Get Mystery Box with random crypto!

Xalq Banki | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki | Rasmiy kanal X
Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @xalqbankinfo
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 24.89K
Kanalning ta’rifi

Murojaatlar markazi: @xbcallsupport
📞 1106
☎️ 998 71 210 20 02
🌐 www.xb.uz

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-03-27 13:50:32
"Kredit olish uchun menga kafil bo‘ling"

Yaqin tanishingiz yoki hamkasbingiz o‘zi olayotgan bank krediti uchun kafil bo‘lishingizni so‘radimi? Keling, avvalo, kafil shaxs kimligini va kafillikka rozi bo‘lishdan avval nimalarga e'tibor berish lozimligini ko‘rib chiqamiz.

Kafil - bu kafillik shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oluvchi shaxs. 

Siz kafillik shartnomasiga imzo chekkaningizdan so‘ng, kredit olgan shaxs bilan bir qatorda kreditni to‘lanishiga javobgar hisoblanasiz. Shu bois, kafillikka rozi bo‘lishdan avval quyidagilarni aniqlashtirishni tavsiya qilamiz:

kredit summasi va foizi;
kredit muddati, turi va maqsadi;
to‘lov grafigi bo‘yicha oylik to‘lov summasi;
garov mulklari qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligi;
kredit olmoqchi bo‘lgan shaxsning boshqa kreditlari bor yoki yo‘qligi hamda oylik daromadlari.

Kafil bo‘lishdan avval o‘z moliyaviy imkoniyatlaringizni ham inobatga oling!
8.7K views10:50
Ochish/sharhlash
2023-03-27 07:06:14
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
6.1K views04:06
Ochish/sharhlash
2023-03-25 15:01:29
"Mening kartamdan pul o'g'irlandi"

Firibgarlar bank karta ma'lumotlarini topish va pul o'g'irlashning turli usullarini bilishadi. Bularning deyarli barchasi karta egasining ehtiyotsizligi bilan bog'liq.

Fuqarolar turli messenjer va ijtimoiy tarmoq orqali yuborilgan noma'lum havolalarga kirib, karta ma'lumotlarini kiritish orqali firibgarlarning navbatdagi qurboniga aylanishadi. Natijada "mening kartamdan pul o'g'irlandi, uni qaytarishda yordam bering", deya bankka murojaat qilishadi.

Ogoh bo‘ling! Agar siz firibgarlik holatiga duch kelsangiz:
zudlik bilan bank kartangizni bloklang;
muammoingiz yuzasidan 1106 yoki +998 71 210 20 02 raqamlariga ma'lumot bering;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling. 

Yodda tuting, sizning moliyaviy xavfsizligingiz birinchi navbatda o‘zingizga bog'liq.

Xalq banki haqidagi eng to‘g‘ri ma’lumotlarni bankning rasmiy manbalaridan bilib olishingiz mumkin:

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
6.6K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-03-25 06:57:55
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
8.5K views03:57
Ochish/sharhlash
2023-03-24 15:34:54
Pensiya olishda qulay yo‘lni tanlang!

Ushbu animatsion film qahramonlari bank kartasining naqd pulga nisbatan afzalliklarini muhokama qilishadi.

Pensiya va nafaqa pullaringizni bank kartalari orqali oy boshidayoq olmoqchi bo‘lsangiz, kartalar Xalq banki tomonidan bepul rasmiylashtirib beriladi.

----
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
106.8K views12:34
Ochish/sharhlash
2023-03-24 07:02:04
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
4.6K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-03-23 14:15:55
“Yagona bank kodi”ga o‘tish jarayoni davom etadi.

Xalq bankida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida, 2023-yil 24-25-mart kunlari Toshkent shahrining Mirobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Chilonzor, Sergeli, Yashnobod va Uchtepa filiallari yagona MFO (01125)ga o‘tkazillishini ma’lum qilamiz.  

“Yagona bank kodi”ga o‘tish afzalliklari:
yuridik shaxslar xohlagan BXMlardan o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi (naqd va naqdsiz ko‘rinishda);
bankda omonatchilar uchun xizmatlar kengayadi va ular istalgan sotuv nuqtasidan pul qo‘yish hamda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
mijozlarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida, yangi tashkil qilinayotgan BXMlar aholi gavjum hududlarda tashkil etiladi;
vaqtni tejash maqsadida onlayn bank xizmatlari takomillashtiriladi.

Yagona MFOga o‘tkazish jarayonida bankomat hamda bank kartalarida o‘tkaziladigan amaliyotlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
2.0K views11:15
Ochish/sharhlash
2023-03-23 07:01:29
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
7.3K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-03-22 20:28:38
Ramazon taqvimi 2023

Saharlik va iftor vaqtlarini yodda tutishingizda ko‘mak bo‘lishi uchun Ramazon taqvimini taqdim etamiz.
8.6K viewsedited  17:28
Ochish/sharhlash
2023-03-22 20:22:05
Xalq banki jamoasi yurtdoshlarimizni muborak Ramazon oyi bilan tabriklaydi!

Bu oy barcha musulmonlar uchun maʼnaviy poklanish va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga intilish oyidir.

Ushbu ayyom har birimizga ruhiy xotirjamlik va oilaviy farovonlik olib kelsin!
8.7K views17:22
Ochish/sharhlash