Get Mystery Box with random crypto!

#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz Xudaykulov Sherzod Uk | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz

Xudaykulov Sherzod Uktamovich – Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1989-yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tavallud topgan.

Bunga qadar turli yillarda:

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi innovatsion markazi laboranti,

Toshkent yuridik kollejining ingliz tili fani o‘qituvchisi,

“LINGVO EXPRESS” nodavlat taʼlim muassasasi direktori va ingliz tili fani o‘qituvchisi,

Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi “Innovatsiya, texnologiya, strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi,

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi,

Prezident taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlarni tanlab olish va olimpiadalarni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i,

Guliston shahridagi Prezident maktabi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Qabul kuni: haftaning payshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha

Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: https://t.me/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram