Get Mystery Box with random crypto!

​​ «Qizil maktab»ga borib ishlagan oʻqituvchiga katta miqdorda | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

​​ «Qizil maktab»ga borib ishlagan oʻqituvchiga katta miqdorda oylik maosh toʻlanadimi?

«Qizil maktablar»
ta’lim sifati juda past boʻlgan maktablar hisoblanadi. Agar oʻqituvchi mana shunday roʻyxatga kiritilgan maktabga borib ishlasa ularning oylik maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi.

Faqat ta’lim sifati past boʻlgan maktablarga borib ishlash istagida boʻlgan oʻqituvchi tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy ma’lumotga va birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi, kamida bir yil pedagogik ish staj hamda amalda faoliyat yuritayotgan maktabi «Qizil maktablar» roʻyxatida boʻlmasligi kerak.

Boshqa hududlardan jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarga quyidagicha miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanadi:

Bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

Boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustama.

Boshqa hududdan «Qizil maktablar»ga jalb etilgan pedagoglarga faoliyat olib borgan davriga, biroq 2-yildan ortiq boʻlmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (hozirgi kunda 600 ming soʻm) miqdorida har oylik pullik kompensatsiya toʻlab berilishi ham ta’minlanadi.

Agar pedagog xodim amalda ishlayotgan ish joyida direktor jamgʻarmasi hisobidan ustama olayotgan boʻlsa, bu ustamalar ta’lim sifati past boʻlgan maktabda ish boshlagan taqdirda ham bir oʻquv yili davomida saqlanib qoladi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi oʻquv yili uchun ham toʻlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarori.


https://t.me/ustozlar_uchun