Get Mystery Box with random crypto!

Xalq banki 'Asaxiy Books'ga homiylik qiladi. So‘nggi yillarda | Xalq Banki

Xalq banki "Asaxiy Books"ga homiylik qiladi.

So‘nggi yillarda yoshlarning dunyoqarashi o‘zgarayotgani, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishi ortayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarda biror asar haqida so‘z ketsa, shu asarning oʻzbek tilidagi tarjimasi bor-yoʻqligi haqida savol tug‘iladi. 

Biz kitobxonlarimizga jahon adabiyotining eng so‘nggi namunalarini ona tilida mutolaa qilishi uchun "Ali Express", "Amazon" kabi onlayn do‘konlarning o‘zbekcha talqini "Asaxiy Books" bilan birgalikda moliyaviy hamkorlik shartnomasini imzoladik. 

Bank "Asaxiy Books" tomonidan chiqariladigan keyingi 20 ta bestseller asarlarining nashr etilishida homiylik qiladi. Bu o‘z navbatida, loyihaning keyingi kelajagi uchun katta qadam bo‘ladi. 

Biz yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada koʻtarishga o‘z hissamizni qo‘shish istagidamiz.