Get Mystery Box with random crypto!

Olivye tugagan bo‘lsa, endi yangiliklarga o‘tamiz, o‘rtoqlar | UFCBOXUZ

Olivye tugagan bo‘lsa, endi yangiliklarga o‘tamiz, o‘rtoqlar

Ikkinchi qism
Leon Edvards va Bilol Muhammad o‘rtasidagi jang 14-aprelda UFC 300 doirasida o‘tkazilishi mumkin. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.

Konor raqibini bugun e’lon qilishi kerak
Makgregorga ishonilsa, u 1-yanvar kuni jangi sanasi va raqibini e’lon qiladi. Hozircha e’lon qilmadi. Biroq bu Konor ekanligini ham unutmaslik kerak.

Umarga farqi yo‘q
Umar Nurmagomedov UFC’dagi navbatdagi jangini istalgan raqibga qarshi o‘tkazishga tayyor. U Deyvison Figeredo yoki Jonatan Martines variantiga “istalgan vaqtda” deya javob qaytardi.

UFC 297 jangi bekor bo‘ldi
Dominik Reyes va Karlos Ulberg o‘rtasida 21-yanvar kuniga belgilangan jang bekor qilindi. Ulberg jarohat olgan.

Kim Konorga raqib bo‘ladi?
Insayderlar va turli nashrlar Makgregor uchun Dastin Porye, Maykl Chendler va Neyt Dias raqib bo‘lish imkoniyatiga egaligi haqida allaqachon xabar tartatgan.

2015—2023-yillarda eng ko‘p doping testidan o‘tkazilgan (USADA tomonidan) UFC jangchilari
Paulo Kosta (135), Jon Jons (111), Kamaru Usmon (97), T.J.Dillashou (92), Amanda Nunyes (90), Irji Proxazka (89.

Vazn ko‘tarishga tayyor Chendler
Maykl Chendler Konor Makgregor bilan jangdan umidini uzgani yo‘q. U bu yo‘lda Konor bilan o‘rta vazn toifasida jang qilishga tayyorligini ham bildiryapti.

Yangi yildan umidi katta Kamaru
“Bugun yangi yil sahifasini ochyapmiz. 2023-yilda ko‘tarilish va pasayishlar bo‘ldi. Hammasi uchun yaratganga shukr. 2024-yilda biz yana parvoz qilamiz”, — deya yozdi Usmon.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC