Get Mystery Box with random crypto!

'Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturi | Ta'lim nazorati

"Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar" ishlab chiqildi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar" ishlab chiqildi.

Markaz direktori Vohid Hamidovning ma‘lum qilishicha, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarga qoʻyilgan talablar oxirgi marta 2016-yilda tasdiqlangan edi:

"Bugungi kunda raqamli texnologiyalar taʼlim sohasiga koʻplab yangiliklarning joriy etilishiga muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. COVID–19 pandemiyasi butun dunyoda raqamli taʼlimning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi.

Oʻylaymanki, ushbu hujjat mamlakatimizda taʼlim sifati va samaradorligining oʻsishida navbatdagi qadamlardan biri boʻlib xizmat qiladi
." - degan markaz direktori.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali