Get Mystery Box with random crypto!

Usmonxon Mavlonov || Blog

Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog U
Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog
Kanal manzili: @usmonxon_mavlonov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2022-11-20 21:23:31 Aybdorsan

Do’sting bilan ancha payt gaplashmay qo’ydingmi? Aybdor o‘zingsan, oqibatsiz do’sting emas. Nimaga aloqaga chiqmayapsan?

Boshlig’ing bir ishni aytsa, lekin senga uni amalga oshirish uchun hech narsa bermasa ham aybdor o’zingsan. Nega kerakli resursni so’ramading?

Mayli, “aybdor” o’rniga “mas’ul” so’zini ishlata qolamiz. Lekin…

Sen bilan ro’y bergan deyarli hamma narsaga o’zing mas’uliyat olishing, senda foydali dunyoqarashni shakllantiradi:

1. Odamlarni ayblashdan, ularga tosh otishdan ko’ra keyingi safar ishingni yanada puxtaroq bajarishni o’rganasan.

2. Keyingi safar shunday muammo hal bo’lsa nima qilish kerakligi to’g’risida senda “algoritm” (yoki oddiygina qilib “yechim”) bo’ladi.

3. Hozirgi muammoga yana duch kelmaslik uchun nima qilish kerakligi haqida o’ylaysan.

4. Odamlarga nisbatan kutuv past bo’lgani uchun xursandroq yashaysan.

Unutma! Odamlar mas’uliyatli kishilar bilan ishlashni xohlashadi.

@usmonxon_mavlonov
22 viewsedited  18:23
Ochish/sharhlash
2022-11-19 21:51:04 Shu savol(lar)ga javob berib ko’r!
O’zingni taniysanmi?

Kuchli, kuchsiz tomonlaringni bilasanmi?

Seni nima harakatga undaydi, nimadan kuch olishingdan xabaring bormi?

Odamlar sen yo`qligingda seni qaysi xislatlaring bilan eslashadi?

Qaysi yomon ishlarga ko’proq moyilsan?

Biror gunohni qaysi xaraktering sababli qilasan?

Gapirganingda maqsadli gapirasanmi? Aniqrog’i, gaplaringning qanchasi noo’rin bo’ladi?

O’zingning qaysi odatlaring bilan faxrlanasan? Nima uchun?

Hozir qilmoqchi bo’layotgan ishingni hozirgacha qilmaganing sababi nima?

Qayerga bormoqchisan (hayotda)?

Hozirgi turgan nuqtang, umumiy sayohatning qayerida? Yo’lning qanchasini bosib o’tgansan?

P.S: savollarning hammasiga men ham javob topib bo'lganim yo`q, hali. Lekin asosiysi har kuni fikrlash, o'ylash.

@usmonxon_mavlonov
22 viewsedited  18:51
Ochish/sharhlash
2022-11-18 23:50:22 O’rgangan narsalaringni boshqalarga iloji boricha ko’proq tushuntirib ber.
Sababi:

1. Ularga tushuntirib bersang, va u foydali bo’lsa o’zing maaazzzaa qilasan.

2. Yangi mavzu o’rganayotganda, boshqalarga tushuntirish mas’uliyati seni mavzuga ko’proq fokus qilishga majburlaydi.

3. Tushuntirayotgan mavzuda o’zingdagi kamchiliklarni aniqlab olasan. O’sha odamlar katta ehtimol bilan seni xayolingga kelmagan savollarni berishadi. Ularga javob qidirish orqali, chegaralaringni kengaytirasan.

4. Aloqalaring yaxshilanadi. E’tibor bergan bo’lsang, senga nimadir o’rgatgan odamni ozgina ko’proq hurmat qilasan, shunaqami? Seni ham (chin ko’ngildan, samimiy) hurmat qilishlarini xohlamaysanmi?

P.S: Ko'rdingmi, postni o`qish davomi "уже" sanda xayollar boshlandi: hozirgi o'rganayotganlarimni kimga tushuntirib bersam bo'larkin? -degan. Foyda beradi
32 viewsedited  20:50
Ochish/sharhlash
2022-11-17 21:13:06 Ishingda, o'qishingda qaysidir ishlaringni o'z vaqtida, to'g'ri va/yoki doimiy bajarolmayapsanmi? (Muammo)

Savol: Buning sababi nima?

1. Deadline'lar va qaytariluvchi mashqlarni kalendarga kiritib boryapsanmi?

2. Vazifani to'g'ri bajarish uchun o'zing xohlayotgan narsani avval aniqlab olyapsanmi?

Ya'ni, sayt yasashing kerak bo'lsa, "Men rostan ham korxonamiz haqidagi barcha ma'lumotlarni ko'rsatib beruvchi sayt xohlayapman, to'g'rimi?" deb o'zingga savol ber. Balki senga ma'lumot beruvchi emas, sotuvchi sayt kerakdir. Yoki blog?

3. To'g'ri vazifalarni bajaryapsanmi o'zi? Muhimliligi kam bo'lgan, qaytarish juda oson bo'lgan vazifalarni delegatsiya qilish esingdan chiqib qolmayaptimi?

Agr shu tepadagi savollarga ijobiy javob beroladigan darajaga chiqsang, muammoying ko'p qismi hal bo'lishi ehtimoli ko'payadi.

@usmonxon_mavlonov
45 views18:13
Ochish/sharhlash
2022-11-11 20:49:04 Odamlar bilan yaxshi tanishmoqchi bo'lsangiz ular bilan yolg'iz tushlik yoki kechki ovqat qiling.

Ilmiy tomondan qanday dalil bor bilmayman lekin oxirgi paytlar bitta anrsaga ani ishonyapman:
Odamlar bilan yolg'iz ovqatlanish davomida ularni ancha yaxshiroq tanib olasiz va aloqangiz juda mustahkamlanadi.

Ilmiy asos bo'lsa aytib yuboringlar!
27 views17:49
Ochish/sharhlash
2022-10-25 22:09:28 Maqsad qo`yish haqida

Maqsad qo`yishni to’g’ri usuli:

1. Uni aniqlab olish. Misol uchun: sotuvni yaxshi o’rganish.

2. Shu maqsadingizni matematikasini ishlab chiqish. Nima ishni nechi marta qilsangiz, shu maqsadingizga erishmay qolishingizni ilojsiz holga keladi. Misol: 10 000ta qong`iroqni amalga oshirib, yaxshi sotuvchi bo`lolmaslikni iloji yo`q.

3. Endi shu maqsadni kunlarga bo`lib chiqiladi (siz ko`tara oladigan bosimga qarab). Agar har kuni 50ta qo`ng`iroq qilsam yaxshi sotuvchi bo`lishim uchun 200 kun ishlashim kerak. 100tadan qilinsa 100 kunda erishiladi. Xullas tushundingiz.

4. Endi sizda har kuni shakllantirishingiz kerak bo`lgan odat bor. Tugadi!

Bu struktura Alex Hormozi bilan bo`lgan podcast’dan olingan. Podcast’ni shu yerda ko`rishingiz mumkin. Yoki undan olingan hamma xulosalarga linkni o`qib chiqing.

@usmonxon_mavlonov
72 viewsedited  19:09
Ochish/sharhlash
2022-10-18 19:49:08 Ota-onamdan o’rgangan eng katta ilmim

To’g’risi ota-onam ortiqcha nasihat qilaverishmaydi. O’zimga to’g’ri bo’lishimni, halol pul topishimni va topayotganimni halolga sarflashimni har doim ta’kidlashadi.

Ota-onamda bitta juda yaxshi ilm o’rgandim va kelajak hayotda ham uni o’zimda qo’llashga harakat qilaman. Bu ilm - erkinlik. Ularni bizga ya’ni farzandlariga yaratib bergan erkinligi.

Qaror qabul qilishda ham, biror ishni boshlashda ham manga juda katta erkinlik berishgan. Qarorimni har safar hurmat qilgan holda, hech qachon yo’q deyishmagan va aynan shu holat manga juda katta yordam bergan.

Ota-onang sanga nima yordam bergan deb so’rashsa: “Shunchaki halaqit berishmagan” deya javob bera olaman. Shu kungacha 3 ta biznesni “Muvaffaqiyatli” tarzda yopdim.

Shundan keyin ham yana biznes qilishimga qarshilik qilishmadi. “Xatolardan saboq olgan bo’lsang bo’ldi, o’zing to’g’ri deb bilganingni qilaver” deb juda katta ishonch bildirishdi.

Bir farzand o’laroq aytingchi, ota-onani ishonchidan kattaroq sizga kuch bera oladigan narsa bormi? Yo’q!

Aynan shu farzandga yaratib berilgan erkinlikni man ota-onamdan o’rgandim va kelajakda o’z farzandlarimga ham shunday erkinlik berishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Fikrimcha shaxsiyat shundan boshlanadi…

@Insaf_Aliev_LiFe
100 views16:49
Ochish/sharhlash
2022-10-14 12:21:01 Qölimizdan ketganida iymonimizga zarar beruvchi narsaga bo'lgan muhabbatimizni biz dan ol Yo Rab.
114 views09:21
Ochish/sharhlash
2022-10-12 14:51:41 Harakatsizlik = o`lim

1. Faqatgina nazariy bilimning o’zi kamlik qiladi. “Men nimadir ishni qilishim uchun mana bu narsani bilmayman” deb o`zimizga to’siq qo’yamiz. Aslida bizga yetishmayotgan narsa harakat bo`ladi.

2. Bir ishni qilmasingizdan oldin, uni amalga oshirish 80% bilim, 20% harakat kerak deb o’ylaymiz, lekin o’rganib bo’lgandan keyin aniq bo’ladiki, bilim bu ishni uddalashning 20% xolos. Qolgani harakat.

3. Siz biror ilmni o`rganganingizning yagona ko’rsatkichi uni amalda qo’llashingiz.

4. Agar sizda erishilmagan maqsad yoki hal qilinmagan muammo bo’lsa, buning sababi harakatsizlikdir.

5. Nazariya amaliyotning o’rnini bosolmaydi, xuddi shuning teskarisi ham o’rinli

@usmonxon_mavlonov
122 viewsedited  11:51
Ochish/sharhlash
2022-10-10 21:07:41 Ne'matning faqat o'zi emas, uning miqdori ham ne'mat.

Ko'rish judayam qadrli ne'matlardan biri. Lekin ko'zingizni qanchalik ko'ra olish qobiliyati alohida boshqa bir ne'mat.

Tasavvur qiling, ko'zingiz hamma bakteriyalarni-yu, atomlarni ko'radi. Suv ichishingizni tasavvur qila olasizmi? Uning ichidagilarni ko'rib, manimcha ichmasdiz.

Xulosa: ne'matga shukr qiling, uning yetarlicha miqdorda berilganigayam alohida shukr qiling.

P.S Eshitish qobiliyagingiz ham kuchli bo'ganda nima bo'lardi? Kechqurun yostiqda zamburug'lar jangini eshitib uxlomasdik . Alhamdulillah

@usmonxon_mavlonov
21 views18:07
Ochish/sharhlash