Get Mystery Box with random crypto!

Turdalieva's

Telegram kanalining logotibi turdalieva_writes — Turdalieva's T
Telegram kanalining logotibi turdalieva_writes — Turdalieva's
Kanal manzili: @turdalieva_writes
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 30
Kanalning ta’rifi

Xush kelibsiz!
Fikrlarim, o'rganganlarim, xulosalarim va yana bir nimalardir haqida yozaman. Yozish yoqadi.)
#economics #personalfinance #investment #studentchilik #WIUTerian #sthuseful #justthoughts
Kitoblar: @booklar_emefti

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-14 10:01:19 Erkin o'zgaruvchan jadval va o'qituvchini tanlash imkoniyati

Universitetdagi dars jadvalimga qarab hozir hisoblab ko'rsam, jami haftasiga 13 soatlik dars bo'larkan. Bu 5 soat onlayn leksiya va 8 soat oflayn seminarlardan iborat.

Universitet dars jadvalida guruhingiz uchun belgilab ko'rsatilgan vaqtlardagi darslarga borishingiz mumkin (lekin shart emas). Agar soat 16:00 dagi darsga borish noqulay bo'lsa, jadvaldan ko'rib, istalgan boshqa kun yoki vaqtdagisiga kirish mumkin.

Ishlaydigan tanishlarim orasida darslarini haftaning 2 kuniga to'g'rilab oladiganlari ham bor.

Siz dars jadvaliga emas, jadval sizga bog'liq ravishda o'zgaradi va sizning vaqtingiz tejaladi, yoki samarali taqsimlanadi.

Agar guruhingizga dars berayotgan o'qituvchi-professorning o'qitishi yoqmasa, o'sha modulni o'tadigan boshqa o'zingiz yaxshiroq deb hisoblagan professorning darsiga bemalol kirish imkoniga egasiz. Hech kim sizni haydamaydi.

Agar bitta darsda mavzuni yaxshi tushuna olmasangiz, ikkinchi, uchinchi marta yana boshqa guruhlar bilan qo'shilib o'sha darsga kirish ham mumkin. Yoki 1ta modulni o'tadigan 2-3 ta o'qituvchining har birining darsiga kirib o'tirsangiz ham hech kimning ishi yo'q.

Pul to'lab, universitetdan servis sotib olayotgan mijoz sifatida talabada, albatta sifatga qarab tanlov qilish imkoniyati mavjud.

P.S: WIUTdagi sharoit va imkoniyatlar aslida rivojlangan mamlakatlardagi aksariyat universitetlardagi sharoitning eng fundamental va minimal darajasi, xolos, menimcha.)

#WIUTerian #flexibility
@emeti_zzz
46 views07:01
Ochish/sharhlash
2023-02-13 13:26:19 Adolatli baholash tizimi

Xayolimga birinchi shu keldi. Imtihonlar, individual yoki jamoaviy vazifalar barchasi 2ta baholovchi tomonidan tekshiriladi, xuddi IELTSga o'xshab.

Eng asosiysi, group cw taqdimotidan boshqa barcha baholash usullarida baholovchi qaysi talabaning ishini tekshirayotganini bilmaydi, chunki ism-familiya yozilmaydi, faqat talabalik ID raqami yoziladi. Shuningdek, yaxshigina maosh olayotgan, o'qimaydigan talaba baribir moduldan yiqilishi ehtimoli katta ekanligini bilib turgan o'qituvchi-baholovchilarda "yon bosish"ga rag'bat yo'q, bo'lganda ham 2ta baholovchi birdaniga kelishib "yon bosishi" qiyin bo'lsa kerak, menimcha.)

Universitetda talabaning bilimi quyidagilar orqali baholanadi:

1. Mid-term: oraliq nazoratga tenglasa bo'ladi. Bu semestr o'rtalarida olindigan imtihoncha.

2. Final exam: yakuniy imtihon. O'z nomi bilan asosan akademik yil oxirida o'tkaziladi. Sport zal, kutubxona zaliga o'xshagan 500+ yoki 100+ odam sig'adigan joylarda topshiriladi.

