Get Mystery Box with random crypto!

Xalq Banki | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki | Rasmiy kanal X
Telegram kanalining logotibi xalqbankinfo — Xalq Banki | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @xalqbankinfo
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 24.89K
Kanalning ta’rifi

Murojaatlar markazi: @xbcallsupport
📞 1106
☎️ 998 71 210 20 02
🌐 www.xb.uz

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-27 10:06:10 Pensiya va nafaqalaringizni olishning qulay usuli bu bank kartasi orqali olishdir! Uyda o'tirganingizda pensiya pulingiz bank kartasiga kelib tushsa qanday yaxshi, shunday emasmi?!

Pensiya va nafaqa pullarini bank kartasi orqali olishning bir qator qulayliklari, shuningdek, mablag'ni naqdlashtirish jarayonida davlat tomonidan qo'shib beriladigan 1% hisobiga konpensatsiya qilinishi haqida Uzreport telekanalida efirga uzatilgan "Fayzli tong" dasturining "Moliyaviy savodxonlik" ruknidan javob olishingiz mumkin.

Efirning ushbu sonida Xalq banki mutaxassisi bank kartasini mobil ilovasiga ulagan holda amalga oshirish mumkin bo‘lgan to‘lovlar va boshqa bir qator imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot bergan.

Efirning to‘liq sonini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
12.2K viewsedited  07:06
Ochish/sharhlash
2023-04-27 07:02:07
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
11.5K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-04-26 12:43:19
O‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma.

Raqamli texnologiyalar asrida bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlikning bir necha usullari mavjud bo‘lib, shulardan fishing tanlov va meros firibgarligidir.

Fishing tanlovlar - bu ijtimoiy tarmoqlarda soxta tanlov va yutuqli sovg‘alar o‘yinini tashkil qilish. "Qurbonlar" e'tiborini tortish uchun yutuqqa avtotransport vositasi yoki so‘nggi rusumli mobil aloqasi qo‘yiladi. So‘ngra ishtirokchilarni “Siz g‘olib bo‘ldingiz" deya tabriklab, ularning maxfiy ma'lumotlari (bank kartasi, shaxsiy hisob raqamining login va parollari) ni olishga harakat qilinadi.

Meros firibgarligida esa jabrlanuvchi nomiga chet eldagi "qarindosh"idan katta miqdordagi meros qoldirilganligi xabar beriladi. Shundan so‘ng, rasmiylashtirish hamda dastlabki to‘lovlarni amalga oshirish uchun bank kartasiga oid maʼlumotlar so‘raladi.

Fuqarolardan bunday nayranglarga ishonib qolmasliklarini va virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz!

---
Facebook | Instagram | Telegram
6.0K views09:43
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:56:11
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
8.4K views03:56
Ochish/sharhlash
2023-04-25 12:15:45
Kafillikdan chiqish mumkinmi? 

Kredit olish uchun sizdan kafil bo‘lishingizni so'rashganda yo'q deya olmay rozi bo‘ldingiz. Ammo vaziyat biroz o‘zgarib, kafil bo‘lishdan bosh tortmoqchisiz. 

Kafil bo‘lishni rejalashtirganlar shuni bilishlari kerakki, bank bilan shartnomani faqatgina qarz oluvchi va kreditorning roziligi bilan bekor qilish mumkin, biroq bank va qarz oluvchi ko‘p hollarda bunga rozi bo‘lmaydi.

Kafillik qachon bekor qilinishi mumkin?

kreditor oldidagi majburiyat to‘liq bajarilganligida;
majburiyat kafilning roziligisiz o‘zgartirilganda (foiz stavkasi yoki kredit miqdori oshirilsa);
kafillik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
bank kafilning roziligisiz qarzni boshqa shaxsga o‘tkazganda.

Agar yaqin kelajakda kafil bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, kredit olgan shaxs bilan birdek mas’ul va javobgar ekanligingizni unutmang!
10.4K views09:15
Ochish/sharhlash
2023-04-25 06:59:21
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
10.4K views03:59
Ochish/sharhlash
2023-04-21 04:40:55
Xalq banki barcha yurtdoshlarimizni butun musulmon ahli uchun ulug' va muqaddas sanalgan Ramazon Hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. 

Ushbu oyda qilgan ibodatlarimiz, xayrli amallarimiz, go'zal niyat va duolarimiz qabul bo'lsin. Yurtimiz tinch, iqtisodiyotimiz farovon, xalqimiz omon bo'lsin!

Ramazon Hayiti muborak!
8.7K views01:40
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:15:25
Bayram kunlarida ham xizmatingizdamiz!

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan belgilangan dam olish kunlarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida Xalq bankining valyuta ayirboshlash shoxobchalari ish tartibi asosida xizmatlarini amalga oshiradi! 

21-24 aprel kunlari faoliyat ko‘rsatadigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari hamda xalqaro pul o‘tkazmalari punktlarining to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: xb.uz

Shuningdek, Xalq banki kartalariga Rossiyadan pul o‘tkazmalarini "Sberbank Online" ilovasi orqali bankka tashrif buyurmasdan 24/7 tartibda qabul qilib olish imkoniyati mavjud.
6.1K views12:15
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:07:41
Bayram kunlari Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki в праздничные дни.

Facebook | Instagram | Telegram
6.1K viewsedited  12:07
Ochish/sharhlash
2023-04-20 06:50:03
Xalq banki filiallarida xorijiy valyuta ayirboshlash kurslari.
————
Курсы обмена валюты в филиалах Xalq banki.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
9.1K views03:50
Ochish/sharhlash