Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekchasiga pul tejolmayapsizmi? Unda yaponchasiga urinib ko | Xalq Banki

O‘zbekchasiga pul tejolmayapsizmi? Unda yaponchasiga urinib ko‘ring! 

1904-yilda yapon jurnalisti Motoko Xani tomonidan kakeibo moliyalashtirish tizimi ishlab chiqilgan. Kakeibo tizimi jamg‘armalarni ko‘paytirishga qaratilgan va "bir tiyin bir so‘mni tejaydi" tamoyili asosida ishlaydi. 

Yaponcha tejamkorlikni qo‘llamoqchi bo‘lsangiz sizga 2 ta daftar kerak bo‘ladi: katta va kichik. 
biri kattaroq daromad, xarajatlar va jamg'armalarni rejalashtirish uchun;
ikkinchisi kichik, har kungi xarajatlarni hisobga olish uchun zarur. 

Xarajatlar rejasini tuzishda Yaponiya tizimi ularni quyidagi toifalarga bo‘lishni tavsiya qiladi:
Kundalik xarajatlar: oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va hokazolar.
Madaniyat va ta'lim: kurslar, treninglar, kitoblar.
Vaqtichog‘lik: filmlar, konsertlar, restoranlar, sayohatlar.
Boshqalar: dastlabki uchta toifaga kiritilmagan xarajatlar.

Mablag‘ingizni ishonchli va daromadli jamg‘arishni istasangiz Xalq banki omonatlaridan foydalaning.