Get Mystery Box with random crypto!

Ukraina tomonidagi chechen jangchilar harbiy mashg‘ulotdan o‘t | Amerika Ovozi

Ukraina tomonidagi chechen jangchilar harbiy mashg‘ulotdan o‘tmoqda. Kiyev, Ukraina. 27-avgust, 2022.

Mashg‘ulotlardan so‘ng jangchilar frontga yo‘l oladi.

Checheniston hukumati urushda Moskvani qo’llab-quvvatlamoqda. Yana boshqa bir guruh jangchilar esa Kiyev tomonda.

Rossiyadan mustaqillik uchun kurashgan Chechenistonning marhum rahbari Joxar Dudayevga sodiq odamlar "Dudayev batalyoni"ni tuzgan. Ular hukumat askarlariga qarshi. Aksariyati g’arbiy Yevropa mamlakatlaridan kelgan.

Kiyev rasmiylariga ko’ra, chechen batalyoni hozirda bir necha yuz nafar ko'ngillilardan iborat.

Trenerlar orasida Chechenistondagi urushda ishtirok etgan harbiylar ham bor.

Rossiya Checheniston mustaqillikka erishmasligi uchun hududda urush olib borgan.

Birinchi mojaro 1994 yilda, Sovet Ittifoqi parchalanganidan uch yil o'tib boshlangan.

10 yil davom etgan ikkinchi mojaro esa Rossiya qo'shinlarining Checheniston poytaxti Grozniyni yer bilan yakson qilishi bilan yakunlangan.