Kanal manzili:
Toifalar:
Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
165
Kanalning ta’rifi
Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
0
4 stars
3
3 stars
0
2 stars
0
1 stars
0
Oxirgi xabar 5
2022-11-22 04:10:32
Sport TV telekanalining 22 noyabr kungi ko‘rsatuvlar dasturi. Bugun 4 ta jonli futbol translyasiyasi bor
Sport TV telekanali bugun — 22 noyabr, seshanba kuni quyidagi ko‘rsatuv va translyasiyalarni efirga uzatishni rejalashtirgan.
-
1 view01:10
2022-11-22 00:13:35
Niderlandiya JCH guruh bosqchlarida 7 o‘yindan buyon g‘alaba qozonmoqda
Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichidagi ketma-ket yettita o‘yinda g‘alaba qozondi.
Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022da Niderlandiya Senegal terma jamoasini mag‘lub etdi (2:0).
Yarim himoyachi Kodi Gakpo 84-daqiqada, yarim himoyachi Deyvi Klassen asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 9-daqiqada gol urdi. Bu g‘alaba jamoaning jahon chempionatlari guruh bosqichidagi ketma-ket yettinchi g‘alabasi bo‘ldi.
2010 yil JARda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Niderlandiya Daniya (2:0), Yaponiya (1:0) va Kamerun (2:1) terma jamoalarini mag‘lub etgandi. 2014 yilda Braziliyadagi turnirda jamoa Ispaniya (5:1), Avstraliya (3:2) va Chili (2:0) termalarini mag‘lub etgandi. Niderlandiya terma jamoasi 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga chiqa olmagan.
-
1 view21:13
2022-11-22 00:13:14
JCH-2022. Senegal - Niderlandiya bahsining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (foto)
Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionati 1-turida Senegal ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bahsda hisobni ochuvchi gol muallifi bo‘lgan 23 yoshli Kodi Gakpo bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
-
1 view21:13
2022-11-22 00:12:54
Van Gal Advokatning rekordini yangiladi
Lui van Gal Niderlandiya bilan eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordni yangiladi.
JCH-2022da Senegal ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) uning jamoa bosh murabbiyi sifatidagi 38-g‘alabasi bo‘ldi.
71 yoshli mutaxassis bu ko‘rsatkichda Dik Advokatni ortda qoldirdi (37 g‘alaba).
Van Gal Niderlandiya terma jamoasiga uchinchi marta bosh murabbiy etib tayinlandi. U avval 2000 yildan 2001 yilgacha va 2012 yildan 2014 yilgacha termada ishlagan.
-
1 view21:12
2022-11-22 00:12:34
Asensio "Barselona"ga taxminiy transferi haqida gapirdi
"Real" qanot hujumchisi Marko Asensio kelasi yozda "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Men "Barselona" variantini hech qachon ko‘rib chiqmaganman. "Real Madrid"da baxtliman, bu yerda o‘zimni juda qulay his qilyapman. Biroq kelajak nima bo‘lishini hech qachon oldindan bilolmaymiz", - dedt Asensio.
Eslatib o‘tamiz, Asensioning "Real" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Shunday qilib, futbolchi boshqa klubga tekinga o‘tishi mumkin.
26 yoshli Asensio joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
-
1 view21:12
2022-11-22 00:12:14
Messi: "Men mukammal jismoniy holatdaman"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ahvoli haqida gapirdi.
Uning jamoasi JCH-2022da Saudiya Arabistoni bilan 22 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da kuch sinashadi.
"Kayfiyatim yaxshi. Men mukammal jismoniy holatdaman va har tomonlama yaxshiman.
Hozirda hech qanday muammo yo‘q. Eshitishimcha, jarohat tufayli mashg‘ulotlarning bir qismi, yakka tartibdagi ishlar majburan qoldirilgani haqida mish-mishlar yuribdi. Ammo hech qanday g‘ayrioddiy narsa sodir bo‘lmadi", - dedi "PSJ" futbolchisi.
-
1 view21:12
2022-11-22 00:11:53
Angliya JCH tarixidagi 70-o‘yinini o‘tkazdi
Angliya terma jamoasi jahon chempionatidagi o‘yinlar soni bo‘yicha kuchli 5 talikdan joy oldi.
Britaniyaliklar uchun Eron bilan o‘yin (6:2) turnir tarixidagi 70-o‘yin bo‘ldi. Angliya bulardan 30 tasida g‘alaba qozongan, 19 mag‘lubiyat va 21 durang qayd etgan.
Jahon chempionatida faqatgina Braziliya, Germaniya (har ikki jamoada 109tadan o‘yin), Italiya (83ta o‘yin) va Argentina (81ta o‘yin) terma jamoalari Angliyadan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.
-
1 view21:11
2022-11-22 00:11:33
Blind Senegal ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Deyli Blind terma jamoaning JCH-2022 oldidagi maqsadlari haqida gapirdi.
Birinchi o‘yinda g‘alaba qozonish qanchalik muhim edi?
- Har bir o‘yin muhim. Bu yaxshi start bo‘ldi. Jahon chempionatini shunday boshlash ajoyib. G‘alaba qozonganimizdan xursandmiz.
Turnirdan maqsadingiz nima?
- Senegal ustidan g‘alaba qozondik. Albatta, har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz.
— Van Galning ish uslubi haqida qisqacha gapirib bersangiz?
“Men unga faqat hurmatimni bildira olaman. Undan nima kutishni hamma biladi. Men uni juda hurmat qilaman.
2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi dastlabki turda A guruhida Senegalni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
-
1 view21:11
2022-11-22 00:11:13
Keyn jarohat oldimi? Sautgeyt javob berdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Eronga qarshi o‘yinda (6:2) jarohat olgan hujumchi Xarri Keynning holati haqida gapirdi.
"Menimcha, Xarrida hammasi joyida. Bu omadsiz to‘pga tashlanish edi, lekin u o‘ynashda davom etdi. Biz uni zaxiraga olishga qaror qildik, chunki o‘yinda usiz ham g‘alaba qozona oladigan payt ekanligini his qildik", - dedi Sautgeyt.
Ushbu uchrashuvda Keyn ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uchrashuv davomida hujumchi 79-daqiqada almashtirildi.
-
1 view21:11
2022-11-22 00:10:53
Gakpo bu mavsum super statistika namoyish etmoqda
Yarim himoyachi Kodi Gakpo 2022/23 yilgi mavsumda 33 ta samarali harakat amalga oshirdi.
Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi JCH-2022da Senegalga (2:0) qarshi bahsda hisobni ochuvchi gol muallifi bo‘ldi.
Futbolchi terma jamoa va PSV safida mavsumdagi 27 ta o‘yinda 15 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida "Manchester Yunayted" Gakpo uchun 34 million funt taklif qilishi haqida xabar berilgandi. Natijada kelishuv amalga oshmadi.
-
2 views21:10