Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent Onlayn

Telegram kanalining logotibi uzabt — Abituriyent Onlayn A
Telegram kanalining logotibi uzabt — Abituriyent Onlayn
Kanal manzili: @uzabt
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.86K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar uchun ENG MUHIM yangiliklar kanali
💰 Reklama uchun: @abtuzreklamabot
🇷🇺 Канал для русскоязычных: @uzabt_rus
TEST ISHLASH UCHUN SAYTGA KIRING: https://abt.uz/

Ratings & Reviews

2.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


blackroot
blackroot

5 star


Oxirgi xabar 4

2024-01-19 17:30:52
Rasman: Endi milliy sertifikat imtihonidagi 65 ball OTMga kirishda maksimal ball beradi

Yangi qaror bilan avvalgi tartibga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, endi milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o‘tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo‘ladi.

Milliy sertifikat imtihonida 65 ball va undan yuqori olgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo‘ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo‘ladi.

Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

Test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi. Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi tartibga ko‘ra, milliy sertifikat imtihonida 86 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentga kirish imtihonida maksimal ball, 60 foizdan yuqori to‘plaganlarga esa majburiy blok fanidan maksimal ball berilardi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
15.5K views14:30
Ochish/sharhlash
2024-01-14 10:29:01
2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
13.1K views07:29
Ochish/sharhlash
2024-01-09 16:23:23
#e’lon

TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish 18-yanvarga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

Imtihonlar Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
13.3K views13:23
Ochish/sharhlash
2024-01-05 08:22:11
Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda

Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha 13 ta OTMda hududiy ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Arizalar 20-yanvarga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.

Ishchi guruhlar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;

davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);

talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);

pasport nusxasi;

yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Xorijdagi OTMdan O‘zbekistondagi davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.


Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
13.6K views05:22
Ochish/sharhlash
2023-12-22 13:14:04
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Prezident “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini taʼkidladi.

Shu maqsadda milliy sertifikatga ega bo‘lgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanadi.

O‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
14.1K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-12-19 10:30:42
2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
12.9K views07:30
Ochish/sharhlash
2023-12-14 18:02:54 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 25-noyabrdan 7-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (15-17-dekabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
12.8K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-12-12 11:52:48
Chiptalar deyarli sotib bo‘lingandan so‘ng talabalarga poyezd uchun 50 foizli chegirma e’lon qilindi

O‘zbekistonda talabalar qishki ta’til vaqtida mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar qatnovida chiptalardan chegirmali narxda foydalanishi mumkin, deb xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi".

Xabarda chiptalar narxiga 50 foizli chegirmalar 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar amal qilishi qayd etilgan.

Chegirmalar faqat ...

Batafsil quyidagi havolada https://abt.uz/blog/chiptalar-deyarli-sotib-bolingandan-song-talabalarga-poyezd-uchun-50-foizli-chegirma-elon-qilindi

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
12.8K views08:52
Ochish/sharhlash
2023-12-09 15:02:19
#qulaylik

Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini “PayMe” to‘lov tizimi orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi


Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

1. “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi.

Shuningdek shartnoma to‘lovini
my.gov.uz portali orqali hamda
“Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
13.7K views12:02
Ochish/sharhlash
2023-12-01 13:24:07 Молия соҳасида кибержиноятчиликка қарши курашиш бўйича жиддий ислоҳотлар бошланди

Молия соҳасида кибержиноятчиликка қарши курашиш соҳасида бўйича Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 30 ноябрдаги ПҚ-381-сонли “Рақамли маҳсулотлар (хизматлар) истеъмолчилари ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва рақамли технологиялар воситасида содир этиладиган ҳуқуқбузарликларга қарши курашишни кучайтириш чоралари тўғрисида” қарори қабул қилинди.

Тўлов тизим операторлари ва тўлов ташкилотлари фақат акциядорлик жамияти кўринишида фаолият юритиши зарур. Маълумот ўрнида, ҳозирги кунда мавжуд 49 та тўлов тизимларининг деярли барчаси, яъни 47 таси МЧЖ кўринишида фаолият юритмоқда.

2024 йил 1 июлдан бошлаб тўлов тизим операторлари учун устав капиталининг энг кам миқдори 50 миллиард сўм ва тўлов ташкилотлари учун эса 10 миллиард сўм (2025 йил 1 июлдан бошлаб 20 миллиард сўм) бўлиши белгиланмоқда.

Марказий банк банк карталари ва ҳисоб варақалари бўйича шубҳали операциялар содир этилган тақдирда улардан фойдаланишни уч кунгача чеклаш бўйича банклар ва тўлов ташкилотларига кўрсатмалар юбориши мумкин бўлади. Энди уч ёки ундан ортиқ ўтказмалар автоматик равишда тизим томонидан назоратга олинади.

Жисмоний шахсдан жисмоний шахсга катта миқдорда пул маблағларини ўтказишда қўшимча биометрик ва бошқи ҳимоя воситалари қўлланилади.

Бир ой муддатда аҳолининг рақамли молиявий саводхонлигини ошириш чора-тадбирлари ишлаб чиқилади.

Банклар, тўлов тизимлари ва ташкилотларида анфрод тизимни ишга туширилади. Энди мобил иловалар томонидан мобил қурилмалар ҳақида қўшимча маълумотларни тўплаши керак бўлади, жумладан: IMEI, IMSI, DeviceID.

Фойдаланувчи мобил иловаларда рўйхатдан ўтгандан кейин фойдаланувчида биринчи соат ичида пул ўтказмаларини юбориш имконияти чекланган бўлиши керак бўлади.

2024/2025 ўқув йилидан бошлаб рақамли технологиялар соҳасидаги жиноятларни олдини олиш бўйича кадрлар тайёрлайдиган олий таълим муассасаларини аниқланади, давлат гранти асосида ўқитиш бўйича қабул квоталари белгиланади.

Ҳуқуқни муҳофаза қилиш академияси, ИИВнинг Малакаси ошириш институти ҳамда ДХХнинг таълим муассасаларида соҳа ходимларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш бўйича доимий курслар ташкил этилади.

Рақамли криминалистика илмий тадқиқот университети ташкил этилади. Рақамли криминалистика (криминалистика)ни соҳасини ривожлантириш ва терговчиларнинг рақамли далилларни олиш ҳуқуқларини кенгайтирилади.

Қарор 2023 йилнинг 1 декабридан кучга кирди

Бизнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз
cyber-bro.uz | Telegram | Facebook | Linkedin | Instagram
13.2K views10:24
Ochish/sharhlash