Get Mystery Box with random crypto!

Usmonxon Mavlonov || Blog

Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog U
Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog
Kanal manzili: @usmonxon_mavlonov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-12-10 21:50:06 Maktab va ishni solishtiramiz. Ularning orasidagi asosiy farq - ōlchōvlari har xil.

1. Maktabda agar aqlli odamdan yordam olib, jarayonni tashkillashtirish kōchirmakashlik deyiladi. Ishda esa xuddi shu narsa jamoa tashkillashtirish deyiladi.
2. Maktabda bilimga baho beriladi, maktabdan tashqarida esa eng aqlli odamdan kōra qiziquvchan odamlar kōproq mukofotlanadi.
3. Maktabda bitta muammoning 3 ta xato javobi va 1 tōg’ri javobi bōladi. Tashqarida esa muammoning samarasi kam, tōg’ri va tōg’riroq va eng foydali yechimlar bor.

Shu farqlardan ogoh bōlish bizga yoshligimizdan ōrg(n)atilgan narsalar haqida boshqattan ōylab kōrishga undashi mumkin.
25 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-09 21:50:06 Mijozlar, boshliq yoki hamkasblar bilan ishlashda kommunikatsiyaning oʻrni juda katta

Ish qilish bilan birgalikda, uni odamlarga aytib yoki koʻrsatib bera olish ham juda muhim.

Bir ishni qilganingda, oʻsha jarayonda qatnashadigan barcha odamlarga:

1. Bu ishni nima uchun qilganing, qanday variantlar bor ediyu, sen nima uchun shunisini tanlaganingni tushuntirib ber. Sen odamlarning deyarli hamma ma’lumotdan xabari bor deb oʻylaysan, lekin aslida ular koʻp narsani bilmagan boʻladi.
2. Shu natijaga kelguncha qaysi jarayonlardan oʻtganingni tushuntir. Natijaga erishguncha qaysi muvaffaqiyatsizliklardan oʻtildi, xatolar nima boʻldi va qanday xulosa chiqarilgani ham muhim
3. Eng asosiysi bu ish ularga qisqa, oʻrta va uzoq muddatda qanday natijalar olib kelishini ayt.

Koʻpincha shu atributlar ishdagi muhim narslar sanaladi va bu narsalarni toʻlaqonli tushuntirib bera olmasliging, qarshi tarafda seni ishlamayotgandek koʻrsatadi.
22 viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-08 21:50:06 Richag (Leverage) nima? Bu kiritgan xarajatingdan (pul, vaqt, energiya ) koʻra 2x, 3x, 10x kōproq foyda olishingga ko’maklashadigan vosita.

Agar senda richag bōlsa, bir ōzing 15 kishilik ish qila olasan.
Hozirgi kundagi eng kuchli richaglar intellektual mulk, media va texnologiya.

Tepada aytilganlarning yordamida ōtgan asrda butun bir jamoa qilolmagan ishni bir kishi bemalol eplayapti:

- “Xalqlar dōstligi”ga 4 000 ta odam sig’adi. YouTube’dagi oddiy videolarni 30 000 kishi kōrgan;
- Oldinlari qo’lda qilingan kōpgina ishlarni hozir kodlar yordamida dastur bajaradi.

Eng “ключевой” savol shu:

Sen ōzing uchun qaysi richagni yasashni boshlading? Chunki hozir ōzingga richag yaratib olmasang, ertaga sen bir kishilik ishlaysan yoningdagi odam esa 10 kishilik. Ōsha paytda bozorni kim egallaydi deb ōylaysan???
20 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-07 21:50:06 Yangiliklarni kōrmaslik kerak. Nega?

1. Chunki yangiliklardan asosiy maqsad hammaning muammosini sening muammoyingga aylantirish. Senga ōz muammolaring ham hozircha yetadi

2. Yangiliklardagi voqealar statistik jihatdan umuman xato. Qachondir: ‘Bugun butun dunyo bōylab 5 678ta reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi’ degan xabar eshitganmisan? Yōq. Faqat qulagan samolyotlarni eshitasan!

3. Mabodo eshitgan taqdiringda ham juda katta ehtimol bilan ōsha voqeaga umuman ta’sir qilolmaysan.

Bonus: agar yangilik shunchalik olamshumul bōlsa, uni ōrtōg’ing G’anisher ham senga aytib beradi
33 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-06 21:50:02 Senga berilayotgan hamma narsa sen unga loyiq bo’lganing uchun emas. Xuddi shuning teskarisi ham to’g’ri: senga berilmayotgan hamma narsa unga loyiq bo’lmaganing uchun berilmadi, emas.

Bizga berilgan va berilmagan narsalarning barchasi sinovdir! Ularning bor yoki yo`qligi sening iymoningda o’zgarishga sabab bo’layotgan bo’lsa, iymoningni qayta ko’rib chiqish kerakdir?!

Sen faqatgina ba'zi sabablarini qilishga mas'ulsan. Qolgan faktorlar U Zotga tegishli
23 viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-05 21:50:05 Bizning oldingi tajribalarimiz miyamizda u yoki bu qoliplarni o’rnatadi. Qoliplar esa cheklov degani. Vaqti-vaqti bilan o’sha qoliplarimiz hali ham aktualmi yo`qmi test qilib turishimiz kerak.

