Get Mystery Box with random crypto!

#pedagogikaDiplomatiyasi Rektor Ural Federal universiteti del | CHDPU | Rasmiy kanal

#pedagogikaDiplomatiyasi

Rektor Ural Federal universiteti delegatsiyasini qabul qildi

Bugun, 26-aprel kuni Boris Yeltsin nomidagi Ural Federal universiteti rektori Viktor Koksharov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘ldi.
Tashrif avvalida, delegatsiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odiljon Ziyadullayev hamrohligida o‘quv jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida Ural Federal universiteti rektori Viktor Koksharov Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muhamedov qabulida bo‘ldi.
Rektorlar muloqotida Viktor Koksharov yurtimizga tashrifi sababini tushuntirib, mamlakatimizda oliy ta’lim, jumladan pedagogik kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan qiziqdi. Akademik mobillik, magistratura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, hammualliflikda nashrlar tayyorlash va chop etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni amalga oshirish uchun ishchi guruh shakllantirishga kelishib olindi va anglashuv Memorandumi imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida: Ural federal universiteti 1920-yil tashkil topgan. Universitet QS jahon universitetlari reytingida 335-o‘rinni egallaydi hamda Rossiya Federatsiyasining yetakchi ta’lim va ilmiy maskanlaridan biri hisoblanadi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube