Get Mystery Box with random crypto!

Usmonxon Mavlonov || Blog

Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog U
Telegram kanalining logotibi usmonxon_mavlonov — Usmonxon Mavlonov || Blog
Kanal manzili: @usmonxon_mavlonov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2022-05-17 21:30:14 Bizga savol berishganda "сразу" javobga o`tib ketmasdan bir nafas olib, o`zimizdan so`raylik:

- O`zi men bu savolga javob berishga mos va/yoki javobgar insonmanmi? (Bilim yoki tajribam yetarlimi)
- Bu odamga maslahat berish uchun man uni yetarlicha taniymanmi?
- Javobim xato bo`lsa, uning zararini eng ko`p kim ko`radi?

Shu savollarga qoniqarli javob berguningizcha u odam ketib ham qolsa kerak . Shuncha payt ketmasdan kutib turgan bo`lsa, demak sizlar yaxshi tanishsizlar. Maslahatingiz unga foydali bo`ladi degan umiddaman.

@usmonxon_mavlonov
128 views18:30
Ochish/sharhlash
2022-05-15 18:24:17 Tashkilotchi

Borgan sari bir ishni qildira olish o`sha ishni qilishdan ko`ra yaxshiroq va samaraliroq degan fikrga ishonib boryapman.

Agar siz:
- nima xohlashingizni bilsangiz(maqsad);
- uning uchun nima qilish kerakligini bilsangiz (vazifalar);
- unga yetishishda qanday muammolarni borligini bilsangiz (to`siq);
- bu muammolarni kim hal qilishini bilsangiz(ekspert);
- va o`sha ekspertni yollashni bilsangiz, katta ehtimol bilan xohlagan narsalaringizning aksariyatiga erishish mumkin.

Bu jarayonda sizga eng kerak bo`ladigan ko`nikmalar bu yaxshi analiz qila olish (o`zingizni, vaziyatni, odamlarni) va rejalashtirish bo`ladi.

@usmonxon_mavlonov
124 views15:24
Ochish/sharhlash
2022-05-14 20:20:00 Ey nafsim:

Yozganlarinchalik taqvodor bo’lganingda, hozir hayoting butunlay boshqacha bo’lardi. Taqvoda blogingga yetib ol…

P.s Oldin yozganlarimga amal qilmay qo’ygan nafsim bilan suhbatdan olingan xulosa.

@Insaf_Aliev_Blog
104 views17:20
Ochish/sharhlash
2022-05-13 20:36:51 Doimiy rivojlanib borishda muhit judayam katta omil ekanligini bu blogga o`xshash bloglarni kuzatadiganlar juda yaxshi biladi.

Siz har tomonlama rivojlanib borishga harakat qilarkansiz, doimiy ravishda bir muhitdan "yuqori" muhitga tomon harakatlanib borasiz. Farqi yo`q bu moliyaviy bo`ladimi yoki ilmiy. Shunday paytda yuqori muhitga o`tgandan keyin, oldingilari bilan aloqani uzmaslikka harakat qilishimiz kerak. Undan tashqari ularni ranjitmagan yoki kamsitmagan holda kuchaytirishga urinish juda yaxshi xislat.*
Axir, «men kuchayib bo`ldim, senlar kimsan?» deyish to`g`ri emas-ku!

Boshqa tomondan, bunday deyish kibrning alomati bo`lishi ham mumkin. Buni aniqlash insonning o`ziga havola.

Shunday qilib, eng asosiy masala: muhit sizga yomon ta`sir qilmaydigan darajada undan uzoq bo`lish, lekin siz muhitga ta`sir qila oladigan darajada yaqin bo`lish. Balans.

P.S: Ranjitmagan holda deyishimning sababi, siz boshqa muhitga o`tganingizdan so`ng, oldingi bilan bir xil muomalangiz ham boshqacha baholanishni boshlaydi.

@usmonxon_mavlonov
120 views17:36
Ochish/sharhlash
2022-05-12 19:53:34 Muammo borligini tan olgandan keyin nima qilish kerak?

Odatiy reaksiya: odamlar darrov muammoni yechishga kirishib ketishadi.
Lekin:
Bu paytda avval tinchlanib olib, muammo aslida nimada ekanligini yaxshilab analiz qilish kerak. Muammo o'zi nimada? Bu muammoning asl sabablari nima? Qanday holat bu muammoning yechimi hisoblanadi? kabi savollarni o'zimizga berishimiz shart.

Muammoning yuzaki va asl sabablari bo'lishi mumkin:
Men poyezdga kech qoldim. Buning yuzaki sababi jadvalga qarashni esdan chiqarganim. Nima uchun buni esdan chiqardim deb savol bersak, asl sabab mening mas'uliyatsizligim bo'lishi mumkin.

Endi yechimlarga kelsak bo'ladi. Muammoni vaqtga nisbatan 2 xil yechimi bo'lishi mumkin:
- hozirgi xatoni to'g'irlaydigan;
- bunday xato boshqa qaytarilishiga yo'l qo'ymaydigan yechimlar.

Bularning har ikkisi ham juda muhim. Biri qisqa muddat uchun, ikkinchisi uzoq muddat uchun.

P.S Shunday reaksiya muammolar bilan muomala qilish uchun yaxshi yo'l xaritasi bo'la olar ekan.

