Get Mystery Box with random crypto!

#Great_Timur Oq Saroy qasrining vayron bo'lmasdan avvalgi ko' | The Uzbeks | O'zbeklar

#Great_Timur

Oq Saroy qasrining vayron bo'lmasdan avvalgi ko'rinishi

Sohibqiron qudratining timsoli bo'lgan Oq Saroy uning ona yurti Shahrisabzda joylashgan bo'lib, 1380-yildan boshlab 24 yil davomida qurilgan. Amir Temurning o'zi tomonidan loyihalashtirilgan saroy o'lchamiga ko'ra o'z davri uchun nihoyatda yirik edi. Inshoat kengligi 120, uzunligi 250, markaziy saroy balandligi 70, tevarak minoralari esa 80 metr bo'lgan. Saroy hovlisining umumiy maydoni 30000 kv metr. Mahobatli qasr Tabriz, Eron va Hindistonlik ustalar va 50 ming qul yordamida qurilgan. Qurilish moddiy ta'minotining asosiy hissasi Hindiston yurishi (1398-1399)ga to'g'ri keladi.

Kanal:
@The_Way_of_Turan