3. Group coursework(cw): jamoaviy vazifa. Menimcha, aksariyat talabalar group cwni uncha xushlamaydi(xususan men ham). Sabab esa "free-rider" muammosi, free-rider bu jamoaviy vazifani bajarishda hech nima qilmaydigan(qila olmaydigan, balki) lekin presentation (taqdimot qilish) kunida paydo bo'lib qolib, bir narsani qotirib qo'ygandek vazifani topshirib baho oladiganlar. Lekin yig'ilgan jamoangizda rostdan ham harakat qiladigan, o'qiydiganlar yig'ilsa, yoki free-fider talabani report qilsangiz group cwni maza qilib bajarishingiz mumkin. Free-rider sifatida report qilingan talaba avtomatik tarzda group cwdan 0 oladi va tamom.

4. Individual portfolio. Portfolioga amaliy vazifa deb qaralsa ham bo'ladi. Masalan qandaydir dasturlash tilida kod yozish.

5. Report. Report group cwning bir qismi bo'lishi ham mumkin, individual bo'lishi ham mumkin. Buni mini tadqiqotcha desa bo'ladi. Report bu qilingan mini tadqiqotchaning bayonoti.

Bu sanab o'tilgan baholash usullari(types of assessment) hali hammasi emas. Bular faqat men shu paytgacha boshimdan o'tkazganlarim xolos .

P.S: WIUT haqida nimalarni yozishim mumkin? Kommentda taklifingiz bo'lsa, qoldiring

#WIUTerian #assesment

@emeti_zzz
43 viewsedited  10:26
Ochish/sharhlash
2023-02-13 13:25:42 Bu hafta har kuni yoki kun ora #WIUTerian degan hashtag bilan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti haqida biror narsa yozishga harakat qilaman. Aslida hammasini qo'shib bitta uzuuun Telegraph maqola qilmoqchi edim. Undan ko'ra avval yozib, keyin hammasini bitta qilib qo'ysamchi deb o'ylab qoldim.

P.S: WIUTda, WIUTning degan so'zlar Vestminster Universitetida/ning deb tushunilsin :-)

@emeti_zzz
33 views10:25
Ochish/sharhlash
2023-02-01 00:22:05 LinkedIn'da ko'rgandim, rosa zo'r chiqqan ekan deb saqlab olgandim. Oddiy illyustratsiya, lekin ancha ta'sir kuchiga ega, menimcha.

Tushunish yoki tushuntirish uchun murakkab (ko'rinadigan) narsalarni sodda ko'rinishda, sxemalarda ifoda eta olish ham foydali, kerakli ko'nikma deb o'ylayman. Dars qilayotganda ham rosa qo'l keladi, "semiz" darslikning 10ta varag'ida matn ko'rinishida berilgan narsani odam o'ziga tushunarli tilda 1 betga sig'dirib yozib-chizib olishi mumkin.

Qaysilari yoqdi va nega? Kommentda yozsangiz bo'ladi)

#justthoughts
@emeti_zzz
56 views21:22
Ochish/sharhlash
2023-01-25 21:50:14 $100 000(yuz ming dollar)

Foydali post emas!

Universitetda Corporate Finance(Korporativ moliya) degan modul(fan)dan maza qilib bajariladigan vazifa berildi.

O'z guruhimizdagi talabalardan 4-5 kishilik jamochalarga ajralamiz. Har bir jamochaga $100 000 va taxminan 50 kun muhlat beriladi. Shu vaqt mobaynida AQSh aksiya bozoridagi istalgan kompaniya aksiyalarini sotib olishimiz va sotishimiz mumkin. Bu ingliz tilida "trading challenge" deyiladi, treyding musobaqasi. Treyding musobaqasida kompaniyalar aksiyalarini past narxda sotib olib, yuqoriroq narxda sotish orqali imkon qadar ko'p foyda olishimiz kerak.

