Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2022-11-02 19:32:21
Zaxa tekinga ketishi mumkin

"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxa kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klub va 29 yoshli ivuarlik futbolchi o‘rtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralar hozircha oldinga siljimayapti.
Zaxaning "burgutlar" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi, u keyingi yil boshidan boshqa jamoalar bilan muzokara olib borishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Zaxa "Kristal Pelas" tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 38 million yevroga baholamoqda.
-
5 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:32:11
"Liverpul" Bellingem uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor

“Liverpul” Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor, deya xabar bermoqda Sport Bild.
19 yoshli yarim himoyachi "qizillar"ning transfer bozoridagi asosiy maqsadi hisoblanadi, ammo nashr klubning 150 million yevro to‘lay olishiga shubha qilmoqda - bu summa nemis klubi futbolchi bilan xayrlashishga tayyor bo‘lgan summa.
Shuningdek, Bellingemga da’vogarlar orasida "Manchester Siti", "Chelsi" va "Real Madrid" ham bor - "PSJ", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" kabi boshqa klublar turli sabablarga ko‘ra futbolchi uchun kurashni tark etishdi.
Angliyalik futbolchi joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
-
5 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:32:01
Noyer qachon maydonga qaytadi? Nagelsmann javob berdi

Myunxenning "Bavariya" klubi ustozi Yulian Nagelsmann yelkasidan jarohat olgan jamoa darvozaboni Manuel Noyerning sog‘lig‘i haqida gapirdi.
"Men hammani tinchlantirmoqchiman. So‘nggi bir necha kun ichida Noyer yaxshi tuzalib bormoqda, u mashg‘ulotlarni qisman boshladi. Manuel hafta oxirida "Gerta"ga qarshi o‘ynay olishini istisno qilmayman. Biz uning holatini har kuni kuzatib boramiz", - dedi "Bavariya" ustozi Sport1.de bilan suhbatda.
Germaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan “Gerta” va “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
36 yoshli darvozabon joriy mavsumda Bundesligada 9ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol o‘tkazib yubordi.
-
4 views16:32
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:31:51
Ramos "PSJ"dagi kelajagini qachon hal qilishini aytdi

"PSJ" himoyachisi Serxio Ramos Fransiya terma jamoasi bilan shartnoma uzaytirilishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men o‘zimni ajoyib his qilyapman. Men o‘ylayotgan yagona narsa - o‘ynash va o‘zimning eng yaxshi darajamni ko‘rsatish. "PSJ" bilan yangi shartnomami? Keling, mavsum oxirida nima bo‘lishini ko‘ramiz", - deya ispaniyalikning so‘zlarini keltiradi Sky Sports Italy.
36 yoshli futbolchi 2021 yilning iyul oyida "Real"dan tekin transfer evaziga Parij klubiga o‘tgan edi. Ramos jamoa safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
-
4 views16:31
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:31:40
Rafinya Italiya terma jamoasidan taklif olgan

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Rafinya Dias o‘z vaqtida Italiya terma jamoasi futbolchisiga aylanishi mumkin edi. Sport nashri xabariga ko‘ra, Italiya terma jamoasi futbolchiga terma jamoadan joy taklif qilgan, biroq yarim himoyachi bolaligidan Braziliya terma jamoasida o‘ynashni orzu qilgani uchun rad etishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, Rafinya Angliya Premyer-ligasida "Lids" safida to‘p surayotgan vaqtda Italiya terma jamoasida o‘ynash taklifini olgan. Ayni damda futbolchi Braziliya terma jamoasida asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi va Qatardagi Jahon chempionatiga borish ehtimoli katta.
Joriy mavsumda Rafinya Ispaniya chempionatida bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
-
3 views16:31
Ochish/sharhlash