Get Mystery Box with random crypto!

Mahmud Murodov UFC’dagi navbatdagi jangini yengilmas sportchig | UFCBOXUZ

Mahmud Murodov UFC’dagi navbatdagi jangini yengilmas sportchiga qarshi o‘tkazadi

O‘zbekistonlik sportchi 4-fevral kuni UFC Fight Night turniri doirasida Las Vegasda Aliasxab Hizriyevga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Hizriyev MMA’dagi faoliyatida 14 ta jangning barchasida g‘alaba qozondi. 5 ta jangda nokaut bilan, 5 ta jangda esa sabmishen orqali raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan. 4 ta jangida ochkolar evaziga g‘alaba qozongan.

Hizriyev UFC’da 2022-yilning martida debyut qilib, o‘shanda Denis Tiuliulinni sabmishen bilan mag‘lub etgandi. Murodovga qarshi jang uning uchun UFC’dagi ikkinchisi bo‘ladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC