Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-11-23 10:14:00
Kompani Ronalduning o‘z jamoasiga kelishi haqida: "Bizga yugura oladigan futbolchilar kerak"

«Byornli» bosh murabbiyi Vensan Kompani Ronaldu haqida qattiq gapirdi.
Mutaxassis bunday futbolchi o‘z jamoasiga foyda keltirmasligini ta’kidladi. Muammo yugurish istagi yo‘qligida.
«Menimcha, yakunda hamma mag‘lub bo‘ladi, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyidan tashqari. U «Byornli»ga o‘tishi mumkinmi?
Bizga yugura oladigan futbolchilar kerak», - deydi Kompani.
Ronaldu endi erkin agent. Futbolchi hali yangi klubi borasidagi rejalari haqida ma’lum qilgani yo‘q.
-
10 views07:14
Ochish/sharhlash
2022-11-23 10:13:40 i hech narsa o‘zgarmagan. Basseyn, jakuzi, hattoki trenajor zali ham o‘sha-o‘sha. Bu yerdagi infrastrukturani men 20 yoshimda ko‘rganman. Hozir ham o‘sha narsalar. O‘zgarish yo‘q. Menimcha, rahbariyat klub haqida qayg‘urmaydi. Ularga farqi yo‘q. Istaganida, ko‘p narsalarni o‘zgartirgan bo‘lardi".
Rio Ferdinand
"Nima balo? Bular nima qilmoqchi? Maqsadlari nima? Odamlar, bu normal ish emas! Bir klubni boshqarish bu kabi bo‘lishi kerak emas. "MYU" katta tarixga, merosga, xarakter va o‘zligiga ega klub. Rahbariyatchi? Ular nima qilishyapti? Ularning klub muxlislari bilan ishi yo‘q! Ular na futbolchilar va na murabbiy g‘oyalari bilan hisoblashadi. Menimcha, rahbariyat o‘zining qaysi klubni boshqarayotganini yaxshi anglamaydi. Bu hurmatsizlik. Tizim butunlay ishdan chiqqan. O‘ylashimcha, rahbariyatdagilar muxlislar oldida chiqish qilib, xatolarini tan olib, kechirim so‘rashi kerak. Buning o‘rniga esa hozir o‘zgalar aybdor qilinmoqda", – degan edi "MYU" afsonasi, 2022 yilning avgust oyida.
Po
7 views07:13
Ochish/sharhlash
2022-11-23 10:13:39
Bu 17 yildan beri davom etyapti: "Manchester Yunayted" yulduzlari Gleyzerlardan to‘yib ketgan!

Krishtianu Ronalduning "MYU"dan ketishiga sababchi bo‘lgan intervyu hammaning yodida bor. Portugaliyalik yulduz o‘z fikrlari davomida klub boshqaruvi va Gleyzerlar oilasini tanqid qilgan. Qizig‘i, Ronaldu bu ishni qilgan yolg‘iz futbolchi emas. Quyida Ronaldu va boshqa klub afsonalarining Gleyzerlar haqidagi fikrlari qayd etiladi.
Krishtianu Ronaldu
"...Klubdagi o‘sish nolga teng! Fergyuson jamoani tark etganidan beri, klub umuman rivojlanmapti. Hech narsa o‘zgarmagan. Menimcha, muxlislar shu kabi haqiqatlarni bilishi kerak. Men bu klubga eng yaxshisini ravo ko‘raman. Shuning uchun bu yerga kelganman. Ammo jamoa ichida shunday narsalar borki, bu narsa bizning "Manchester Siti", "Liverpul", hattoki hozirgi "Arsenal" kabi top darajaga chiqishimizga halaqit beradi. Bunday yirik klub kamida kuchli uchlikda bo‘lishi kerak. Afsuski, hozir unday emas. Ishoning, men ketganimdan ber-
7 views07:13
Ochish/sharhlash
2022-11-23 10:11:58
Avstraliya ustozi: "Fransiya bizni xatolarimiz uchun jazoladi"

