Get Mystery Box with random crypto!

#military #Azerbaijan Kavkaz Islom Armiyasi - Qafqaz İslam Or | The Uzbeks | O'zbeklar

#military
#Azerbaijan

Kavkaz Islom Armiyasi - Qafqaz İslam Ordusu haqida

Kavkaz Islom Armiyasi Usmonli imperiyasining harbiy korpusi bo'lib, u 1-Jahon urushida Kavkaz frontida harakatlangan. Korpusga 1918-yil 10-iyulda serg'ayrat panturkist, Turkiya harbiy vaziri Anvar posho tomonidan asos solingan bo'lib, uning tarkibi asosan ozarbayjonlardan iborat bo'lsada, qo'shin saflari dog'istonliklar, chechenlar va Kavkazning boshqa musulmon xalqlari, shuningdek turk zobitlari bilan to'ldirilgan 20000 jangchidan iborat edi.
1917-yil Rossiya avval inqilob, so'ng fuqarolar urushi tufayli Kavkazdan o'z armiyasini chiqarib oldi. Natijada, Kavkaz fronti 1918-yil mart oyida harakatsiz qotib qoldi. Bu paytda "Birlik va Taraqqiyot" Usmonli-Rossiya do'stlik shartnomasini imzolash (1918-yil 1-yanvar) bilan bolsheviklar bilan munosabatni yaxshilashga urindi. Ammo 1918-yil 11-yanvarda Lenin va Stalinning Armaniston to'g'risidagi maxsus farmoni bilan sobiq podsho armiyasidan 100 mingdan ortiq qurolli armanilarni ajratib olib, vataniga qaytarilishi vaziyatni yana keskinlashtirdi. Ustiga-ustak Turkiyaning ittifiqdoshi Germaniya Brest-Litovsk shartnomasida Turkiya talablarini inobatga olmadi, aksincha o'zi Kavkazga suqulib kirib, Ozarbayjon neftini qo'lga kiritishga urindi. Bolsheviklar ham Boku neftini qo'sh qo'llab germanlarga topshirmoqda edi. 1918-yil 10-24-fevralda Tibilisida bolshevikparast Seym mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilib, Kavkazorti Demokratik Federativ Respublikasini eʼlon qildi. Respublika va Usmonli imperiyasi delegatlari o'z chegaralarini belgilash uchun Trebizond tinchlik konferensiyasini o'tkazdilar. Ammo 1918-yilning 30-martidan 2-apreliga qadar Boku gubernatorligi va unga tutash hududlarda minglab ozarbayjonlar KDFR qo'shinidagi, bolsheviklar yordamiga tayangan arman dashnoqlari tomonidan qirg'in qilinishi keskinlikni yanada oshirdi. Ozarbayjonlar bu qirg'inlarni genotsid (ozarbayjoncha: soyqrim) deb ataydilar.
Urush harakatlari boshlanadi. 1918-yil 4-iyunga kelib, Usmonli armiyasi Yerevandan 7 km va Echmiadzindan 10 km uzoqlikda oldinga siljiydi. KDFR sulhga rozi bo'ladi va ikki o'rtada Batumi shartnomasini imzoladi. Ammo keyinchalik armanlar tomonidan Kavkazorti Respublikasi sarhadlari urushdan oldingi chegaralariga kengaytirilgach, urush qaytadan alangaladi. 1918-yil bahori oxirida bolsheviklar Usmonli 3-armiyasining Armaniston hududi orqali o'tishini to'xtatishdagi moliyaviy yordami uchun Germaniyaga Kaspiydan quyi Volga orqali Boku neftini Ukrainadagi Avstriya-Germaniya qo'shinlariga jo'natdilar. Usmonli 3-armiyaning vazifasi Batumidan Tibilisi orqali Bokugacha bo'lgan temir yo'l va neft quvurini egallash edi. Bolsheviklar esa 28-mayda Poti shartnomasi bilan Gruziyaning Germaniya nazorati ostidagi mustaqilligini ta'n oldi va Germaniyaga Boku neftining 25% ini olishiga ruxsat berdi. Evaziga bolsheviklar Germaniyadan Usmonli armiyasining temir yo'l va quvur liniyasini egallashiga yo'l qo'ymasligini istadi. Keyinchalik Germaniya Oliy qo'mondonligidagi Erich Ludendorff Kress boshchiligida Gruziyaga qo'shin yubordi. Vorontsovka yaqinida Usmonli 3-armiyasi va nemis qoʻshinlari oʻrtasida sodir boʻlgan bir necha toʻqnashuvlardan soʻng Germaniya Oliy qoʻmondonligi jang qilishni to'xtatib, Kavkazdan chiqib ketishini maʼlum qildi.
Nuri posho rahbarligidagi Kavkaz Islom Armiyasi yuzaga kelgan bo'shliqdan unumli foydalanib, jadal harakatlandi va sentabr-oktabr oylarida 1 necha urunishlardan so'ng Bokuni egallab, Shimoliy Kavkazga siljidi hamda Darband va Maxachqal'ani ham qo'lga kiritdi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi qayta tiklandi. Biroq, Usmonli davlati g'arbiy hududlari ingliz va fransuzlar tomonidan egallana boshlangach, hukumat bor e'tiborini Suriya va boshqa g'arbiy sarhadlarga hamda Istanbul himoyasiga qaratdi va o'z qo'shinini Kavkazdan chiqarib olishga majbur bo'ldi. Kavkaz Islom Armiyasi tarqalib ketganidan foydalangan bolsheviklar Bokuni egallab, Ozarbayjon Respublikasini qonli qatag'on bilan parchalab tashladilar.

Kanal:
@The_Way_of_Turan