Get Mystery Box with random crypto!

Smishing yoki preteksting qurboniga aylanish xavfi bor agar... | Xalq Banki

Smishing yoki preteksting qurboniga aylanish xavfi bor agar... 

ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilayotgan mavhum havola va xabarlarga xushyor bo‘lmasangiz; 
bank kartangiz ma'lumotlarini begonalarga ma’lum qilsangiz;
bank kartangizga oid SMS kodni begonalarga aytsangiz, smishing yoki preteksting usuli qurboniga aylanishingiz hech gap emas.

Smishing - bu mobil qurilmalar orqali amalga oshiriladigan firibgarlik usullaridan biri. Bunda zararli havolalar yoki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan SMS xabarlardan foydalaniladi. 

Preteksting - bu kiberhujum usuli bo‘lib, unda firibgar biror bahona yordamida jabrlanuvchining e’tiborini jalb qiladi va ularning bank kartasiga oid ma’lumotlarini oshkor qilishga "majburlaydi". Masalan, zararsizdek ko‘rinadigan onlayn so‘rov paytida sizdan bank hisobingiz ma’lumotlarini so‘rashi mumkin. 

Fuqarolardan bunday nayranglarga ishonib qolmasliklarini va virtual firibgarlardan ogoh boʻlishlarini soʻrab qolamiz!