Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Turon
Bizning
Эътироф
All tags
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Turon
Bizning
Эътироф
All tags
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 76.85K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2024-01-06 13:07:17 #Taqdirlash_marosimi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun mazkur musobaqalarda g‘olib bo'lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida 2 bosqichda bo‘lib o‘tgan olimpiadada jami 927 nafar ustozlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, matematika fanidan:

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov 1-o'rin,
Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Kamil Sadikov 2-o‘rin,
Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov 3-o'rinni egalladi.

Kimyo fanidan:

Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Narkulov 1-o'rin,
Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov 2-o'rin,
Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 3-o'rinni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan olimpiada esa dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida bo'lib o'tdi.

2 bosqichli ushbu olimpiadada 700 nafardan ortiq o'quvchilar bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova va Jahongir Jo‘rayev 1-o'rin,
Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari Islam Zinhaydarov va Malika Xojamuratova 2-o‘rin,
Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev va Iskandar Sodiqjonov 3-o'rinni qo‘lga kiritishdi.

9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Raxmatullayev va Nozimjon Abdurahimov 1-o‘rin,
Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksultan Bazarbayev va Manzilbek Karlibayev 2-o‘rin,
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov va Abdulahad Nabiyev 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1425
14.8K viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2024-01-04 09:21:56
Aziz ota-onalar!

Farzandingiz maktab darslarini o‘zlashtirishga qiynalyaptimi? Yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlar asosida ularni yanada yaxshiroq o‘qishlarini istaysizmi?

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktab.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting hamda saytdagi mavjud videodarslarni tomosha qiling.

Maktab.uz platfromasidagi videodarslardan foydalanish mutlaqo bepul!

Saytdagi materiallardan o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin.

Maktab.uz platformasidagi videodarslar orqali maktab o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular yangicha va qiziqarli usulda yoritib berilgan. Shuningdek, bolalar platforma orqali dasturlash, grafik dizayn, robototexnika kabi bugungi kun talablariga mos kasblarni ham o‘rganishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
27.2K views06:21
Ochish/sharhlash
2024-01-04 08:43:52
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 3-10-yanvar kunlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda olimpiada musobaqalarida maktablarning 5- va 8-sinf o‘quvchilari o‘zlariga tegishli fanlar doirasida ishtirok etmoqda. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Onlayn olimpiadalar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar davom etadi. Uning natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini ishtirokchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
31.3K viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2024-01-03 19:35:25
#Faxrimiz

Ayni damda Dubayda Boks bo’yicha "Osiyo bolalari xalqaro turniri" o’tkazilmoqda.

Unda Andijon tumani 54-maktab o’quvchilari:

Islombek Abdullayev,
Abrorbek Hodjayev,
Rahmatillo Qahhorjonov,
Abdurashid Abdufattoyev 1-o’rinni qo'lga kiritishdi.

O’quvchilarimizni g’alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi o’qishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
17.7K viewsedited  16:35
Ochish/sharhlash
2024-01-03 17:07:29
#Sarhisob
#Миллий_таълим

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Boshqarma boshlig'i Umid Rahmonov "Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Milliy ta'lim" ko'rsatuviga intervyu berdi.

Unda olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish, o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda joriy yilda erishilgan yutuqlar haqida so'z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
18.1K views14:07
Ochish/sharhlash
2024-01-03 16:24:58
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Xudaykulov Sherzod Uktamovich – Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1989-yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tavallud topgan.

Bunga qadar turli yillarda:

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi innovatsion markazi laboranti,

Toshkent yuridik kollejining ingliz tili fani o‘qituvchisi,

“LINGVO EXPRESS” nodavlat taʼlim muassasasi direktori va ingliz tili fani o‘qituvchisi,

Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi “Innovatsiya, texnologiya, strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi,

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi,

Prezident taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlarni tanlab olish va olimpiadalarni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i,

Guliston shahridagi Prezident maktabi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Qabul kuni: haftaning payshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha

Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: https://t.me/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
16.7K views13:24
Ochish/sharhlash
2024-01-03 15:55:39
#bizning_faxrimiz

FAOLIYATIMIZDA NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA


Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida "Ярче звёзд" (Yorqin yulduz) Xalqaro tanlovi boʻlib oʻtdi.

Ushbu Xalqaro tanlovda 100 dan ortiq davlatlar qatnashib, 1000 ga yaqin ijodiy ishlar saralab olindi.

Bunda, Andijon viloyati, Qoʼrgʻontepa tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining "Mohir qoʻllar" toʻgaragi aʼzosi Maʼmura Erkinova ishtirok etib, "Amaliy sanʼati" yoʻnalishi bo'yicha - 1-oʻrin egalladi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan toʻgarak a’zomizni erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
13.1K views12:55
Ochish/sharhlash
2024-01-03 15:04:15


“Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn ko‘rik-tanlov o‘tkazilmoqda!

O‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli tashkil etish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn koʻrik-tanlov tashkil etilmoqda!

I. TANLOV SHARTLARI

Umumta’lim maktablari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida ikki nafar o‘quvchi (1 nafar qiz bola va 1 nafar o‘g‘il bola) maktabda kitobxonlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rsatishi lozim!

Videorolikda umumta’lim maktablari tomonidan kitob taqdimoti, bahru-bayt, ijodiy kechalar, teatr tomoshalari o‘tkazilganligi ochib berilgan bo‘lishi lozim!

Maktab kutubxonasi o‘ziga xos jihozlangan va yaratilgan sharoitlar haqida tushunchalar berilgan bo‘lishi zarur!

Tanlovga yuboriladigan videoroliklar 10 megabaytdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi lozim!

Videoroliklar 2023-yil 28-dekabrdan 10-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar @rahimjon070 telegram akkauntiga yuboriladi.

II. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI

Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

1-o‘rin - 2 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
2-o‘rin - 1 ta tikuv moshinasi va ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat;
3-o‘rin - 1 ta ovoz kuchaytirgich kalonkasi bilan va kitoblar to‘plami hamda 2 nafar ishtirokchiga smart soat.

2 ta nominatsiya: Kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi!

Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga kirim qilinadi (smart soat ishtirokchi uchun).

Telegram kanalimiz: @beshtashabbus_maktabda
86.5K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-01-03 12:59:29
#Brifing

Mavzu: Sohada 2023-yilda amalga oshirilgan asosiy vazifalar
Vaqti: 16:00
Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari

Brifingni jonli efirda kuzating.

Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo'lib o'tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
15.5K viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash
2024-01-03 11:23:37
#Tavsiya

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!


Multfilmlar bilan quyida tanishing:

“Qiziqarli matematika”;
“Charxpalak”;
“Super kitob”;
“Avtosarguzashtlar”;
“Aqltoyning sarguzashtlari”;
“Jajji pari”;
"Qari bilganni pari bilmas";
"Rustam va Said";
"Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
"Gʻildirakli uy";
"Quvvat";
“Dovyurak oshpaz”;
"To‘g‘rivoy va Egrivoy".
"Afandi va laqma boy"

Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
130.6K views08:23
Ochish/sharhlash