Get Mystery Box with random crypto!

The Uzbeks | O'zbeklar

Telegram kanalining logotibi uzstatehood — The Uzbeks | O'zbeklar T
Telegram kanalining logotibi uzstatehood — The Uzbeks | O'zbeklar
Kanal manzili: @uzstatehood
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92
Kanalning ta’rifi

In this channel, we broadcast posts about both honorable and pitiful historical way and polical issues of turkic nations and purposes and ambitions of them.

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-02-22 07:50:38
#Kazakhstan

Qozog'istondagi yanvar voqealari - navbatdagi geosiyosiy inqiroz haqida.

Video ingliz tilida

Kanal:
@The_Way_of_Turan
1.1K views04:50
Ochish/sharhlash
2022-02-20 18:08:15 Birlashing!

Kimga ota, kimga ona yurt Turkiston zamindur.
Birlashsangiz dushman yakson boʻlishiga amindur.
Misli jannat, suvi Kavsar, tuprogʻi ham oltindur.
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Toʻxtamasin siz tashlagan olamshumul qadamlar.
Agʻyor yigʻlar lekin xursand bundan yaxshi odamlar.
Mustaqillik tutsin ba'zi turkiy ogʻa qaramlar
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing

Birlashing deb soʻndi ohir Farogʻiydek yulduzlar.
Bir biringiz soʻydingiz eh
koʻrmay hatto kunduzlar.
Tugʻilsin ey yana buyuk ul Sayfuddin Qutuzlar.
Birlashing ey ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Toʻngʻizlarga makon bu kun Kavkazdagi toʻqaylar.
Musofirda oʻlib ketdi
oh Mustafo Choʻqaylar.
Ona tilin izlar yotib ham Abdulla Toʻqaylar
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Ofoq Hoja yotgan joyda anglang kimlar qirilar.
Quralaydek moʻltirashib har yon panoh qidirar.
Qatagʻondan mazlumdirlar uygʻur ogʻa inilar.
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Manguberdi qoni oqar, Temurlarga avlodsiz
Imom Shomil Ahmadlarga ota-millat ajdodsiz
Fotih sulton yotsin goʻrda oʻksimasdan imdodsiz.
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Adolatga ustoz boʻlgan sizning buyuk bobolar.
Olimlarga ona boʻlgan sizning suyuk momolar.
Bir bolangiz Asqarbekdan ham iltijo duolar.
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Asqarali Bahodirov

Kanal:
@The_Way_of_Turan
399 views15:08
Ochish/sharhlash
2022-02-18 16:51:30
#Great_Timur

Rassom Aleksey Antonov ijodiga mansub "Temur" haykali.

O'lchamlari: 76 × 51 × 54 sm

Kanal: @The_Way_of_Turan
358 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-02-15 14:53:09 #military
#Azerbaijan

Kavkaz Islom Armiyasi - Qafqaz İslam Ordusu haqida

Kavkaz Islom Armiyasi Usmonli imperiyasining harbiy korpusi bo'lib, u 1-Jahon urushida Kavkaz frontida harakatlangan. Korpusga 1918-yil 10-iyulda serg'ayrat panturkist, Turkiya harbiy vaziri Anvar posho tomonidan asos solingan bo'lib, uning tarkibi asosan ozarbayjonlardan iborat bo'lsada, qo'shin saflari dog'istonliklar, chechenlar va Kavkazning boshqa musulmon xalqlari, shuningdek turk zobitlari bilan to'ldirilgan 20000 jangchidan iborat edi.
1917-yil Rossiya avval inqilob, so'ng fuqarolar urushi tufayli Kavkazdan o'z armiyasini chiqarib oldi. Natijada, Kavkaz fronti 1918-yil mart oyida harakatsiz qotib qoldi. Bu paytda "Birlik va Taraqqiyot" Usmonli-Rossiya do'stlik shartnomasini imzolash (1918-yil 1-yanvar) bilan bolsheviklar bilan munosabatni yaxshilashga urindi. Ammo 1918-yil 11-yanvarda Lenin va Stalinning Armaniston to'g'risidagi maxsus farmoni bilan sobiq podsho armiyasidan 100 mingdan ortiq qurolli armanilarni ajratib olib, vataniga qaytarilishi vaziyatni yana keskinlashtirdi. Ustiga-ustak Turkiyaning ittifiqdoshi Germaniya Brest-Litovsk shartnomasida Turkiya talablarini inobatga olmadi, aksincha o'zi Kavkazga suqulib kirib, Ozarbayjon neftini qo'lga kiritishga urindi. Bolsheviklar ham Boku neftini qo'sh qo'llab germanlarga topshirmoqda edi. 1918-yil 10-24-fevralda Tibilisida bolshevikparast Seym mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilib, Kavkazorti Demokratik Federativ Respublikasini eʼlon qildi. Respublika va Usmonli imperiyasi delegatlari o'z chegaralarini belgilash uchun Trebizond tinchlik konferensiyasini o'tkazdilar. Ammo 1918-yilning 30-martidan 2-apreliga qadar Boku gubernatorligi va unga tutash hududlarda minglab ozarbayjonlar KDFR qo'shinidagi, bolsheviklar yordamiga tayangan arman dashnoqlari tomonidan qirg'in qilinishi keskinlikni yanada oshirdi. Ozarbayjonlar bu qirg'inlarni genotsid (ozarbayjoncha: soyqrim) deb ataydilar.
Urush harakatlari boshlanadi. 1918-yil 4-iyunga kelib, Usmonli armiyasi Yerevandan 7 km va Echmiadzindan 10 km uzoqlikda oldinga siljiydi. KDFR sulhga rozi bo'ladi va ikki o'rtada Batumi shartnomasini imzoladi. Ammo keyinchalik armanlar tomonidan Kavkazorti Respublikasi sarhadlari urushdan oldingi chegaralariga kengaytirilgach, urush qaytadan alangaladi. 1918-yil bahori oxirida bolsheviklar Usmonli 3-armiyasining Armaniston hududi orqali o'tishini to'xtatishdagi moliyaviy yordami uchun Germaniyaga Kaspiydan quyi Volga orqali Boku neftini Ukrainadagi Avstriya-Germaniya qo'shinlariga jo'natdilar. Usmonli 3-armiyaning vazifasi Batumidan Tibilisi orqali Bokugacha bo'lgan temir yo'l va neft quvurini egallash edi. Bolsheviklar esa 28-mayda Poti shartnomasi bilan Gruziyaning Germaniya nazorati ostidagi mustaqilligini ta'n oldi va Germaniyaga Boku neftining 25% ini olishiga ruxsat berdi. Evaziga bolsheviklar Germaniyadan Usmonli armiyasining temir yo'l va quvur liniyasini egallashiga yo'l qo'ymasligini istadi. Keyinchalik Germaniya Oliy qo'mondonligidagi Erich Ludendorff Kress boshchiligida Gruziyaga qo'shin yubordi. Vorontsovka yaqinida Usmonli 3-armiyasi va nemis qoʻshinlari oʻrtasida sodir boʻlgan bir necha toʻqnashuvlardan soʻng Germaniya Oliy qoʻmondonligi jang qilishni to'xtatib, Kavkazdan chiqib ketishini maʼlum qildi.
Nuri posho rahbarligidagi Kavkaz Islom Armiyasi yuzaga kelgan bo'shliqdan unumli foydalanib, jadal harakatlandi va sentabr-oktabr oylarida 1 necha urunishlardan so'ng Bokuni egallab, Shimoliy Kavkazga siljidi hamda Darband va Maxachqal'ani ham qo'lga kiritdi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi qayta tiklandi. Biroq, Usmonli davlati g'arbiy hududlari ingliz va fransuzlar tomonidan egallana boshlangach, hukumat bor e'tiborini Suriya va boshqa g'arbiy sarhadlarga hamda Istanbul himoyasiga qaratdi va o'z qo'shinini Kavkazdan chiqarib olishga majbur bo'ldi. Kavkaz Islom Armiyasi tarqalib ketganidan foydalangan bolsheviklar Bokuni egallab, Ozarbayjon Respublikasini qonli qatag'on bilan parchalab tashladilar.

Kanal:
@The_Way_of_Turan
459 views11:53
Ochish/sharhlash
2022-02-14 14:41:17 #Mughals

Baland darvoza me'moriy obidasi

"Baland darvoza" yoki "G'alaba eshigi" 1602-yilda boburiy hukmdor Akbarshoh (1556-1605) tomonidan Gujarat ustidan qozonilgan g'alaba sharafiga qurilgan. Betakror obida Agra shahridan 43 km uzoqlikda joylashgan Fathpur-Sikridagi Jama masjidining asosiy kirish eshigi vazifasini bajaradi. "Baland darvoza" nomidan ko'rinib turganidek dunyodagi eng baland darvoza bo'lib, uning bo'yi yer sathidan 54 metrni tashkil etadi. Unda ham islom ham hind me'morchiligining nafosat va yuksakligini namoyon bo'ladi.


Bino go'zalligidan bahramand bo'ling:
https://telegra.ph/Buland-Darwaza-02-14

Kanal:
@The_Way_of_Turan

Ko'proq ma'lumot uchun:
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Buland_Darwaza#Inscription
408 views11:41
Ochish/sharhlash
2022-02-13 14:15:31 #Turkmenistan

Turkmanistonda davomli diktatura

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov parlament yuqori palatasi raisi va prezidentlik lavozimlaridan tark etish istagida ekanini ma’lum qildi. U o'z nutqi davomida mamlakat ravnaqi uchun yosh va shijoatli lider kerak ekanini ilova qilgan. Katta ehtimol bilan Arkadag o'rnini uning o'g'li va "taxt vorisi" Serdar Berdimuhamedov egallaydi. Bu esa diktatura rejimi hali anchaga cho'zilishidan dalolat.
Turkmaniston katta neft va tabiiy gaz zahiralariga ega boy mamlakat. Davlat 2021-yilda tabiiy gaz qazib chiqarishda 83 milliard 772,9 million kub metr bilan 30 yildagi eng yuqori natijani ko'rsatdi va tabiiyki milliardlab dollar foyda ko'rdi. Shunga qaramay mamlakatning 7.2 milliondan ortiq bo'lgan aholisi qashshoqlikda, ocharchilik bo'sag'asida kun kechirmoqda. Mamlakatda o'rnatilgan dastlab Turkmanboshi (1991-2006), so'ng Arkadag (2006-) rejimlari aholini ma'naviy jihatdan qullarga aylantirib, millatchilikni targ'ib qilib keldi. Natijada Turkmanistonda o'zbeklar (asosan Dasho'g'uz viloyatida) kabi kam sonli xalqlarning milliy manfaati oyoqosti qilindi. Ijtimoiy holatning tarangligi aholining iqtisodiy berklikdan aziyat chekib, qashshoqlashuviga sabab bo'ldi. Mana 31 yildirki, Turkmaniston dunyodagi eng yopiq avtoritar davlatlardan biri bo'lib qolmoqda. Mamlakatda shaxsga sig'inish borgan sari avj olib bormoqda, siyosiy muxolifatga qarshi qattiq choralar ko'riladi. Xususan, davlat ichkarisidagi qamoqxonalarda saqlanyotgan mahbuslar har yuz ming turkmanistonlikdan 576 tasini tashkil etadi. Bu ko'rsatkich bo'yicha davlat dunyoda 3-o'rinda turadi.

Kanal:
@The_Way_of_Turan

https://telegra.ph/Turkmanistonda-davomli-diktatura-02-13
388 viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2022-02-13 11:28:27
#Turkey

Turkiya yaqin kelajakda turkiy va islom dunyosining peshqadamiga aylana oladimi? Uning "ko'p qutubli" dunyoda o'z o'rniga ega bo'lishini ta'minlovchi omillar nimada?

Turkiyaning buyuk strategiyasi

Video ingliz tilida

God Times Bad Times

Kanal: @The_Way_of_Turan
347 views08:28
Ochish/sharhlash
2022-02-10 10:57:44
#selçuklu

Saljuqiylar davlatining asos solinishidan parchalanib ketishigacha bo'lgan tarixi xaritada.

Video ingliz tilida

Kanal:
@The_Way_of_Turan
320 views07:57
Ochish/sharhlash
2022-02-07 10:38:52
#Great_Timur

Oq Saroy qasrining vayron bo'lmasdan avvalgi ko'rinishi

Sohibqiron qudratining timsoli bo'lgan Oq Saroy uning ona yurti Shahrisabzda joylashgan bo'lib, 1380-yildan boshlab 24 yil davomida qurilgan. Amir Temurning o'zi tomonidan loyihalashtirilgan saroy o'lchamiga ko'ra o'z davri uchun nihoyatda yirik edi. Inshoat kengligi 120, uzunligi 250, markaziy saroy balandligi 70, tevarak minoralari esa 80 metr bo'lgan. Saroy hovlisining umumiy maydoni 30000 kv metr. Mahobatli qasr Tabriz, Eron va Hindistonlik ustalar va 50 ming qul yordamida qurilgan. Qurilish moddiy ta'minotining asosiy hissasi Hindiston yurishi (1398-1399)ga to'g'ri keladi.

Kanal:
@The_Way_of_Turan
366 viewsedited  07:38
Ochish/sharhlash