Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL X
Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL
Kanal manzili: @ustozlar_uchun
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.66K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun
Bog'lanish: @muallif_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-06-23 05:09:03 ​​ Prezident farmoniga muvofiq, 2023-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qatʼi nazar 5 kun dam olinadi. Bunda:

28-iyun (chorshanba) – Qurbon hayiti bayrami;
29-iyun (payshanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
30-iyun (juma) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
1-iyul (shanba) – dam olish kuni, shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
2-iyul (yakshanba) – dam olish kuni.


https://t.me/ustozlar_uchun
7.2K views02:09
Ochish/sharhlash
2023-06-22 19:34:29
Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili va adabiyoti fanidan yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlarini qoplab berish kerakligini ta’kidladi

“Hozirgi vaqtda, chet tillari bo‘yicha xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda.

O‘zbek tili va adabiyoti
fani uchun ham mana shunday tartibni joriy etishni taklif qilaman.

Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun 50 foizli ustama joriy qilsak, adolatdan bo‘ladi (hozir – 20 foiz)”, – dedi nomzod.


https://t.me/ustozlar_uchun
6.2K views16:34
Ochish/sharhlash
2023-06-22 19:24:17 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga qabul qilish to‘g‘risida.

MMT Vazirligining 2023-yil 28-apreldagi 109-sonli buyrug‘i.


https://t.me/ustozlar_uchun
4.9K views16:24
Ochish/sharhlash
2023-06-22 19:19:34
Ўқитувчилар таътил пуллари камайиб кетганидан шикоят қилмоқда. Муаммо нимада?

Қатор туманлардаги ўқитувчиларга узайтирилган йиллик таътил учун тўланадиган ҳақ миқдори камайиб кетди. Муаммо тегишли вазирликларнинг янги Меҳнат кодексини амалга киритиш билан боғлиқ норматив ҳужжатни қабул қилишни кечиртиргани билан боғлиқ. Бандлик вазирлиги ўқитувчиларнинг бузилган ҳуқуқлари тикланишини айтмоқда. Kun.uz масала бўйича ўрганиш ўтказди.

https://kun.uz/75798131


https://t.me/ustozlar_uchun
6.6K views16:19
Ochish/sharhlash
2023-06-20 18:52:19
Мактаб ўқитувчиларининг ҳафталик юкламаси камайтирилади.

Бошланғич синф ўқитувчиларининг ҳафталик юкламаси 18 соатдан 16 соатга, юқори синф ўқитувчилариники 20 соатдан 18 соатга туширилади. Бу орқали, тўлиқ ставкада ишламаётган жами 150 минг нафар муаллимнинг ойлиги ўртача 30 фоизга оширилади.


https://t.me/ustozlar_uchun
9.0K viewsedited  15:52
Ochish/sharhlash
2023-06-19 21:07:08
Ayrim OTM tegishli yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (jadvalda keltirilgan).

Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga egalar qabul qilinadi.

Bunda ularning pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Keyingi yildan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar va bu yil o'qishga kirmoqchi bo'lganlar mana shu narsani inobatga olib qo'yishlari kerak.


https://t.me/ustozlar_uchun
6.6K views18:07
Ochish/sharhlash
2023-06-19 16:31:47 Rasman: Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanadi — O‘zbekiston musulmonlari idorasi


https://t.me/ustozlar_uchun
5.2K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-06-19 06:41:43
«Men O‘zbekistonlikman!»


https://t.me/ustozlar_uchun
6.4K views03:41
Ochish/sharhlash
2023-06-15 22:56:08 ​​ 2023-yildan maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron beriladi

9- va 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarga shahodatnomalar qog‘oz shaklda emas, elektron shaklda beriladi.

Bunda bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga kiritiladi va ushbu ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi. Bitiruvchi haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan so‘ng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.

Shahodatnomalarni bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchi “Elektron shahodatnoma” platformasiga ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqamini kiritib shahodatnomasini bepul yuklab oladi.

Internet yetib bormagan olis va chekka hududlarda joylashgan ta’lim tashkilotlariga shahodatnomalar elektron platformadan yuklab olinib, chop etilgan holda taqdim etiladi.


https://t.me/ustozlar_uchun
10.7K views19:56
Ochish/sharhlash
2023-06-10 20:28:49 METODBIRLASHMA RAHBARLARIGA USTAMA BERISH TARTIBI USHBU XATDA KO'RSATILGAN.

Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi  02-02/1-1703 -sonli xati


https://t.me/ustozlar_uchun
13.0K views17:28
Ochish/sharhlash