@usmonxon_mavlonov
93 views16:53
Ochish/sharhlash
2022-05-11 21:21:14 Haqiqatni tan olish juda qiyin. Ayniqsa u sening kamchiliging, xatoying yoki mas'uliyatsizliging bo'lsa.

Bunday vaziyatda odatiy reaksiya haqiqatdan qochish, reallikni tan olishdan qo'rqish bo'ladi.

Lekin shunday holatda inson uzoqni ko'zlab, o'zining xatolarini tan olib, vaziyatga tik boqsa, eng ko'p foyda oladi. Atrofdagilariga ham foyda keltiradi.

Xatolarni tan olish esa o'z navbatida rivojlanish uchun imkoniyatni aniqlash degani.

Shunday ekan, holatga xatoyimni tan oldim deb emas, rivojlanish uchun imkoniyat borligini tan oldim, deb qarasa ham bo'ladi.

@usmonxon_mavlonov
97 views18:21
Ochish/sharhlash
2022-05-10 08:12:08 Hamma narsa ehtiyojdan kelib chiqadi

1. Ramazonda yarim kechasi uyg`onolganding, undan keyin tahajjudga turdingmi?

2. DeepWork qilishing kerak bo`lgan odatiy kunlarda hech buni eplolmaysan. Deadline'dan bir kun oldin esa 6 soat bosh ko`tarmasdan ishlash / o'qish bu normal holat sen uchun.

3. Eng kerakli paytda doim resurs (vaqt, pul, kuch) topa olasan. Boshqa payt esa xohlasang ham bunday bo`lmaydi.

Buning sababi odatiy holatda sen bu ishlarni xohlaysan xolos, rostan ham ehtiyoj bo`lganda esa sen buning kerakligini his qilasan.

Demak, ehtiyojni his qilish xohishdan kuchliroq.
(his qilish > xohish)

@usmonxon_mavlonov
107 views05:12
Ochish/sharhlash
2022-05-05 07:44:56 Hasadni yuqotish uchun mashqlar o`qib qolgandim. Balki kimgadir foydali bo`lar:

1. Hasad qiladigan odamingiz haqqiga duo qiling.

2. Qaysi sifatga hasad qilsangiz o`sha odamda shu sifat ziyoda bo`lishini tilang.

3. Shu sifat sizda kamayishi hatto yuqolishini so`rang (tasavvur qiling).

Judayam qiyin mashq, lekin foyda beradi. Natijasini ham sezasiz.

P.S: Men hech kimga hasad qilmayman degan yolg'on qabul qilinmaydi. Bu bilan o'zingizni aldamang!

@usmonxon_mavlonov
111 viewsedited  04:44
Ochish/sharhlash
2022-04-26 16:41:34 Velosipedni qayta ixtiro qilish

1. Nimadir loyiha boshlaganimizda ko'p yangi narsalar ixtiro qilishni xohlab qolamiz. Lekin bu doim ham tog`ri emas.

2. Aksariyat hollarda bizdan oldingi muvaffaqiyatli "case"larni o'rganib, ularni to'g'ri qo'llay olinsa, yaxshi natijaga erishish mumkin. Bu tajribalar bir qarashda soddadek ko'rinadi, lekin keyingi bandga amal qilinsa, foydasi "shokolad" bo'ladi.

3. Eng muhim va innovatsion nuqta esa alohida "case"larni bir-biriga mos tarzda integratsiya qilish bo'ladi. Sodda tajribalarning o'zigina zo'r natija olib kelmasa ham ularning noan'anaviy birlashmasi katta kuch bo'ladi.


4. Natija: hamma qila olishi mumkin bo'lgan, lekin hech kim (harholda juda ko'pchilik) eplolmagan jozibali "success story"

Izoh:
Case - misol, tajriba.
Success story - muvaffaqiyat tarixi

@usmonxon_mavlonov
144 views13:41
Ochish/sharhlash
2022-04-26 12:47:59 Ota-ona

Bu postimizda ota-onamizga qanchalik e'tibor beroyotganimiz haqida bir mulohaza qilamiz.
Buni avval bir-ikkita savollar bilan boshlayman:
1.Qachon birga o'tirib suhbat qurdik (musofirdagilar telefon orqali).
2. Ularni yuzlariga chetdan bir yaxshilab nazar soldikmi !? (qarishyabdi to'g'rimi !? )

Endi bu postni o'qib tugatgach telefoningizni biroz vaqtga o'chirib yuqoridagi savollarni yaxshilab o'ylab o'zingizga javob bering. Ular qilgan yaxshilikni bu dunyoda hech kimdan topmadik shunday emasmi? To'g'ri ular ba'zida bizni ranjitishar (o'zimizning nazdimizda), lekin bu ulardan hafa bo'lish uchun sabab emas. Ular ba'zida xato ish qilishlari mumkindir, beayb Parvardigor hamma ham xato qiladi. Ularni doim to'g'ri tushuning , ularga jahl qilmang (aslo), ranjisangiz ham buni ularga sezdirmang. Hullas ularni qadriga yeting. Axir Ota-onasini ko'rish uchun bu dunyoda topgan boyligini berishga tayyorlar qancha. Bizda esa shunday boylik bor. Ko'nglingiz yumshab ota-onangizni eslatishga erishgan bo'lsam bu mening yutug'im (maqsadim ham faqatgina shu edi).

P. S bu mavzuda ko'p gaplashishimiz mumkin. (davomi bo'ladi In sha Alloh)

Ikromov Ulug'bek
118 views09:47
Ochish/sharhlash