Get Mystery Box with random crypto!

Asensio 'Barselona'ga taxminiy transferi haqida gapirdi | Futbolchilar

Asensio "Barselona"ga taxminiy transferi haqida gapirdi

"Real" qanot hujumchisi Marko Asensio kelasi yozda "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Men "Barselona" variantini hech qachon ko‘rib chiqmaganman. "Real Madrid"da baxtliman, bu yerda o‘zimni juda qulay his qilyapman. Biroq kelajak nima bo‘lishini hech qachon oldindan bilolmaymiz", - dedt Asensio.
Eslatib o‘tamiz, Asensioning "Real" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Shunday qilib, futbolchi boshqa klubga tekinga o‘tishi mumkin.
26 yoshli Asensio joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
-