Lekin shu joyida, vazifaning eng zo'r sharti shuki, necha marta sotib olishimiz va sotishimiz umumiy hisobda 50 martadan oshmasligi shart. Agar oshib ketsa, avtomatik tarzda o'qituvchi o'sha jamoani eng oxirgi o'ringa tushirib qo'yadi. Nega bunday? Sabab esa oddiy, agar 50 martadan ko'p sotib olish, sotish mumkin bo'lsa, talabalar hech qanday bozorni o'rganmay, darslardagi bilimlarni qo'llab, kompaniyaning moliyaviy va iqtisodiy holatini o'rganmay, nima uchun aksiyani sotib olayotgani, sotayotganini ham bilmasdan shunchaki "gambling" ya'ni qimor o'ynagandek, maqsadsiz tinmay har soniya, daqiqada aksiyalarni sotib olib, sotib foydasini ko'paytirishi mumkin. Cheklov bo'lganligi sababli, yetti emas 49 o'lchab bir kesamiz. Vazifaning maqsadi ham aynan nazariy o'rganganlarni amaliy qo'llashga majbur qilish.

Masalan, kompaniyaning buxgalteriya bo'limi tayyorlaydigan moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish orqali, kompaniya haqidagi yangiliklarni kuzatish, kompaniyaning faoliyatini har tomonlama o'rganib chiqish orqali uning aksiyalarining narxi hozir qanday baholanganligi, kelajakda narxi o'sishga yoki pasayishga moyilligini prognoz qilish mumkin. Bu esa albatta tinmay o'rganish, izlanish talab etadi.

P.S1: $100 000 hypothetical(xayoliy) deb hisoblanadi. :-) Xayoliy pulni haqiqiy bozorda ishlatmaymiz, virtual real-time marketda savdo qilamiz: MarketWatch.

P.S2: O'zi bugun tanishgan 4 kishilik jamoa bilan ishlashning o'zi yana bir boshqa sarguzasht bo'ladi.)

P.S: g'olib(eng ko'p foyda qilgan) jamoachaga o'qituvchimiz o'zi mukofot sifatida $1 000 000 so'm berarkan .

P.S3: fikrlar bo'lsa, kommentlar qismi bekorga berilmaganligini eslatib qo'yay.)

#qiziqarli #studentchilik #finance
@emeti_zzz
68 views18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-20 17:00:19 Podkastlar

Idish yuvayotganda, ovqat qilayotganda, avtobusda, bekatda, uy tozalayotganda musiqa o'rniga ko'proq podkast eshitishni boshladim. Juda ko'p narsa o'rganish mumkin ekan.

1. Uzbekonomics - Garvard doktoranti, iqtisodchi Botir Qobilov va Wisconsin Universiteti doktoranti, kuchli iqtisodchi Behzod Hoshimov birgalikda har xil xalq ichidagi muammolar, O'zbekistondagi islohotlar va boshqa qiziqarli mavzularda o'zbek tilida suhbat qiladi. Videosini ko'rmay shunchaki eshitish ham mumkin.

2. Ular - turli sohadagi professionallar bilan intervyu shaklida juda ko'p qiziq mavzular yoritib boriladi. Hujjatli filmlar ham bor. Dunyoqarashingizni kengaytirishga zo'r yordam beradi.

#foydalidebilindim #qiziqarli #economics
@emeti_zzz
63 viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2022-12-24 20:42:54 Natija VS Oqibat
Output VS Outcome

"Hukumat oqibatlarni emas natijalarni o'lchaydi."(which is not good)

Bilamizki, o'qituvchilarga dars o'tishdan tashqari ma'naviyat ishlari, tarbiya ishlari va yana bir narsalar qilish yuklatiladi.

Opam(onam) kechagina aytib o'tirgan edi: "Hisobot topshirish kerak. Ma'naviyat ishlari bo'yicha nima qilganligimizni foto+yozma hisobot qilib topshirishimiz kerak lekin unaqa tadbirbozlik, ma'naviyat"shunoslik" qilishga darsdan ortib vaqt ajratib bo'lmaydi. Keyin unaqangi "ma'naviy tadbirlar" bizdagi tinglovchilar uchun umuman kerak ham emas."

Mana shu yerda, opam topshirishi kerak bo'lgan hisobotni so'rayotganlar shunchaki NATIJAni o'lchayapti. OQIBATni emas.

NATIJA - necha marta ma'naviyat soati o'tildi, hech kimga kerak bo'lmagan tadbirlar o'tkazildi, nechta tinglovchi qatnashdi.

OQIBAT - o'sha tinglovchilar o'sha ma'naviyat darslari/tadbirlaridan keyin "ma'naviyatli" bo'lib qoldi. Lekin hech kim ma'naviyatli bo'lib qolmadi, ya'ni bu yerda umuman kerakli oqibatning o'zi yo'q. Bu degani esa o'sha ishlarni UMUMAN QILMASLIK afzalroq.

Biror ishning natijasi bo'lishi lekin oqibati/samarasi umuman bo'lmasligi mumkin. Bunday holatda ko'z-ko'z qilib uni bunday, buni bunday qildim deb bir kilogramm hisobot topshirish uchun ko'pchilik davlat ishchilari aslida umuman qilinmasa barcha uchun foydaliroq bo'lishi mumkin bo'lgan ishlarni qilib vaqtini, resurslarini ketkazadi. Chunki u hech nima qilmasam hamma uchun foydaliroq deb hech nima qilmasa "dangasa, ishyoqmas, layoqatsiz ishchi"ga aylanadi-da!!!

Tushuntirib bera oldimmi, o'zi?

P.S: tepadagi link orqali batafsil videoni ko'rsangiz ham bo'ladi(o'zbekcha subtitrlari bor)

P.S: this was just an insight I got from that video)

#economics

@emeti_zzz
94 viewsedited  17:42
Ochish/sharhlash
2022-12-01 22:30:58 "Cap-and-trade" mexanizmi

Ishlab chiqarish jarayonida chiqariladigan zararli gazlar iqlim o'zgarishining asosiy sabablaridan biri ekanligini bilsangiz kerak. Iqlim o'zgarishini sekinlashtirish uchun o'sha zararli gazlarning chiqarilishiga ham cheklov(limit) qo'yilar ekan.

Tassavur qilamiz, O'zbekistondagi ishlab chiqaruvchiga ham Qozog'sitondagi ishlab chiqaruvchiga ham bir xil cheklov qo'yilgan: "Ishlab chiqarish natijasida atmosferaga chiqayotgan gazlar yiliga 10 tonnadan oshmasligi shart".

O'zbekistondagi ishlab chiqaruvchining maxsulotiga talab juda yuqori bo'lganligi uchun ishlab chiqarishni ko'paytirishi kerak, natijada uning zavodi chiqarayotgan zararli gazlar miqdori ruxsat berilgan 10 tonnadan oshib ketyapti. Lekin Qozog'istondagi ishlab chiqaruvchining mahsulotiga talab past va ishlab chiqarishni kamaytirishi kerak. Ishlab chiqarishni kamaytirganida uning zavodidan faqat 6 tonna chiqindi gazlar chiqayapti.

Bu holatda "cap-and-trade" mexanizmi bo'yicha O'zbekiston Qozog'istondan 4 tonna chiqindi gaz uchun ruxsatni sotib olishi mumkin. Ya'ni, O'zbekiston tabiatga ko'proq zarar yetkazayotgani uchun pul to'laydi, Qozog'iston kam zarar yetkazgani uchun pul olayapti. Ikkala ishlab chiqaruvchi ham xursand. Shuningdek, tabiatga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdori ikkala davlatga qo'yilgan limit(20t = 10*2)dan oshmayapti. Xullas shunaqa ekan.

Juda ham oddiy tilda tushuntirishga harakat qildim. Agar buni chuqurroq o'rgansangiz murakkablashib ketaveradi. Masalan, bu mexanizm ishlashi uchun hamma davlatlarda chiqindi gazlarni o'lchash bir xil bo'lishi kerak. Aldov yo'li bilan kam ko'rsatish bo'lishi mumkin. Ya'ni mexanizmning o'ziga yarasha bahsli jihatlari ko'p.

P.S1: bu yerda "cap-and-trade" haqida ko'proq o'qishingiz mumkin(ingliz tilida).

P.S2: endi tez-tez #economics'ga oid o'rganganlarim bilan boshingizni qotirib turaman)

#climatechange

@emefti_zzz
106 views19:30
Ochish/sharhlash