Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL X
Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL
Kanal manzili: @ustozlar_uchun
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.66K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun
Bog'lanish: @muallif_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-12-12 08:03:58 ​​Ушбу шеър Туркиядаги университетнинг илоҳиёт факультетини тугатган, турк-Ислом адабиётининг чуқур ўрганаётган таниқли турк ижодкори Фотиҳ Думаннинг "Бас қил,нафсим" "Азиз Маҳмуд Худоий қисса" сини ўқигандан сўнг ёзилди.

Боқий йўл


Бойлик умр ўткинчи,
Боқий меҳр-муҳаббат.
Нафсига ким бўлса қул,
Боқмагай унга саодат.     

Азиз Маҳмуд Худоий,
Нафсини енга олди,
Устозини шод айлаб,
Аҳдига содиқ қолди.

У курашди нафс ила,
Кечди у кўп роҳатдан,
Заҳмат ила ҳур бўлди,
Нафс дейилган офатдан.

Бахт келаркан чидасанг,
Нур бўлгайдир заҳматлар.
Бўлгин Маҳмуд бободек,
Олиб сен ҳам раҳматлар.

Улуғ шоир айтгандек,
Нафсин енган ғолибдир.
Боши эгик пушаймон,
Ким бу ёвга мағлубдир.

Шукр қилгин, бўл ғолиб,
Яшама мағзун нолиб.
Раҳмат десин инсонлар,
Изларингдан гул олиб.

Ҳа, ундан бўлгин йироқ,
Бевақт келмасин фироқ.
Бу ёвни енгган зотнинг,
Қалбида порлар чироқ.

Ёвуз душмангдир нафс,
Унга бўйсунма зинҳор.
Аллоҳни кўп айлаб ёд,
Нафсни янчиб, айла хор.

Ҳар умр тўлсин шонга,
Порлоқ бўлсин  йўллари.
Бежиз очиқ кетмаган,
Шоҳ  Искандар қўллари.


Бахтиёр Йўлдошев.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси



https://t.me/ustozlar_uchun
3.0K views05:03
Ochish/sharhlash
2022-12-11 15:53:16
#бахмал_тумани_50_мактаб

Диёр янгиликлари

"Конституция - барқарор ҳаёт ва тараққиётимиз кафолати."

"*Мадҳия* шухратинг порласин токи бор жахон"
қалбида ўз Ватанига муҳаббат ва садоқат туйғуси бор ҳар қандай кишида миллий ғурур, ўзига хос фахр, энг муҳими юртга меҳр уйғотади. Бу миллий тимсолда халқнинг ўтмиши, бугуни ва келажаги, шунингдек, зийнати, орзу-ўйи, маслак-мақсади мужассам.

Жиззах вилояти
марказидан қарийб
80 км узоқликда жойлашган
*50-сон* умумтаълим мактабида
Бахмал тумани ИИБ билан ҳамкорликда ташкил этилган бош қомусимиз конституция ва мадҳиямизнинг 30 йиллик байрами муносабати билан

*Беш ташаббус олимпиадаси»"*

спортнинг беш тур йўналиши бўйича ўтказилган тадбирда мактаб ўқувчилари ўртасида мусобақа ўтказилди.Ғолиблар ва ғолиб жамолар аниқланиб туман ИИБ бошлиғи тамонидан ва мактаб раҳбарияти голибларга диплом ва эсдалик совғалари топширил
ди.


https://t.me/ustozlar_uchun
4.2K views12:53
Ochish/sharhlash
2022-12-10 20:17:07
1. Ovchi nimadan qo’rqadi?
2. Ayol nimasi bilan go’zal?
3. Qafasdagi qushga nima kerak?
Uchala savolga javob bitta.
Javobini toping!
1.4K views17:17
Ochish/sharhlash
2022-12-09 17:06:29 O‘QUVCHILARNI MAKTABNING ICHKI NAZORAT RO‘YXATIGA OLISH VA CHIQARISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i 2020-yil 18-dekabr 308-son
(Hozir amalda)


https://t.me/ustozlar_uchun
2.6K views14:06
Ochish/sharhlash
2022-12-09 12:46:11 ​​Respublika ta’lim markazi metodistlari tomonidan 2022-2023-o‘quv yili davomida fan metodistlari, o‘qituvchilar uchun metodik xizmat ko‘rsatish faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida o‘quv-seminarlar o'tkazilmoqda.

O'quv-seminari bugun, 9-dekabr kuni chet tillari fanidan bo'lib o'tadi

Ma'ruzachi: Respublika ta'lim markazi metodisti Guliston Jo'rayeva
Mavzu: Chet tili darslarida loyiha ishlari
Vaqt: 15:00
Seminarda ishtirok etish uchun link:
https://us02web.zoom.us/j/81560720568?pwd=MDFkdEdobkdTUy85TDN0RGdJRkRuZz09


https://t.me/ustozlar_uchun
2.9K views09:46
Ochish/sharhlash
2022-12-08 18:56:47
U shunchaki yozmaydi, qalblar uchun yozadi.
U qalblarni oʻqiydi.
U qalblarni his qiladi.
U qalblarda qoladi...

@moychechak_ifori - qalblar orom oladigan maskan!

Aʼzo bo‘ling!
https://t.me/+R40XTV-oX0bm6FmQ
1.9K views15:56
Ochish/sharhlash
2022-12-08 06:04:04
KONSTITUTSIYA-
B A X T I M I Z
K I T O B I


Bizning huquq va erkinligimiz, e'tiqodu, o'z tilimizda ravon so'zlashimiz,
, so'z erkinligi, inson qadr-qimmati, millatidan, irqidan, qanday kelib chiqishidan qat'iy nazar teng huquqda ekanligimizni o'zida mujassam etgan BOSH QOMUSIMIZ- KONSTITUTSIYAMIZ o'zining sharafli yoshi- 30 yillik yubileyi
bilan qalblarimizda va tillarimizda o'zgacha
shukuh kasb etmoqda...


Maktabda ilm olayotgan bolalarning haq-huquqlari , ularning bepul ta'lim olishlari ham davlatimiz tomonidan kafolatlanganligi buning isbotidir.


https://t.me/ustozlar_uchun
4.9K views03:04
Ochish/sharhlash
2022-12-08 06:01:52
8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Konstitutsiyamizning 30 yillik bayrami muborak boʻlsin!


https://t.me/ustozlar_uchun
5.1K viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2022-12-08 05:44:15
TA'LIM KAFOLATLANGAN QOMUS BAYRAMI

Respublikamiz Konstitutsiyasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab berilgan.

Bosh Qomusimizda belgilangan mana shu huquqlar asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilarimiz bilan «O'zbekiston Konstitutsiyasining 30-yilligi» bayramini keng nishonladik.

Zilola KOBILOVA, Toshkent shahar 105- maktabning 7”B” sinf rahbari.



https://t.me/ustozlar_uchun
2.8K views02:44
Ochish/sharhlash
2022-12-08 05:41:04
#BAXMAL_tumani

8-DEKABR O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN

"Konstitutsiya – baxtimiz qomusi"


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30-yilligi munosabati bilan.

Baxmal tumanidagi 50-son umumtaʼlim maktabida Vazirlikning 12.11.2022-y. 06-2601-sonli topshiriq xati ijrosi yuzasidan

Davlatimiz Madhiyasini qabul qilinganligining oʻttiz yilligi munosabati bilan ("Shuhrating porlasin toki bor jaxon!” mavzusida ochiq dars,Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovi) hamda “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” tadbiri o‘tkazildi.


https://t.me/ustozlar_uchun
3.2K views02:41
Ochish/sharhlash