Get Mystery Box with random crypto!

Adolatli baholash tizimi Xayolimga birinchi shu keldi. Imtiho | Turdalieva's

Adolatli baholash tizimi

Xayolimga birinchi shu keldi. Imtihonlar, individual yoki jamoaviy vazifalar barchasi 2ta baholovchi tomonidan tekshiriladi, xuddi IELTSga o'xshab.

Eng asosiysi, group cw taqdimotidan boshqa barcha baholash usullarida baholovchi qaysi talabaning ishini tekshirayotganini bilmaydi, chunki ism-familiya yozilmaydi, faqat talabalik ID raqami yoziladi. Shuningdek, yaxshigina maosh olayotgan, o'qimaydigan talaba baribir moduldan yiqilishi ehtimoli katta ekanligini bilib turgan o'qituvchi-baholovchilarda "yon bosish"ga rag'bat yo'q, bo'lganda ham 2ta baholovchi birdaniga kelishib "yon bosishi" qiyin bo'lsa kerak, menimcha.)

Universitetda talabaning bilimi quyidagilar orqali baholanadi:

1. Mid-term: oraliq nazoratga tenglasa bo'ladi. Bu semestr o'rtalarida olindigan imtihoncha.

2. Final exam: yakuniy imtihon. O'z nomi bilan asosan akademik yil oxirida o'tkaziladi. Sport zal, kutubxona zaliga o'xshagan 500+ yoki 100+ odam sig'adigan joylarda topshiriladi.

3. Group coursework(cw): jamoaviy vazifa. Menimcha, aksariyat talabalar group cwni uncha xushlamaydi(xususan men ham). Sabab esa "free-rider" muammosi, free-rider bu jamoaviy vazifani bajarishda hech nima qilmaydigan(qila olmaydigan, balki) lekin presentation (taqdimot qilish) kunida paydo bo'lib qolib, bir narsani qotirib qo'ygandek vazifani topshirib baho oladiganlar. Lekin yig'ilgan jamoangizda rostdan ham harakat qiladigan, o'qiydiganlar yig'ilsa, yoki free-fider talabani report qilsangiz group cwni maza qilib bajarishingiz mumkin. Free-rider sifatida report qilingan talaba avtomatik tarzda group cwdan 0 oladi va tamom.

4. Individual portfolio. Portfolioga amaliy vazifa deb qaralsa ham bo'ladi. Masalan qandaydir dasturlash tilida kod yozish.

5. Report. Report group cwning bir qismi bo'lishi ham mumkin, individual bo'lishi ham mumkin. Buni mini tadqiqotcha desa bo'ladi. Report bu qilingan mini tadqiqotchaning bayonoti.

Bu sanab o'tilgan baholash usullari(types of assessment) hali hammasi emas. Bular faqat men shu paytgacha boshimdan o'tkazganlarim xolos .

P.S: WIUT haqida nimalarni yozishim mumkin? Kommentda taklifingiz bo'lsa, qoldiring

#WIUTerian #assesment

@emeti_zzz