Get Mystery Box with random crypto!

#qulaylik Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini “PayMe” to‘ | Abituriyent Onlayn

#qulaylik

Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini “PayMe” to‘lov tizimi orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi


Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

1. “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi.

Shuningdek shartnoma to‘lovini
my.gov.uz portali orqali hamda
“Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram