Get Mystery Box with random crypto!

#Taqdirlash_marosimi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalar | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Taqdirlash_marosimi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun mazkur musobaqalarda g‘olib bo'lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida 2 bosqichda bo‘lib o‘tgan olimpiadada jami 927 nafar ustozlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, matematika fanidan:

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov 1-o'rin,
Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Kamil Sadikov 2-o‘rin,
Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov 3-o'rinni egalladi.

Kimyo fanidan:

Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Narkulov 1-o'rin,
Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov 2-o'rin,
Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 3-o'rinni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan olimpiada esa dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida bo'lib o'tdi.

2 bosqichli ushbu olimpiadada 700 nafardan ortiq o'quvchilar bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova va Jahongir Jo‘rayev 1-o'rin,
Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari Islam Zinhaydarov va Malika Xojamuratova 2-o‘rin,
Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev va Iskandar Sodiqjonov 3-o'rinni qo‘lga kiritishdi.

9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Raxmatullayev va Nozimjon Abdurahimov 1-o‘rin,
Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksultan Bazarbayev va Manzilbek Karlibayev 2-o‘rin,
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov va Abdulahad Nabiyev 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1425