Get Mystery Box with random crypto!

Futbolchilar

Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar F
Telegram kanalining logotibi uzfutbolchilar — Futbolchilar
Kanal manzili: @uzfutbolchilar
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Futbol olami gurusi ⚽️
Katta yangiliklar, kutilmagan transferlar, jahon futboli yulduzlari va birgina kanalda barcha top klublar!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-11-22 00:10:33
Beyl Ganterga yetib oldi

Qanot hujumchisi Garet Beyl Uels terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
"Los-Anjelas" futbolchisi uchun 2022 yilgi jahon chempionatida AQSHga qarshi o‘yin milliy terma jamoa uchun 109-o‘yin bo‘ldi. Uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan rekordchi Kris Ganter hisobida ham xuddi shuncha o‘yin bor.
Beyl Uels terma jamoasi safida 40 ta gol urdi, bu terma tarixdagi eng ko‘p gol hisoblanadi.
-
2 views21:10
Ochish/sharhlash
2022-11-21 20:15:43
Angliya ajoyib statistika qayd etdi

Angliya terma jamoasi jahon chempionatini ijobiy natija bilan boshladi. Garet Sautgeyt shogirdlari Eronni 6:2 hisobida mag‘lub etishdi. "Uch sherlar" darvozaga yo‘llangan 7 ta aniq zarbadan 6 tasi golga aylandi.
Angliya terma jamoasi futbolchilari umumiy hisobda 13 marta darvoza tomon zarba berishgan.
Darvoqe, Eron terma jamoasi o‘zining ikkita golini uchta zarba orqali urdi.
"B" guruhida Angliya va Eron terma jamoalaridan tashqari AQSH va Uels terma jamoalari ham ishtirok etadi.
-
11 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-11-21 20:15:23
JCH-2022. Senegal - Niderlandiya. Tarkiblar ma’lum

Birozdan so‘ng start oladigan Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Senegal - Niderlandiya uchrashuvi asosiy tarkiblari e’lon qilindi.


Bahs 21:00 da start oladi.
-
11 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-11-21 20:15:03
Sautgeyt Angliya terma jamoasida rekord o‘rnatdi

Angliya terma jamoasi Eronni 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Opta statistik ma’lumotlariga ko‘ra, "uch sherlar" bosh murabbiyi Garet Sautgeyt terma jamoa boshqaruvida rekord o‘rnatdi.
Sautgeyt yirik turnirlarda, ya’ni Yevropa va Jahon chempionatlarida 9 ta g‘alabaga erishdi. Sautgeyt ser Alf Remsini ortda qoldirdi, uning rahbarligida Angliya jamoasi yirik futbol forumlarida 8 ta g‘alabaga erishgan edi.
Garet Sautgeyt 2016 yilda Angliya terma jamoasini qabul qilib olgandi.
-
9 views17:15
Ochish/sharhlash
2022-11-21 20:14:42
JCH-2022. Angliya - Eron uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Jahon chempionati B guruhi 1-turidan o‘rin olgan Angliya - Eron uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
6:2 hisobida inglizlar foydasiga hal bo‘lgan bahsda Bukayo Saka "Man of the match" deb topildi.
21 yoshli qanot hujumchisi o‘yin davomida ikki bor raqiblar darvozasiga to‘p kiritdi.

-
7 views17:14
Ochish/sharhlash
2022-11-19 02:16:12
Vinisius: "Biz Neymarga Jahon chempionatida g‘alaba qozonishga yordam bermoqchimiz"

Braziliya terma jamoasi va "Real" klubi vingeri Vinisius Junior Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Neymar bilan jahon chempionatida birga o‘ynash barchamizning orzumiz, chunki biz u bilan birga o‘sganmiz va hozir u bizning yetakchimiz. Unga jahon chempionatida g‘alaba qozonishdek asosiy maqsadiga erishishda yordam bermoqchimiz", - dedi 22 yoshli futbolchi.
Braziliya terma jamoasi Serbiya, Shveysariya va Kamerun terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
-
1 view23:16
Ochish/sharhlash
2022-11-19 02:15:52
Senegal Maneni boshqa futbolchiga almashtirishdan bosh tortdi

Senegal terma jamoasi hujumchi Sadio Manening o‘rniga boshqa futbolchini olmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, senegalliklarning 30 yoshli yetakchisi turnir boshlanishidan oldin jarohatini davolashga ulgurmaydi, shu bois u tarkibdan chetlashtiriladi.
Lekin Senegal terma jamoasi Maneni o‘rniga boshqa futbolchi chaqirmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa senegalliklar turnirga ruxsat etilgan 26 futbolchi o‘rniga 25 nafar futbolchini olib borishadi.
-
1 view23:15
Ochish/sharhlash
2022-11-19 02:15:32
Sterling: "Keyn — ajoyib sardor"

Angliya terma jamoasi va “Chelsi” vingeri Rahim Sterling Xarri Keynni munosib sardor deb hisoblaydi.
"Keyn - haqiqiy yetakchi, u hammaga o‘rnak ko‘rsatadi va o‘yinchilarni birday yig‘a oladi - bu uning uchun odatiy hol. U kerakli vaqtda gol ura olishi ham muhim", - deya Raxim Sterlingning so‘zlarini keltiradi GQ Sports.
Xarri Keyn terma jamoa safida 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 51 ta gol urgan.
-
1 view23:15
Ochish/sharhlash
2022-11-19 02:15:12
"PSJ" Shkrinyarga yiliga 9 million yevro taklif qilgan

"Inter" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga juda yaqin turibdi.
Tomonlar uzoq vaqt davomida kelishuvning moliyaviy qismi bo‘yicha kelisha olmadi, ammo endi muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga bir qadam qolgandek ko‘rinmoqda.
Jurnalist Franchesko Fontananing xabar berishicha, slovakiyalik futbolchi “Inter”dan yiliga 6 million yevro maosh oladigan taklifni qabul qilish arafasida. Avvalroq, 27 yoshli futbolchi sezilarli darajada ko‘proq, yiliga 9 million yevro taklif qilgan parijliklarni rad etgandi.
Milan Shkrinyar va "neradzurrilar" o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
-
1 view23:15
Ochish/sharhlash
2022-11-19 02:14:51
"Yuventus" ikki futbolchisini transferga qo‘ydi

"Yuventus" qishki transfer oynasida ikki futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Turin klubi maoshlarni qisqartirishga va klub uchun qo‘shimcha qurilmalar olishga majbur, shuning uchun yarim himoyachi Ueston Makkenni va himoyachi Daniele Rugani sotuvga qo‘yiladi, deb xabar beradi Sky Sports.
Transfermarkt tomonidan 21 million yevroga baholangan Ueston Makkenni joriy mavsumda 16ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi. Daniele Rugani bor-yo‘g‘i uch marta maydonga tushdi, uning narxi 2,5 million yevroga baholanmoqda.
-
1 view23:14
Ochish/sharhlash