Get Mystery Box with random crypto!

Birlashing! Kimga ota, kimga ona yurt Turkiston zamindur. Bir | The Uzbeks | O'zbeklar

Birlashing!

Kimga ota, kimga ona yurt Turkiston zamindur.
Birlashsangiz dushman yakson boʻlishiga amindur.
Misli jannat, suvi Kavsar, tuprogʻi ham oltindur.
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Toʻxtamasin siz tashlagan olamshumul qadamlar.
Agʻyor yigʻlar lekin xursand bundan yaxshi odamlar.
Mustaqillik tutsin ba'zi turkiy ogʻa qaramlar
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing

Birlashing deb soʻndi ohir Farogʻiydek yulduzlar.
Bir biringiz soʻydingiz eh
koʻrmay hatto kunduzlar.
Tugʻilsin ey yana buyuk ul Sayfuddin Qutuzlar.
Birlashing ey ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Toʻngʻizlarga makon bu kun Kavkazdagi toʻqaylar.
Musofirda oʻlib ketdi
oh Mustafo Choʻqaylar.
Ona tilin izlar yotib ham Abdulla Toʻqaylar
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Ofoq Hoja yotgan joyda anglang kimlar qirilar.
Quralaydek moʻltirashib har yon panoh qidirar.
Qatagʻondan mazlumdirlar uygʻur ogʻa inilar.
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Manguberdi qoni oqar, Temurlarga avlodsiz
Imom Shomil Ahmadlarga ota-millat ajdodsiz
Fotih sulton yotsin goʻrda oʻksimasdan imdodsiz.
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Adolatga ustoz boʻlgan sizning buyuk bobolar.
Olimlarga ona boʻlgan sizning suyuk momolar.
Bir bolangiz Asqarbekdan ham iltijo duolar.
Birlashing ey, ahli Turkiston
Turon uzra birlashing!

Asqarali Bahodirov

Kanal:
@The_Way_of_Turan