi bor-yoʻqligi haqida savol tug‘iladi. 

Biz kitobxonlarimizga jahon adabiyotining eng so‘nggi namunalarini ona tilida mutolaa qilishi uchun "Ali Express", "Amazon" kabi onlayn do‘konlarning o‘zbekcha talqini "Asaxiy Books" bilan birgalikda moliyaviy hamkorlik shartnomasini imzoladik. 

Bank "Asaxiy Books" tomonidan chiqariladigan keyingi 20 ta bestseller asarlarining nashr etilishida homiylik qiladi. Bu o‘z navbatida, loyihaning keyingi kelajagi uchun katta qadam bo‘ladi. 

Biz yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada koʻtarishga o‘z hissamizni qo‘shish istagidamiz.
8.2K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-04-10 07:01:04
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
11.0K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:02:30
Rossiyadan pul o‘tkazmalarini Xalq banki kartalariga bir zumda qabul qiling! 

Rossiyadan yuboriladigan pul o‘tkazmasini "SberBank Onlayn" ilovasi orqali bir zumda Xalq banki kartangizga qabul qilishingiz mumkin. 

Afzalliklari:
hech qanday komissiyalarsiz;
bankka borish shart emas;
navbatda turib vaqt yo‘qotmaysiz;
pullaringiz bir zumda bank kartangizga tushadi.

Buning uchun pul yuboruvchining smartfonida "SberBank Onlayn" ilovasi o‘rnatilgan, pul qabul qiluvchining bank kartasi esa "SMS-xabarnoma" xizmatiga ulangan bo‘lishi lozim.

Pul mablag‘lari qabul qiluvchining telefon raqamiga biriktirilgan Xalq bankining Humo yoki Uzcard bank kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

1106
@xbcallsupport
5.2K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-04-07 10:39:04
O‘zbekchasiga pul tejolmayapsizmi? Unda yaponchasiga urinib ko‘ring! 

1904-yilda yapon jurnalisti Motoko Xani tomonidan kakeibo moliyalashtirish tizimi ishlab chiqilgan. Kakeibo tizimi jamg‘armalarni ko‘paytirishga qaratilgan va "bir tiyin bir so‘mni tejaydi" tamoyili asosida ishlaydi. 

Yaponcha tejamkorlikni qo‘llamoqchi bo‘lsangiz sizga 2 ta daftar kerak bo‘ladi: katta va kichik. 
biri kattaroq daromad, xarajatlar va jamg'armalarni rejalashtirish uchun;
ikkinchisi kichik, har kungi xarajatlarni hisobga olish uchun zarur. 

Xarajatlar rejasini tuzishda Yaponiya tizimi ularni quyidagi toifalarga bo‘lishni tavsiya qiladi:
Kundalik xarajatlar: oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va hokazolar.
Madaniyat va ta'lim: kurslar, treninglar, kitoblar.
Vaqtichog‘lik: filmlar, konsertlar, restoranlar, sayohatlar.
Boshqalar: dastlabki uchta toifaga kiritilmagan xarajatlar.

Mablag‘ingizni ishonchli va daromadli jamg‘arishni istasangiz Xalq banki omonatlaridan foydalaning.
6.9K viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2023-04-07 07:08:54
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
8.3K views04:08
Ochish/sharhlash
2023-04-06 14:06:55
Smishing yoki preteksting qurboniga aylanish xavfi bor agar... 

ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilayotgan mavhum havola va xabarlarga xushyor bo‘lmasangiz; 
bank kartangiz ma'lumotlarini begonalarga ma’lum qilsangiz;
bank kartangizga oid SMS kodni begonalarga aytsangiz, smishing yoki preteksting usuli qurboniga aylanishingiz hech gap emas.

Smishing - bu mobil qurilmalar orqali amalga oshiriladigan firibgarlik usullaridan biri. Bunda zararli havolalar yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan SMS xabarlardan foydalaniladi. 

Preteksting - bu kiberhujum usuli bo‘lib, unda firibgar biror bahona yordamida jabrlanuvchining e’tiborini jalb qiladi va ularning bank kartasiga oid ma’lumotlarini oshkor qilishga "majburlaydi". Masalan, zararsizdek ko‘rinadigan onlayn so‘rov paytida sizdan bank hisobingiz ma’lumotlarini so‘rashi mumkin. 

Fuqarolardan bunday nayranglarga ishonib qolmasliklarini va virtual firibgarlardan ogoh boʻlishlarini soʻrab qolamiz!
6.7K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-04-06 06:59:38
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
311 views03:59
Ochish/sharhlash
2023-04-05 15:46:03
Uyingizda doim elektr energiyasi bo'lishini istaysizmi?

O'zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish qanchalik to‘g‘ri? Buning afzalliklari:
elektr energiya xarajatlari tejaladi;
xonadoningizda doimo elektr energiyasi bo‘lishini ta'minlaysiz. Qo'shnilaringizda chiroq o'chsayam Sizning uyingiz nurli bo'lib turaveradi;
o'z ehtiyojingizdan ortgan elektr energiyasini hukumatga sotib, qo'shimcha daromadga ega bo‘lishingiz mumkin. 

Agar Siz ham tabiatni asrash va yashil energiya manbalaridan foydalanishni istasangiz, Sizga Xalq bankining "Green" kreditini taklif etamiz.

Shartlari:
muddati - 5 yil;
maksimal miqdori - 100 mln so‘m.

Kredit quyosh panellari, quyosh suv isitgichlari, shamol generatori, biogaz qurilmalari va boshqa muqobil energiya manbalari xaridi uchun ajratiladi.

Batafsil: xb.uz

 —————
1106
@xbcallsupport
6.8K views12:46
Ochish/sharhlash
2023-04-05 06:59:43
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
7.1K views03:59
Ochish/sharhlash
2023-04-04 14:15:34
Muvaffaqiyatli biznesingiz uchun naqd pulda kredit oling!

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida biznesingizni boshlash uchun naqd pul shaklidagi moliyaviy ko‘mak kerakmi? Biz sizga "Qulay" kreditini taklif etamiz:

imtiyozli davr – 3 oy;
muddati – 18 oy;
yillik foiz stavkasi – 25%;
miqdori – 300 mln so‘mgacha.

Xalq banki mijoziga aylaning va biznesingizni ortiqcha xarajatlardan xalos eting:
yangi mijozlar uchun debet komissiyasi - 0%;
internet, mobil va SMS banking xizmatlariga ulanish va foydalanish - BEPUL.

Xalq banki – O‘zbekiston bo‘yicha eng katta filiallar tarmog‘iga ega bank bo‘lib, biznesingiz uchun eng qulay shartlarda kreditlar taklif etadi.
6.1K views11:15
Ochish/sharhlash