Get Mystery Box with random crypto!

#e’lon TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olis | Abituriyent Onlayn

#e’lon

TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish 18-yanvarga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

Imtihonlar Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram