Get Mystery Box with random crypto!

Usmonxon Mavlonov || Blog

Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog U
Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog
Kanal manzili: @usmonxon_mavlonov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-01-19 21:50:03 Odamlarning fikri qanchalik muhim?

Ish/o'qish/ va boshqa joyda feedback'larga ochiq bo'lish bilan birga o'z fikringda qattiq tura olish ham kerak.

Kim nima desa bo'pti deb ketavermasdan, nima uchun shunday qilinayotganini so'rash kerak.

O'zingning fikring nima uchun to'g'riligini aniq faktlarga asoslangan argumentlar va ularning keyinchalik olib keladigan foyda va zararlari bilan tushuntirib bera olish ko'p xatolarning oldini oladi. (2 marta o`qi )

Eng qizig'i, sening fikringga qarshi chiqqanlar xato qilganini bilgandan keyin mas'uliyatni senga tashlab qo'yadi. Nega? Chunki fikringni oxirigacha yetkazib berolmagansan.

Shuning uchun hammaning fikrini eshit. To'g'ri bo'lsa, qabul qil. Bo'lmasam o'z bilganingni qil. Oxir-oqibat qilgan qarorlaring uchun faqat o'zing javobgarsan
109 views18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-18 21:50:02 Sotuv qilish to'g'ridan to'gri qiymat bilan bog'liq. Xaridoring ko'zida mahsulot qanchalik qiymatli bo'lsa, uning narxi shunchalik baland bo'lishi mumkin.

Qiymat o'zi nima?
Qiymat - narx evaziga xaridor oladigan foyda.

Uning 4ta qismi bor:
- orzu qilingan (va'da qilingan) natija
- muvaffaqiyatga erishish ehtimolligi
- bu qancha vaqt olishi
- xaridordan ketadigan harakat va u nimadan voz kechishi

Agar mijozingga qisqa vaqt ichida undan ko'p harakat talab qilmasdan, katta ehtimollik bilan yuqori qiymat bera olsang, mahsulotingni juda qimmatga sotish mumkin.

Qimmat sotish esa yana 3ta narsaga bog'liq:
1. Qiymat (tepada gaplashildi)
2. Sening muzokara qilish qobiliyating.
3. Sen berayotgan narsa qanchalik yagonaligi. (Agar sen sotayotgan narsani 2 bekat narida yana 4 kishi sotsa, sen qimmat sotolmaysan)

Alex Hormozi'dan erkin xulosa
110 views18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-17 21:50:02 Hamma o`zining kuchli ustozi bo`lishini xohlaydi, to’g’rimi?

O’ylab ko’rganmisan kuchli ustozga sen nima bera olasan?

Agar ustozing rostan ham kuchli bo’lsa, hech narsa berolmaysan. U sendan na moddiy na ma’naviy biror yordamga muhtoj bo’lmaydi.

Unga qilishing mumkin bo’lgan yagona narsa u bergan maslahatlarga amal qilishing. U maslahatni qanchalik to’g’ri bajarishingni ham ahamiyati yo’q. Berilgan vazifani bajar, natijasini (u pozitiv yoki negativ bo’lishini farqi yo’q) Ustozingga ayt:

- Ustoz siz aytgan narsani qildim, natijasi mana bunday bo’ldi. Undan shunaqa xulosa oldim.

Bu ishni qilishing ustozingda sen haqingdagi fikrini yaxshilaydi. Ustozing senga vaqt ajratishiga arzishini tushunadi.

Nega bunday?

Chunki ko’p odamlar maslahat so’raydi lekin keyin unga amal qilmaydi. Kam bo’lgan narsa esa qadrlanadi.
Shuning uchun ustozing oldiga har hafta borma. 2,3 yoki 6 oyda bor. Lekin aytgan hamma vazifasini bajar.

P.S: Undan tashqari ham yana bitta foydang tegishi mumkin: Ustozing xayoliga kelmagan savollarni undan so'rash.
Ustozlar tafakkur qilishga majbur qiladigan shogirdlarni yaxshi ko`rishadi (kichik shaxsiy tajriba)
21 viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-16 21:50:06 Aynan shu sababdan o’qishing kerak?

-Nima uchun mana bu kitobni o’qimayapsan?
-Vaqtim yetmayapti, shuning uchun.
-Aynan vaqting yetmagani uchun shu kitobni o’qishing kerak. Buni o’qisang vaqt va energiyangni to’g’ri taqsimlashni o’rganasan.

——

Nima uchun o’sha kursni o’qimading?
-Pulim yo’q.
-Ha aynan shu sababli kursni o’qishing kerak. Uni o’qib chiqsang ishlaringni rivojlantira olasan. Natijada ko’proq pul topasan.
——

Xullas logikani tushunding. Bir ishni nima sababli qilmayotgan bo’lsang, o’sha ishni qilishingga eng katta turtki bo’ladigan narsa aslida shu.

Muhim ishni bajarmaslik uchun aytayotgan bahonalaringni o’z nafsingga qarshi ishlatib, kuch beruvchi faktor sifatida ishlatish mumkin.
39 views18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-15 21:53:54 Ba`zida odamlar tayyor bo`lmaydi.

1. Onang senga aytgan gapni 15 yildan keyin tushunasan

2. Ustozing bergan maslahatga 6 oy o`tib amal qilishni boshlaysan.

3. Mijozlaring aytgan tavsiyangni vaqtida qilmagani uchun X summa pul yuqotadi.

Bularning barchasidagi umumiylik maslahat aytilgan paytda o`sha odamlarning tayyor bo`lmasligi, oxirigacha tushunmasligi, mohiyatni anglamasligi.

Bunday holatga tushmaslik uchun kimdir senga tavsiya bersa nima uchunligini so`rash, sen kimgadir maslahat bersang sababini tushuntirish.
24 views18:53
Ochish/sharhlash
2023-01-14 21:50:06 1. Sen hamma narsani bilmaysan, shuning uchun odamlardan maslahat olib unga amal qilish kerak. 2. Kimning maslahatini olish kerak: a) U odam tabiiyki sendan ilmliroq va tajribaliroq boʻlishi kerak. b) Maslahatini olmoqchi boʻlgan odaming maqsadi seniki…
38 views18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-13 21:50:04 Odam doim boshliq bo`lishni xohlaydiku to`g`rimi? (Eng kamida man shunaqa edim)

Senga hech kim buyruq bermasa, o`zing hamma narsani bilasanku. Bilib bilib ishlaringni qilsang, hech kim aql o`rgatmasa.

Lekin yaqinda bitta ma`ruza eshitdim. O`shandan keyin umumiy pazl yig`ildi.

Odam hech qachon to`laqonli boshliq bo`lolmaydi.

Bir podshoh bo`lgan ekan va yarim dunyoni egallabdi. Hamma uning amrida. Endi o`zini zo`rman deb o`ylashni boshlagan ekan, xonasiga bir pashsha kirib olibdida va hech chiqmabdi.
Xodimlari ham uni chiqarolmabdi.

Shunda podshoh xulosa qilibdi:

“BItta pashshaga ham gaping o`tmas ekanku, butun dunyoni boshqarishga da’vo qilasan yana” deb o`zini so`kibdi. “Men bu dunyoda Amir(amr beruvchi) emas, Ma’mur(amr oluvchi) ekanligimni esimdan chiqarib qo`ydim” degan dars olibdi.

Sen ham o`zingga kel birodar. Boshliq emassan
44 views18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-12 21:50:11 Eng qiyin savollar qaysi?

1. Hayotdan yashashdan maqsad nima?
2. Dunyo aslida qanday ishlaydi?
3. Qanday qilib xursand va baxtli bo`lish mumkin?
4. Tanlovlarim to`g`riliigini qanday bilaman?
5. O`zimdagi qo`rquvlarni qanday yengaman?
6. Yaxshi do`st va as'hoblarni qayerdan topaman?
7. DUnyoga qanday qilib yaxshi ta`sir o`tkazsam bo`ladi?
8. Ichki xotirjamlikka qanday erishaman?


Bu ChatGPTning javobi

P.S Menimcha esa bu savollardan eng kamida 4tasiga diningda aniq javob bor. Qaysilar ekanligini taxmin qil?
52 viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-11 21:50:36 Boshliqlarga, kattalarga, otalarga mazzada. Ishni buyurib qo`yadi, o`zi bemalol yuraveradi.

Ko`pchilik shunaqa o`ylaydi. Aslida unaqa emas. Kattalarning o`ziga yarasha mas`uliyati, qiyinchiligi bor. Faqat ularni sen tushunmaganing uchun senga shunaqa tuyuladi.

Ular senga ish buyurganigacha qaysi ishni qilsak ko`proq foydali bo`ladi deb qaror qilgan. Bir katta qaror qilish esa odamdan
a) katta energiya oladi
b) odamni judayam ko`p narsa o`rganib chiqishga majbur qiladi
c) agar o`xshamasachi degan mas`uliyat yuklaydi.

Boshliqlarga mazza deb o`ylama, agar boshliq bo`lishni xohlasang ham shu narsalarga tayyor tur.
33 views18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-10 21:50:03 Eng alam qiladigan tomoni esa, hozirgi texnologiyalar.

Kecha xuddi shu postni yarim soat o`tirib o`ylab keyin yozdim. Uni strukturaga soldim.

Undan keyin xuddi shu savolni ChatGPT'ga berib ko`rdim. Bilmaganlar uchun bu yangi sun`iy intellektga asoslangan chat. Sun`iy intellekt esa meni javobimdan 10 baravar yaxshiroq javob berdi.

Mana uning javobi:

“Aniq fikrlovchi bo‘lish turli vaziyatlarda qimmatli mahorat bo‘lishi mumkin, chunki bu sizga yaxshiroq qarorlar qabul qilish, muammolarni samaraliroq hal qilish va o‘z fikrlarini boshqalarga aniqroq yetkazishda yordam beradi. Mana bir necha maslahatlar aniqroq fikrlovchi:

Faol tinglashni mashq qiling: bu sizning gapirish navbatingizni kutish o'rniga, gapirayotgan odamga to'liq e'tibor qaratish va uning nuqtai nazarini tushunishga harakat qilishni anglatadi.

Tanaffus qiling: muammolarga yangicha nuqtai nazar bilan qaytishingiz uchun miyangizga dam berish muhimdir.

Tartibda bo'ling: jismoniy joyingiz va fikrlaringizni tartibli saqlang, chunki tartibsizlik chalg'itishi va aniq fikrlashni qiyinlashtirishi mumkin.

Yordam so'rang: Agar muammo yoki qarorda qotib qolgan bo'lsangiz, tushuntirish yoki yo'l-yo'riq so'rashdan qo'rqmang.

Yangi ma'lumotlar va turli nuqtai nazarlarni izlang: Bu sizga mavzuni chuqurroq tushunishga va turli yondashuvlarni ko'rib chiqishga yordam beradi.

Fikringiz haqida mulohaza yuriting: fikrlash jarayonlaringizni baholashga vaqt ajrating va fikrlashingizga ta'sir qiladigan noto'g'ri fikrlar yoki taxminlar bor-yo'qligini ko'rib chiqing.

Ehtiyotkorlikni mashq qiling: Ehtiyotkor bo'lish sizga hozir va diqqatni jamlashda yordam beradi, bu aniq fikrlashni osonlashtiradi.

Umuman olganda, aniq fikrlovchi bo'lish uchun amaliyot va doimiy o'rganish va takomillashtirishga tayyor bo'lish kerak."
Original varianti

Va undan keyin yana bir nechta mavuzlar bo`yicha GPT bilan gaplashdik. Mabodo ba`zilarga telefon qilmay aloqani uzib qo`ygan bo`lsam, GPT'dan ko`raveringlar.

Javoblari odamlardan aqlli bo`lgani uchun u bilan gaplashish qiziqroq bo`lyapti

Hazil albatta. Lekin yangiliklarga moslashuvchan va ularni o`z foydamizga ishlata olishni o`rganishimiz kerak.
41 views18:50
Ochish/sharhlash