Get Mystery Box with random crypto!

#Turkmenistan Turkmanistonda davomli diktatura Turkmanis | The Uzbeks | O'zbeklar

#Turkmenistan

Turkmanistonda davomli diktatura

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov parlament yuqori palatasi raisi va prezidentlik lavozimlaridan tark etish istagida ekanini ma’lum qildi. U o'z nutqi davomida mamlakat ravnaqi uchun yosh va shijoatli lider kerak ekanini ilova qilgan. Katta ehtimol bilan Arkadag o'rnini uning o'g'li va "taxt vorisi" Serdar Berdimuhamedov egallaydi. Bu esa diktatura rejimi hali anchaga cho'zilishidan dalolat.
Turkmaniston katta neft va tabiiy gaz zahiralariga ega boy mamlakat. Davlat 2021-yilda tabiiy gaz qazib chiqarishda 83 milliard 772,9 million kub metr bilan 30 yildagi eng yuqori natijani ko'rsatdi va tabiiyki milliardlab dollar foyda ko'rdi. Shunga qaramay mamlakatning 7.2 milliondan ortiq bo'lgan aholisi qashshoqlikda, ocharchilik bo'sag'asida kun kechirmoqda. Mamlakatda o'rnatilgan dastlab Turkmanboshi (1991-2006), so'ng Arkadag (2006-) rejimlari aholini ma'naviy jihatdan qullarga aylantirib, millatchilikni targ'ib qilib keldi. Natijada Turkmanistonda o'zbeklar (asosan Dasho'g'uz viloyatida) kabi kam sonli xalqlarning milliy manfaati oyoqosti qilindi. Ijtimoiy holatning tarangligi aholining iqtisodiy berklikdan aziyat chekib, qashshoqlashuviga sabab bo'ldi. Mana 31 yildirki, Turkmaniston dunyodagi eng yopiq avtoritar davlatlardan biri bo'lib qolmoqda. Mamlakatda shaxsga sig'inish borgan sari avj olib bormoqda, siyosiy muxolifatga qarshi qattiq choralar ko'riladi. Xususan, davlat ichkarisidagi qamoqxonalarda saqlanyotgan mahbuslar har yuz ming turkmanistonlikdan 576 tasini tashkil etadi. Bu ko'rsatkich bo'yicha davlat dunyoda 3-o'rinda turadi.

Kanal:
@The_Way_of_Turan

https://telegra.ph/Turkmanistonda-davomli-diktatura-02-13