Get Mystery Box with random crypto!

Erkin o'zgaruvchan jadval va o'qituvchini tanlash imkoniyati | Turdalieva's

Erkin o'zgaruvchan jadval va o'qituvchini tanlash imkoniyati

Universitetdagi dars jadvalimga qarab hozir hisoblab ko'rsam, jami haftasiga 13 soatlik dars bo'larkan. Bu 5 soat onlayn leksiya va 8 soat oflayn seminarlardan iborat.

Universitet dars jadvalida guruhingiz uchun belgilab ko'rsatilgan vaqtlardagi darslarga borishingiz mumkin (lekin shart emas). Agar soat 16:00 dagi darsga borish noqulay bo'lsa, jadvaldan ko'rib, istalgan boshqa kun yoki vaqtdagisiga kirish mumkin.

Ishlaydigan tanishlarim orasida darslarini haftaning 2 kuniga to'g'rilab oladiganlari ham bor.

Siz dars jadvaliga emas, jadval sizga bog'liq ravishda o'zgaradi va sizning vaqtingiz tejaladi, yoki samarali taqsimlanadi.

Agar guruhingizga dars berayotgan o'qituvchi-professorning o'qitishi yoqmasa, o'sha modulni o'tadigan boshqa o'zingiz yaxshiroq deb hisoblagan professorning darsiga bemalol kirish imkoniga egasiz. Hech kim sizni haydamaydi.

Agar bitta darsda mavzuni yaxshi tushuna olmasangiz, ikkinchi, uchinchi marta yana boshqa guruhlar bilan qo'shilib o'sha darsga kirish ham mumkin. Yoki 1ta modulni o'tadigan 2-3 ta o'qituvchining har birining darsiga kirib o'tirsangiz ham hech kimning ishi yo'q.

Pul to'lab, universitetdan servis sotib olayotgan mijoz sifatida talabada, albatta sifatga qarab tanlov qilish imkoniyati mavjud.

P.S: WIUTdagi sharoit va imkoniyatlar aslida rivojlangan mamlakatlardagi aksariyat universitetlardagi sharoitning eng fundamental va minimal darajasi, xolos, menimcha.)

#WIUTerian #flexibility
@emeti_zzz