Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL X
Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL
Kanal manzili: @ustozlar_uchun
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.66K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun
Bog'lanish: @muallif_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-11-27 21:40:20 ​​ Ушбу шеъримни 8 декабрь--Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилган куннинг қутлуғ 30 йиллик муборак аёмига бағишлайман.

Бахт китоби

Қонунлари одил элим,
Халқим яшар бахтиёр.
Раҳмат сенга азиз Ватан,
Қадр топган ҳур диёр.

Саккизинчи декабрь,
Дилдан ўчмас бир умр,
Конституциям юлдуздек,
Ҳаётга бахш этди нур.

Мўъжизалар рўй берди,
Китоб ёшлар қўлида.
Гуллаб дилда орзулар,
Нур сочар бахт йўлида.

Қомусим ҳар бобидан,
Бу севинч китобидан.
Фахрландим зулматни,
Ёритган офтобидан.

Қонунларга риоя этган,
Юксак миллат камоли.
Ширин ҳаёт,тинч турмуш--
Халқнинг порлоқ иқболи.

Эркин ва озод шахсни,
Ўйлаган ёш авлодни,
Улуғлари доно халқ,
Яшнатарлар ҳаётни.

"Куч---адолатдадир",
Деган Темур бобом ҳам,
Қонунин ҳурмат қилган,
Миллат кўрмас асло ғам.

Қувончларнинг чеки йўқ,
Хурсанд аёл,эркаклар.
Ҳақиқатга айланди,
Ўтмишдаги эртаклар.

Ҳуқуқий демократик,
Давлатим пойдевори.
Қутлуғ бўлсин навқирон,
Тўлган ёшинг баҳори.

Бахтиёр Йўлдошев
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси.


https://t.me/ustozlar_uchun
1.2K views18:40
Ochish/sharhlash
2022-11-27 19:08:34
Joriy yilning 26-noyabr kuni Baxmal tumani «Gulbuloq» mahallasida joylashgan tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 50-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida profilaktik tadbir o'tkazildi.

O'tkazilgan tadbirda koʻchalarda kechalar maqsadsiz yurgan oʻquvchilar hamda maktab ichki tartib qoidalariga amal qilmayotgan Qolaversa hozirgi kunda peratexnika vositalaridan foydalanmaslik kerakligi toʻgʻrisida kunda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotganini bilib turib foydalangan oʻquvchilar ota onalarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda OʻzRes maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47- moddasi bilan .

Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmagan oʻquvchilar ota onalarga nisbatan qonunda koʻrsatilgan tartibda choralar qoʻllanildi.

Tadbir yakunida, yakka tartibda ishlash kerak bo'lgan o'quvchilar ro'yxati tuzilib, kerakli chora-tadbirlar belgilandi va maktab maʼsul hodimlari psixologlar bilan maktab psixolog inspektor hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
2.0K views16:08
Ochish/sharhlash
2022-11-27 14:39:12
«Оддий одамнинг ўғли ёки қизи порасиз бориб, кириб кетяптими-йўқми? Кириб кетяпти» - Президент таълим соҳасига Финландия тажрибаси жорий этилиши ҳақида

Президент Шавкат Мирзиёев Навоий вилоятига ташрифи чоғида таълим соҳасига Финландия тажрибасининг жорий этилиши ҳақида гапирди.

https://kun.uz/13222936


https://t.me/ustozlar_uchun
2.9K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash
2022-11-26 19:03:24 ​​ Nimaga maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq?» — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida viloyat yoshlari bilan suhbatda maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq turganini tanqid ostiga olib, maktablarda kechki payt mushoiralar qilib, gulhan yoqib, atrofida bayramlar qilish kerakligini aytdi.

Davlat rahbarining aytishicha,
«yoshlarning dardini bilmas ekanmiz, hech qachon bizda taraqqiyot boʻlmaydi».

«Joylarda oʻzgarishlar boʻldi. Fransiyaga borganimizda koʻrdim, ular bizning uzoq tariximiz va buyuk bobolarimiz borligiga qoyil qoldi. Navoiy viloyati soʻnggi 2-yilda oliy ta’limga kirishda respublikada yuqori oʻrinni egallayapti va boshqa sohalarda ham shunday boʻlyapti.

Tasdiqlangan hokimga birinchi topshirigʻim — yoshlar boʻyicha yangi tajribani joriy etish boʻldi. Komissiya rahbarning oʻzi ham hokim boʻladi.

Nimaga maktablar kechki soat 18:00 dan keyin yopiq? Nimaga maktablarda kechki payt mushoiralar boʻlmaydi? Gulxan yoqib, atrofida bayramlar boʻlmaydi? Buni ham qilish kerak», — deydi davlat rahbari.


https://t.me/ustozlar_uchun
2.4K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-11-26 18:34:19 ​​ «Qizil maktab»ga borib ishlagan oʻqituvchiga katta miqdorda oylik maosh toʻlanadimi?

«Qizil maktablar»
ta’lim sifati juda past boʻlgan maktablar hisoblanadi. Agar oʻqituvchi mana shunday roʻyxatga kiritilgan maktabga borib ishlasa ularning oylik maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi.

Faqat ta’lim sifati past boʻlgan maktablarga borib ishlash istagida boʻlgan oʻqituvchi tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy ma’lumotga va birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi, kamida bir yil pedagogik ish staj hamda amalda faoliyat yuritayotgan maktabi «Qizil maktablar» roʻyxatida boʻlmasligi kerak.

Boshqa hududlardan jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarga quyidagicha miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanadi:

Bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

Boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustama.

Boshqa hududdan «Qizil maktablar»ga jalb etilgan pedagoglarga faoliyat olib borgan davriga, biroq 2-yildan ortiq boʻlmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (hozirgi kunda 600 ming soʻm) miqdorida har oylik pullik kompensatsiya toʻlab berilishi ham ta’minlanadi.

Agar pedagog xodim amalda ishlayotgan ish joyida direktor jamgʻarmasi hisobidan ustama olayotgan boʻlsa, bu ustamalar ta’lim sifati past boʻlgan maktabda ish boshlagan taqdirda ham bir oʻquv yili davomida saqlanib qoladi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi oʻquv yili uchun ham toʻlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarori.


https://t.me/ustozlar_uchun
2.2K views15:34
Ochish/sharhlash
2022-11-26 15:57:14
U shunchaki yozmaydi, qalblar uchun yozadi.
U qalblarni oʻqiydi.
U qalblarni his qiladi.
U qalblarda qoladi...

@moychechak_ifori - qalblar orom oladigan maskan!

Aʼzo bo‘ling!
https://t.me/+R40XTV-oX0bm6FmQ
861 views12:57
Ochish/sharhlash
2022-11-26 14:25:31

” Tanlovining 2-mavsumiga hujjatlar qabul qilishni boshladik.


HURMATLI HAMKASBLAR, DO'STLAR

FAN VA TA'LIM MUTAXASSISLARINI XALQARO TANLOVDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF ETAMIZ.
(O'zbekiston).

Materiallar 2022-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. TANLOV DEKABR OYIDA

Loyiha ishtirokchilari quyidagilarni oladi:
"Ilm-fan fidokori  2022" to'plami
Maxsus MEDAL
Diplom
Tashakkurnoma
Sertifikat (online)

Materiallar to'plamiga ISBN (O'zbekiston) xalqaro standart raqami beriladi, eng yaxshi ishlar esa elektron kutubxonaga (newjournal.org ) joylashtiriladi

Ishonch telefoni: +998999729503
               
E-mail: abdurahmonovboburjon9503@gmail.com‌‌

Telegram: @BoburjonAbdurahmonov

Rasmiy kanal va guruh:

https://t.me/MDHtanlov
https://t.me/MDHtanlovlari
1.4K views11:25
Ochish/sharhlash
2022-11-25 07:41:43 ​​ TOIFASI OSHGAN PEDAGOGLARNING PULLARI TO‘LANISHI KERAK.

Ma’lumki, yaqinda ko‘pchilik pedagog kadrlarning malaka toifalari oshirildi. Ana shu oshirilgan toifalari uchun oshgan narxdagi oyliklarni qachondan to‘lanadi degan savollar bilan Ziyoli Pedagog kanalimizga ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Bizga ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarorning 48-bandida shunday yozilgan.

“Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.”

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarga sertifikat berilgan kundan boshlab (agar mehnat ta’tilida bo‘lsa, ishga qaytgan kunidan boshlab) oylik ish haqlari qayta tarifikatsiyadan o‘tkazilib to‘lanishi kerak.


https://t.me/ustozlar_uchun
3.4K views04:41
Ochish/sharhlash