Get Mystery Box with random crypto!

#bizning_faxrimiz FAOLIYATIMIZDA NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#bizning_faxrimiz

FAOLIYATIMIZDA NAVBATDAGI XALQARO GʻALABA


Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida "Ярче звёзд" (Yorqin yulduz) Xalqaro tanlovi boʻlib oʻtdi.

Ushbu Xalqaro tanlovda 100 dan ortiq davlatlar qatnashib, 1000 ga yaqin ijodiy ishlar saralab olindi.

Bunda, Andijon viloyati, Qoʼrgʻontepa tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining "Mohir qoʻllar" toʻgaragi aʼzosi Maʼmura Erkinova ishtirok etib, "Amaliy sanʼati" yoʻnalishi bo'yicha - 1-oʻrin egalladi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan toʻgarak a’zomizni erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE