Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Turon
Bizning
Эътироф
All tags
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Turon
Bizning
Эътироф
All tags
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 76.85K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2024-01-15 14:02:09
#brifing

Ayni daqiqalarda AOKAda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida brifing bo'lib o'tmoqda.

Mavzu: Umumta’lim maktablari direktorlari lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi

Jonli efir: https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/747425360191029

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
15.8K views11:02
Ochish/sharhlash
2024-01-15 12:45:56
#attestatsiya
#dolzarb_mavzu

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish ishlariga start berildi.

“Dolzarb mavzu” loyihasi doirasida mazkur jarayonlarning o‘ziga xos jihatlari va kiritilayotgan yangiliklar xususida atroflicha fikr yuritilgan. Jumladan:

attestatsiya savollari mazmuni va yo‘nalishlari, ularni shakllantirishda e’tibor berilgan asosiy mezonlar;

attestatsiya kimlarga majburiy, kimlarga ixtiyoriy tarzda o‘tkaziladi;

qaysi toifa uchun qanday ustamalar belgilanadi
kabi mavzuga doir savollar yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tilgan.

Spikerlar:


Safarali HamrayevVazirlik Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va sertifikatlash bo‘limi bosh mutaxassisi;

Dilrabo DavidovaIxtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori .

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari 15-yanvardan 1-martga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
22.5K views09:45
Ochish/sharhlash
2024-01-15 07:23:30
Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!

Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi.

Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz

Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
103.9K viewsedited  04:23
Ochish/sharhlash
2024-01-14 19:32:00
#attestatsiya

DIQQAT, E’LON!

Joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tish ertaga boshlanadi

Avval xabar qilinganidek — 2024-yil 15-yanvardan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tish boshlanadi.

Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar shu vaqtdan boshlab pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va murojaat yuborishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
50.4K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2024-01-14 18:25:54 #Vazirlikdan_tuhfa

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalaridagi bilimingizni oshirish uchun tashkil etilgan maxsus loyihamizda davom etamiz!

Loyiha doirasida bugun 9-sinf uchun videodarslarni taqdim etamiz:

1. Kompyuter qurilmalari va dasturiy taʼminot. Kompyuter tizimining asosiy komponentlari
2. Operatsion tizimlar. Kompyuter turlari
3. Yangi texnologiyalarning taʼsiri
4. Kiritish qurilmalari va ularning qoʻllanishi
5. Maʼlumotni bevosita kiritishda foydalaniladigan qurilmalar
6. Chiqarish qurilmalari va ulardan foydalanish
7. Xotira qurilmalari va ma’lumot almashish vositalari
8. Turli xotira qurilmalarining afzallik va kamchiliklari
9. Xotira hajmiga bog‘liq masalalarni yechish
10. Tarmoq turlari va topologiyalari. Wi-Fi texnologiyasi
11. Tarmoq xizmatlari: Video konferensiya, IP-telefoniya
12. Brauzerdan foydalanish. Kompyuter tarmoqlari dasturiy jihati
13. Tarmoq muammolari va kommunikatsiya. Axborot texnologiyasining bandlikka taʼsiri
14. Axborot texnologiyasi (AT) ning tashkilotlar ish uslubiga taʼsiri. Mikroprotsessorli uy qurilmalari
15. Axborot texnologiyasi (AT) jihozlaridan uzoq muddat foydalanishning sog‘liqqa ta’siri
16. Xavfsizlik muammolari. Elektron xavfsizlik. Maʼlumotlar xavfsizligi
17. Axborot himoyasi protokoli. Antiviruslar va fayervol
18. Auditoriyani huquqiy, maʼnaviy, axloqiy va madaniy jihatdan baho berish. Mualliflik huquqi va uning turlari. Mualliflik huquqi himoyasi
19. AKT foydalanuvchisi bilan elektron xat orqali muloqot qilish. Spam tushunchasi
20. Internetdan samarali foydalanish. Internetdan topilgan axborotning ishonchliligini baholash
21. Fayl kengaytmasi va ularni samarali boshqarish.Saqlash yoki uzatish uchun fayl hajmini kamaytirish
22. Tasvirlarni joylashtirish va tahrirlash uchun dastur uskunalaridan foydalanish.Tasvirni aniq joylashtirish
23. Tasvirning tomonlar nisbatini oʻzgartirish. Tasvirni qirqish va aylantirish. Tasvir rangi, yorqinligi, kontrasti va aniqligi boshqarish
24. Sahifa maketi. Maqsad va auditoriyaga mos hujjat yaratish uchun dasturiy uskunalardan foydalanish
25. Hujjatga obyektlarni joylashtirish. Header va Footer maydonlarini yaratish
26. Korporativ brend va unga xos stil. Korporativ brendga xos stilga muvofiq hujjat tayyorlash
27. Sahifa/slayd izchilligini taʼminlash. Yangi stil yaratish
28. Xatolarni tekshirish uchun dasturlardan foydalanish. Xatolarni tekshirish usullari
29. Verifikatsiya va validatsiya tushunchalari
30. Grafik yoki diagramma yaratish. Diagramma turlari
31. Tayyorlangan diagrammani boshqarish va o‘zgartirish
32. Matn va sahifa maketini formatlash
33. Dastur uskunalari yordamida jadvallarni tahrirlash
34. Ma’lumotlar bazasi tuzilmasini yaratish
35. Ma'lumotlarni taqdim etish
36. Ma'lumotlarni taqdim etish 2-qism
37. Taqdimot. Obyektlarni to‘g‘ri joylash
38. Taqdimot slaydlarini yaratish uchun mos dastur imkoniyatlaridan foydalanish
39. Taqdimotga elektron jadvaldan diagrammalarni import qilish
40. Maʼlumotlar modelini yaratish. Nisbiy va absolyut murojaat
41. Formula va funksiyalar hamda ulardan foydalanish
42. Maʼlumotlar modelini sinovdan oʻtkazish. Maʼlumotlarni boshqarish
43. Maʼlumotlarni taqdim etish
44. Internet nima? Veb dasturlashning uch qatlami
45. Veb sahifa yaratish
46. Linklar, bookmarklar va ankor
47. Absolyut va nisbiy fayl manzillari
48. Stil jadvallaridan foydalanish
49. Veb saytni sinash va publikatsiya qilish
50. Veb sahifa yaratish
26.3K viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2024-01-14 18:25:48
16.3K views15:25
Ochish/sharhlash
2024-01-14 17:37:50
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan  sportning futbol turidan (jonglyor) "Yashil maydon sari" shiori ostida va shaxmatning (blits) turidan Toshkent viloyatining olis hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida musobaqalar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad qishki ta'til davrida umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

Musobaqada viloyatning Parkent, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq, Yangiyo‘l va Piskent tumanida joylashgan umumta'lim maktablarining 100 dan ortiq o‘quvchilari qatnashib o‘z yosh toifalari bo‘yicha bellashdilar.

G‘olib va sovrindorlar "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
13.8K views14:37
Ochish/sharhlash
2024-01-06 16:49:07
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Mamadiyev Xusniddin Norboyevich – Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1984-yilda Surxondaryo viloyati, Angor tumanida tavallud topgan.

Bunga qadar turli yillarda:

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kafedra kabinet mudiri;
Respublika yoshlar markazi direktori;
Olmazor tumani hokimining oʼrinbosari,
Olmazor tuman hokimining oʼrinbosari – “Yoshlik” shaharchasi hokimi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali bosh inspektori;
Prezident ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati bo'limi boshlig'i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Qabul kuni: haftaning juma kuni 9:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha.

Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @svmmtb_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
15.3K views13:49
Ochish/sharhlash
2024-01-06 15:53:52
Maktablarda ota-onalar yig‘ilishlari tashkil etilmoqda

Yurtimizdagi umumtaʼlim maktablarida o‘quv yilining birinchi yarmi yakuni yuzasidan ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Ana shunday yig‘ilishlar Buxoro viloyatidagi maktablarda ham tashkil etildi. Unda farzand tarbiyasiga yana-da masʼuliyat bilan yondashish, ular bilan muloqot qilishga ko‘proq vaqt ajratish, bola hayotida paydo bo‘layotgan muammo va qiyinchiliklar bilan doimiy ravishda qiziqib borish, farzandlariga o‘z iqtidorini rivojlantirishda yordam berish masalalari muhokama etildi.

Bundan tashqari, maktabda taʼlim olayotgan farzandlarining shaxsiy mobil telefonlaridan foydalanish tartibi, odob-axloq qoidalariga rioya etish, bola iqtidorini rivojlantirishda yordam berish, uni qo‘llab-quvvatlash, qo‘l telefoni orqali kim bilan muloqotda bo‘layotganligi, internetda nimalar bilan mashg‘ulligini nazoratga olish borasida tavsiyalar berildi.

Farzandlarimizning baxtli kelajagi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega komil insonlar bo‘lib yetishmog‘i uchun birgalikda harakat qilish zarurligi taʼkidlandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi farzandi taqdiriga befarq bo‘lmay, ota-onalar yig‘ilishlarida faol qatnashuvchi barcha ota-onalarga o‘z minnatdorligini bildiradi!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
14.3K views12:53
Ochish/sharhlash
2024-01-06 14:09:00
Respublika bo'ylab qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun "Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda

Mazkur treninglarda maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlarining psixolog-metodistlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining amaliyotchi psixologlari ishtirok etmoqda.

“Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish” mavzusidagi mazkur treninglar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan o'tkazilmoqda.

Aytish joizki. yo‘nalish bo‘yicha jami 624 nafar trener tayyorlangan bo’lib, ular Respublika bo‘yicha barcha hududlarda qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun seminarlar tashkil etishmoqda.

O‘quv-seminarda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish usullari hamda jinsiy zo‘ravonlik profilaktikasi haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Soha mutaxassislari oʻz kasbiy mahoratlarini takomillashtirish orqali ishlarni manzilli va samarali rejalashtirishning shakl va usullari boʻyicha kerakli bilim, koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
13.7K views11:09
Ochish/sharhlash