Get Mystery Box with random crypto!

Iroqda shia musulmonlarining nufuzli yetakchisi Muqtada al-Sad | Amerika Ovozi

Iroqda shia musulmonlarining nufuzli yetakchisi Muqtada al-Sadr tarafdorlari va hukumat askarlari bilan to’qnashuvlarda 23 kishi halok bo'ldi, yuzlab odam yaralandi.

Muqtada al-Sadr 29-avgust kuni siyosatdan ketishini ma'lum qilgan. U o'z qarorini mamlakatda siyosiy islohotlar o'tkazish bo'yicha taklifini hukumat inobatga olmagani bilan izohlagan.

Shundan so’ng uning tarafdorlari va hukumat askarlari o’rtasida to’qnashuvlar boshlanib ketgan.

Al-Sadr o'z tarafdorlaridan otishmani to’xtatishni va hududni tark etishni so’ragandan so’ng, odamlar tarqala boshlagan.

Sadr va uning shia raqiblari o'rtasidagi nizolar tufayli Iroq uzoq vaqt hukumatsiz qolmoqda. Garchi Sadr bloki oktabr oyida o'tgan saylovlarda birinchi o'rinni egallagan bo'lsa-da, Eron ta'siridagi raqiblari unga sodiq hukumat tuzish imkonini bermadi. Sadr iyun oyida partiyadosh qonunchilarni ortga chaqirib oldi.

Shundan so'ng Sadr tarafdorlari parlament binosini egallab olib, yangi prezident va bosh vazir saylashga imkon bermayapti.