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold JCH-2022 guruh bosqichi 1-turida Fransiyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (1:4) haqida gapirdi.
"Biz amaldagi jahon chempionlariga qarshi o‘ynadik, bu ko‘p narsani tushuntiradi. Biz debyut qildik, ammo jismonan ular bizdan ancha yaxshi, tezroq va kuchliroq edi. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Fransiya bizni xatolarimiz uchun jazoladi", - dedi Arnold L’Équipe bilan suhbatda.
-
4 views07:11
Ochish/sharhlash
2022-11-23 10:11:37 arning bor e’tibori Erik ten Xag boshqaruvidagi jamoaning o‘sishi uchun xizmat qilishga qaratilgan».Krishtianuning munosabatiRonaldu ham o‘zining klubni tark etishiga izoh berdi: «Manchester Yunayted» bilan muzokaralardan so‘ng biz shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib oldik. Men "Manchester Yunayted"ni va uning muxlislarni yaxshi ko‘raman - bu hech qachon o‘zgarmaydi. Shu bilan birga, men uchun yangi sinovlarni izlash vaqti kelganini his qilyapman. Jamoaga mavsumning ikkinchi qismida ham, kelajakda ham muvaffaqiyatlar tilayman».Ronalduning "MYU"dagi yutuqlariPortugaliyalik futbolchi «MYU» safida jami 7,5 yil to‘p tepdi. Bu ikkita davrdan iborat bo‘ldi: 2003-2009-yillar va 2021-2022 yillar. Bu yillar davomida u APLda 3 marta, Angliya liga kubogida 2 marta hamda Angliya kubogi, Angliya superkubogi, Yevropa chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bir martadan zafar quchgan. Shuningdek, Krishtianu o‘zining ilk «Oltin to‘p»ini aynan «MYU» safida olgan (
4 views07:11
Ochish/sharhlash
2022-11-22 04:12:14
Vlaxovich: "Barchasi orzu qilishdan boshlanadi"

Serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich JCH-2022dagi o‘yinni orzu deb atadi. JCH-2022ning birinchi turida serblar Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.
“Hammasi o‘zingizdan ham kattaroq orzudan boshlanadi va siz bir kun kelib orzuingizdek buyuk bo‘lishingizga ishonishingiz kifoya”, — deb yozadi Vlaxovich ijtimoiy tarmoqda.
Serbiya Shveysariya, Kamerun va Braziliya bilan G guruhidan joy olgan.
-
2 views01:12
Ochish/sharhlash
2022-11-22 04:11:53
"Milan" "Atalanta" darvozaboni bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi

"Atalanta" darvozaboni Marko Sportyello boshqa klubga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli italiyalik futbolchiga "Milan" da’vogarlik qilmoqda va u futbolchini 2023 yilning iyun oyida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Joriy mavsumda Sportyello A Seriyada 6 ta o‘yinda, 7 ta gol o‘tkazib yuborgan va 2 o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
-
2 views01:11
Ochish/sharhlash
2022-11-22 04:11:33
Beyl 64 yil ichida Uelsning JCHdagi ilk golini kiritdi

Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beyl Uels terma jamoasining 64 yil ichida jahon chempionatidagi ilk golini urdi.
JCH-2022 guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida Beyl AQSH darvozasiga to‘p kiritdi (1:1). Uoker Simmerman tomonidan jarima maydonchasida yiqitilgan vaziyatda belgilangan penaltini golga aylantirdi.
Ushbu o‘yingacha Uels terma jamoasi so‘nggi bor 1958 yilda Shvesiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida gol urgandi.
Uelsning keyingi o‘yini Eronga qarshi bo‘ladi. Uchrashuv 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15.00 da bo‘lib o‘tadi.
-
2 views01:11
Ochish/sharhlash
2022-11-22 04:11:13
Kamavinga Benzemaning jarohati haqida fikr bildirdi

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga hujumchi Karim Benzemaning holati haqida gapirdi.
“Men uning mashg‘ulotlarni tark etganini ko‘rmadim. U tekshiruvlarga bordi, lekin allaqachon kech edi va biz hammamiz uxlashga yotdik. Ertasi kuni ertalab biz bu xabarni eshitdik. Alam qiladi, lekin maqsadimiz o‘zgarmaydi. Tez orada o‘yinimiz bor va agar diqqatimizni unga qaratmasak, biz uchun qiyin bo‘lishi mumkin.
Kechqurun biz uning o‘ynamasligini bilardik - lekin u buni bizga aytolmadi. Karim erta tongda jo‘nab ketdi. Shundan so‘ng men unga xabar yubordim. U turnirni o‘tkazib yuborishidan g‘azablandi", - deya Kamavinga so‘zlarini keltiradi L'Equipe.
-
2 views01:11
Ochish/sharhlash
2022-11-22 04:10:53
JCH-2022. AQSH va Uels jahon chempionatidagi ilk durang natijani qayd etishdi (videosharh)

JCH-2022 "B" guruhida AQSH va Uels terma jamoalari durang o‘ynashdi. “Ahmed bin Ali” stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 36-daqiqada Amerika jamoasi futbolchisi Timoti Vea tomonidan ochildi.
82-daqiqada Uelsda hisobni tenglashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. AQSH terma jamoasi futbolchisi Uoker Simmerman jarima maydonchasida Garet Beylni yiqitdi va bosh hakam Abdulrahmon Al Jassim penaltidan belgiladi. Beyl penaltini golga aylantirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 1:1.
Eslatib o‘tamiz, bu Beyl uchun jahon chempionatlaridagi ilk gol bo‘ldi.

-
2 views01:10
Ochish/sharhlash