Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent Onlayn

Telegram kanalining logotibi uzabt — Abituriyent Onlayn A
Telegram kanalining logotibi uzabt — Abituriyent Onlayn
Kanal manzili: @uzabt
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.86K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar uchun ENG MUHIM yangiliklar kanali
💰 Reklama uchun: @abtuzreklamabot
🇷🇺 Канал для русскоязычных: @uzabt_rus
TEST ISHLASH UCHUN SAYTGA KIRING: https://abt.uz/

Ratings & Reviews

2.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


blackroot
blackroot

5 star


Oxirgi xabar 231

2021-05-07 01:00:05
“Ta’lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchilari lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

Hozirda 60 ming nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilar yetakchi xorijiy oliygohlarda tahsil olmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini yanada rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“2021-yilda ‘El-yurt umidi’ jamg‘armasi orqali 350 nafar yigit-qizlarimiz nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o‘tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko‘p degani.

Lekin qayd etilgan ko‘rsatkichlarga qaramay, chet tillarini o‘qitish bo‘yicha
...

Batafsil ma‘lumot ushbu havolada https://abt.uz/uz/blog/talim-tizimida-2-mingdan-ortiq-chet-tili-oqituvchilari-lavozimi-vakant-bolib-qolmoqda-shavkat-mirziyoyev

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg
11.0K views22:00
Ochish/sharhlash
2021-05-06 08:14:04 Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 275-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash hamda fan-ta’lim va ishlab chiqarishning integrasiyasini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.

Bu oliygoh Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tuzildi.

Institutda ta’limning kredit-modul tizimi joriy etilib, unda haftada besh kunlik o‘qish va haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi.

Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlangan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg
33.4K views05:14
Ochish/sharhlash
2021-05-06 06:37:30 ​​ Yuridik texnikumlar haqida nimalar bilasiz?

Respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

davlat huquqiy faoliyat;
yuridik xizmat;
sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta taʼlim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 25 avgustidan 25 sentyabrgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo‘lib o‘tadi.

Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabtinfo
12.3K views03:37
Ochish/sharhlash
2021-05-05 08:00:56
Xorazm viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalaridagi kontrakt va grantga eng past va eng yuqori o‘tish ballari qanday?

O‘tgan yili Sirdayo viloyatidagi qaysi oliygohlarga kontraktga kirishning eng past bali 60.0 ball bo‘lgan, davlat grantiga kirishning eng past bali 69.4 ball bo‘lgan. Savol: ushbu ballar qaysi oliy taʼlim muassasalari yoki taʼlim yo‘nalishlarida qayd etilgan?

Batafsil javob ushbu videoda



YouTube kanalimizdagi yangiliklardan doimiy xabardor bo‘lib borish uchun kanalimizga aʼzo bo‘lib qo‘yishni unutmang: KANALGA AʼZO BO‘LISH

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg
13.5K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-05-04 17:31:19
#qabul_2021 #kvota #kunduzgi

2021/2022 o‘quv yilida TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI bakalavriatining KUNDUZGI TAʼLIM SHAKLI bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari (LOYIHA)

Ushbu oliy taʼlim muassasasidagi oxirgi to‘rt yillikdagi kirish ballarini (kunduzgi, sirtqi, kechki) ko‘rish uchun quyidagi havolaga kiring https://abt.uz/ru/university/toshkent-davlat-pedagogika-universiteti-shahrisabz-filiali

P.S. Rasmdagi yozuvlarni aniq ko‘rish uchun har bir rasmni alohida ochgan holda kattalashtirib ko‘rishingiz mumkin

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabtinfo
16.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-05-04 08:30:00 Harbiy mutaxassislar qaysi oliygohlarda tayyorlanadi

Oramizda harbiy kasb egasi bo‘lish orzusidagi yoshlar ancha ko‘p! Xo‘sh, ushbu kasb egalari qaysi oliygohlarda tayyorlanadi? Javob, hozirgi kunda Respublikamizda 10 dan ortiq oliygohlarda harbiy ofitser-mutaxassislar tayyorlanadi. Ularning ro‘yxati bilan tegishli davlat organlari kesimida quyida tanishishingiz mumkin:

MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi

DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi

MILLIY GVARDIYA
Jamoat xavfsizligi universiteti

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Nukus filiali

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
Fuqaro muhofazasi instituti (faqat magistratura bosqichi)

DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti


Harbiy oliy taʼlim muassasalari haqida abt.uz saytimizda batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

P.S. Maʼlumot tarqatayotganizda manbani (@uzabt) ko‘rsating

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi, ishonchli va to‘liq yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg
19.9K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2021-05-02 22:55:53
O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi

Batafsil ma‘lumot ushbu havolada https://abt.uz/uz/blog/ozbekistonda-fuqaro-aviatsiyasi-uchuvchilarini-tayyorlash-maktabi-ochiladi

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg
15.4K views19:55
Ochish/sharhlash
2021-05-02 12:44:25 Android telefonlar uchun Ruscha-O'zbekcha lu'gatning yangi versiyasi chiqarildi.

Endilikda matnlarni va gaplarni ham tarjima qilish mumkin. Ovozli kiritish imkoniyati qo'shildi. Avvalgidek lug'atdan ham foydalana olasiz.
42.6K views09:44
Ochish/sharhlash
2021-05-02 12:01:03
Sirdayo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalaridagi kontrakt va grantga eng past va eng yuqori o‘tish ballari qanday?

O‘tgan yili Sirdayo viloyatidagi qaysi oliygohlarga kontraktga kirishning eng past bali 56.t ball bo‘lgan, davlat grantiga kirishning eng past bali 69.1 ball bo‘lgan. Savol: ushbu ballar qaysi oliy taʼlim muassasalari yoki taʼlim yo‘nalishlarida qayd etilgan?

Batafsil javob ushbu videoda



YouTube kanalimizdagi yangiliklardan doimiy xabardor bo‘lib borish uchun kanalimizga aʼzo bo‘lib qo‘yishni unutmang: KANALGA AʼZO BO‘LISH

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg
28.1K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-05-02 09:52:15
Bitiruvchilardan 3 tomonlama shartnoma so‘rash mumkin emas — Senat

Bitiruvchilardan uch tomonlama shartnoma talab etilishi bilan bog‘liq holat nazoratga olindi.

Batafsil ma‘lumot ushbu havolada https://abt.uz/uz/blog/bitiruvchilardan-3-tomonlama-shartnoma-sorash-mumkin-emas-senat

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg
13.2K views06:52
Ochish/sharhlash