Get Mystery Box with random crypto!

Messi: 'Men mukammal jismoniy holatdaman' Ar | Futbolchilar

Messi: "Men mukammal jismoniy holatdaman"

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ahvoli haqida gapirdi.
Uning jamoasi JCH-2022da Saudiya Arabistoni bilan 22 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da kuch sinashadi.
"Kayfiyatim yaxshi. Men mukammal jismoniy holatdaman va har tomonlama yaxshiman.
Hozirda hech qanday muammo yo‘q. Eshitishimcha, jarohat tufayli mashg‘ulotlarning bir qismi, yakka tartibdagi ishlar majburan qoldirilgani haqida mish-mishlar yuribdi. Ammo hech qanday g‘ayrioddiy narsa sodir bo‘lmadi", - dedi "PSJ" futbolchisi.
-