Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent Onlayn

Telegram kanalining logotibi uzabt — Abituriyent Onlayn A
Telegram kanalining logotibi uzabt — Abituriyent Onlayn
Kanal manzili: @uzabt
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.86K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar uchun ENG MUHIM yangiliklar kanali
💰 Reklama uchun: @abtuzreklamabot
🇷🇺 Канал для русскоязычных: @uzabt_rus
TEST ISHLASH UCHUN SAYTGA KIRING: https://abt.uz/

Ratings & Reviews

2.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


blackroot
blackroot

5 star


Oxirgi xabar 6

2023-10-20 13:21:47 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-22-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-oktabr4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
13.1K viewsedited  10:21
Ochish/sharhlash
2023-10-18 16:09:50 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni

2023-yil 29-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 9-oktabrdan 15-oktabrga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

“Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
“Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
“Oltin zanglamas” romani (Shuhrat).
“Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
“Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
15.4K viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash
2023-10-06 11:37:40
Davlat OTMlarining ayrimlarini ko‘mir va quyosh panellari bilan isitishga tayyorgarlik boshlandi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining kuz-qish oyiga tayyorgarligi qanday ketayotgani haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, respublikadagi 115ta davlat oliy ta’lim muassasalarida jami 1218 ta bino va inshoot bor. Kuz-qish mavsumida muammo chiqmasligi uchun ulardagi 5 821 metr isitish tarmoqlari ta’mirlangan.

Ma’lum qilinishicha, 31ta oliy ta’lim muassasasining ...

Batafsil quyidagi havolada https://abt.uz/blog/davlat-otmlarining-ayrimlarini-komir-va-quyosh-panellari-bilan-isitishga-tayyorgarlik-boshlandi

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
18.5K views08:37
Ochish/sharhlash
2023-09-30 07:29:27
Qoraqalpog‘iston agrar instituti va Namangan pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidagi 2 oliygohga yangi rektor tayinlash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Jumladan ...

Batafsil quyidagi havolada https://abt.uz/blog/qoraqalpogiston-agrar-instituti-va-namangan-pedagogika-institutiga-yangi-rektor-tayinlandi

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
13.7K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-09-27 09:42:41 Oliy taʼlim muassasalarining 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov kontrakt va SUPER kontraktlar miqdori (taʼlim yo‘nalishlari kesimida)

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Fargʻona viloyati

Jizzax viloyati

Xorazm viloyati

Namangan viloyati

Navoiy viloyati

Qashqadaryo viloyati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Samarqand viloyati

Sirdaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent shahri

@otmlarbot - Kirish imtihonlaridagi o‘tish ballari haqida to‘liq maʼlumot olish

@otmlaruz - abituriyentlar va talabalar uchun eng a‘lo kanal
21.3K views06:42
Ochish/sharhlash
2023-09-27 08:30:47
1-kurslarga uchun kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning ...

Batafsil quyidagi havolada https://abt.uz/blog/1-kurslarga-uchun-kontrakt-tolash-muddati-uzaytirildi

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
25.4K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-09-27 07:21:04
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.08.2019-yildagi 714-sonli qarori bilan tashkil etilgan, Fargʻona shahridagi Oʻzbekiston-Koreya xalqaro universitetiga
O'zbekiston Respublikasi Prezidentning rasmiy
tashrifi davomida ta'lim tizimini ommalashtirish bo'yicha tashabbus ilgari surilgan edi.

Hozirda, ushbu universitetga 2023/2024-o‘quv yili uchun quyidagi yo'nalishlarga 30-Sentyabrga qadar qabul davom etmoqda.

YO'NALISH VA FAKULTETLAR:
Ijtimoiy gumanitar fanlar yo'nalishi
:
1. Xalqaro savdo
2. Turizm menejmenti;
3. Maktabgacha ta'lim;
4. Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi;
5. Ingliz tili filologiyasi;
6. Koreys tili
.

Texnik-muhandislik fanlar yo'nalishi:
1. Arxitektura muhandisligi;
2. Mexanika-mashinasozlik fakulteti;
3. Avtomobilsozlik muhandisligi;
4. Internet va axborot kommunikatsiyasi.

Hujjatlarni www.applykiuf.uz sayti orqali onlayn tarzda topshirish yoki quyidagi telefon raqamlari orqali ham topshirish imkoniyati mavjud.

Murojaat uchun:
+998954019454 | +998911234442
+998332847444 | +998882159593

Onlayn murojaat: @KIUF_ADMIN

Manzil: Farg'ona shahri, Alisher Navoiy ko'chasi, 55/3- uy.
53.7K views04:21
Ochish/sharhlash
2023-09-27 07:14:27
Oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va M.R. fuqaro G.Gʻ. ni ...

Batafsil quyidagi havolada https://abt.uz/blog/oqishga-kiritib-qoyish-bilan-bogliq-firibgarlik-holatlari-fosh-etildi

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
12.7K views04:14
Ochish/sharhlash
2023-09-26 11:00:38
Nufuzli universitet talabasi bo‘lish uchun so‘nggi imkoniyat!

Alfraganus universitetida 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul yakunlanmoqda.

Universitetning 37 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (shulardan 5 tasi tibbiyot sohasiga oid) va 10 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘zbek yoki rus tilida ta’lim olish uchun hujjat topshiring.

Ta’lim jarayonlari kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida olib boriladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

O‘qishingizni boshqa davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan ko‘chirish hamda UZBMB (DTM) ball bilan ham talaba bo‘lish imkoniyati mavjud.

Hujjat topshirish:
O’qishga kirish uchun
O‘qishni ko‘chirish uchun
Magistratura uchun
DTM ball bilan hujjat topshirish

Murojaat uchun:
+998781227557 | @Alfraganus_callcenter

Lokatsiya

Litsenziya (№ 056557 taqdim etilgan sana 12.08.2022)
22.1K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-09-26 10:53:19
14 ta yo‘nalishning sirtqilariga xususiy OTMlarda ham qabul to‘xtashi kerak — vazirlik

14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi. Qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, sirtqida o‘qish uchun kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular ...

Batafsil quyidagi havolada https://abt.uz/blog/14-ta-yonalishning-sirtqilariga-xususiy-otmlarda-ham-qabul-toxtashi-kerak-vazirlik

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram
22.5K views07:53
Ochish/sharhlash