Chunki bir paytlar to’g’ri bo’lgan dunyoqarash hozirgi vaziyatimizda samarasiz bo’lishi mumkin.

Misol uchun mening oldingi holatimda ko’p ishlarni outsource qilishga moddiy imkon yo`q edi. Shuning uchun bir ish qilmoqchi bo’lsam, man uni avval Youtube yoki boshqa joydan o’rganib keyin qilish bu normal holat bo’lgan.

Hozir esa bunday fikrlash man ishlayotgan joyda nisbatan samarasizroq. Chunki ko’p vaqt oladi va xato qimmatga tushadi. Undan ko’ra biror mutaxassis yollab turib, uni ishlatganimiz bizga qulayroq.

Shuning uchun fikrlaringni (ba’zida ishonchlaringni ham) qayta ko’rib chiq. Balki atrofing o’zgargani uchun u fikr hozir xatodir?!

Miyadagi cheklovlar bilan kurashish to’xtovsiz jarayon.
32 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-04 21:50:07 Nimadir ishim o’xshasa o’zimni yaxshilab mehmon qilaman. Bu haqida bir maqola o`qigandim.

Qo’yilgan maqsadga erishdingmi, o’zingni mukofotlaki, miyang bu narsa yaxshi ekanligini bilsin va hozirgi ishni qaytarishga yanaqa ko’proq harakat qilsin.

O’zini mukofotlashning asosiy 3ta foydasi bor:

1. Ishlarni kechga surish kamayadi
2. Fikrlarimiz bir joyga yig’iladi (fokus)
3. Chalg’ituvchi narsalardan voz kechish osonlashadi. Chunki ishni bitsa, oxirida sovrin borku

Shuning uchun keyingi safar bironta ish o’xshab qolsa avval shukr qilib, keyin o’zingni yaxhsilab mehmon qil.
24 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-03 21:50:34 Biror narsaning foydasini ko’rmayapsan degani, u senga foyda keltirmayapti degani emas.

Biror harakat qildingmi, u albatta yoki foyda yoki zarar bo’ladi. Neytral ishlar ham vaqt isrofi bo’lganin uchun yomon hisoblasang bo’laveradi.

Shunday qilib kichkina bir harakating keyinchalik senga juda katta foydalar olib kelishi mumkin.
Hozir videolar chiqarayotgan bo’lsang-u, 38, 97ta yoki 206ta “prosmotr” bo’layotgan bo’lsa, vaqtimni bekor ketkazyapman deb o’ylama.

Bu jarayonning hammasi umumiy tayyorgarlik fazasining bir qismi, xolos. Undan o’tgandan keyin haqiqiy o’yin boshlanadi va hozirgi tajriba o’sha paytda foyda keltiradi.
23 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-02 21:50:44 # Umidsizlik

Nima sababdan bitta xato qilib qo’ysak hammasi tugadi deb o’ylaymiz? Bu umidsizlikning sababi nima?

Qilayotgan ishimiz haqida ma’lumot yetmasligi. Biz qilayotgan ishimiz asosiy g’alaba faktori nima ekanligini bilmasligimiz.

Ishingda seni yutishingga sababchi bo’ladigan narsa to’g’rilaring emas, balki xatolardan xulosa chiqarishing.

Know the game you are in.
27 views18:50
Ochish/sharhlash
2022-12-01 21:50:05 Senda har kuni muammo bo’ladi. Ba’zida ish, ba’zida o`qish yoki boshqa sohada. Senda fikr o’tadi: shu muammolarni hal qilishim kerak, shundan keyin hammasi yaxshi bo’lib ketadi deb. Aslida esa muammo hech qachon tugamaydi.

Shuning uchun eng asosiy narsa muammolarni zavq bilan va boshqa qaytarilmaydigan tarzda hal qilish bo’ladi(deb o’ylayman). Muammolardan zavqlanish uchun bir muammodan boshqasiga o’tish, o’zgarishlar bo’lishi kerak.

Hal qilgan muammoyingiz qayta takrorlanmasligi uchun esa quyidagi narsalarga amal qilish kerak:

1. Muammo aslida nima sababli kelib chiqqan?
2. Muammoning egasi, sababchisi, hal qiluvchisi kim, umuman olganda butun jarayonda kimlar ishtirok etadi? Ular nima xohlashyapti?
3. Muvaffaqiyat kriteriyasi nima? Qanday holat muammoning hal qilinganini bildiradi?
4. Qanday cheklovlar bor: vaqt, pul, resurs bo’yicha. Eng asosiysi bu joyda muammo egasi nuqtayi nazaridan qaray olish kerak.(Muammo sababchisi va uning egasi ko’pincha boshqa boshqa bo’ladi)

P.S: Man misol uchun yaqinda 4-punkga amal qilolmadim, muammo egasiga vaqt eng asosiy bo’lgan joyda boshqa resursni tejash harakatida bo’ldim.
37 views18:50
Ochish/sharhlash