Get Mystery Box with random crypto!

'Cap-and-trade' mexanizmi Ishlab chiqarish jarayonida chiqari | Turdalieva's

"Cap-and-trade" mexanizmi

Ishlab chiqarish jarayonida chiqariladigan zararli gazlar iqlim o'zgarishining asosiy sabablaridan biri ekanligini bilsangiz kerak. Iqlim o'zgarishini sekinlashtirish uchun o'sha zararli gazlarning chiqarilishiga ham cheklov(limit) qo'yilar ekan.

Tassavur qilamiz, O'zbekistondagi ishlab chiqaruvchiga ham Qozog'sitondagi ishlab chiqaruvchiga ham bir xil cheklov qo'yilgan: "Ishlab chiqarish natijasida atmosferaga chiqayotgan gazlar yiliga 10 tonnadan oshmasligi shart".

O'zbekistondagi ishlab chiqaruvchining maxsulotiga talab juda yuqori bo'lganligi uchun ishlab chiqarishni ko'paytirishi kerak, natijada uning zavodi chiqarayotgan zararli gazlar miqdori ruxsat berilgan 10 tonnadan oshib ketyapti. Lekin Qozog'istondagi ishlab chiqaruvchining mahsulotiga talab past va ishlab chiqarishni kamaytirishi kerak. Ishlab chiqarishni kamaytirganida uning zavodidan faqat 6 tonna chiqindi gazlar chiqayapti.

Bu holatda "cap-and-trade" mexanizmi bo'yicha O'zbekiston Qozog'istondan 4 tonna chiqindi gaz uchun ruxsatni sotib olishi mumkin. Ya'ni, O'zbekiston tabiatga ko'proq zarar yetkazayotgani uchun pul to'laydi, Qozog'iston kam zarar yetkazgani uchun pul olayapti. Ikkala ishlab chiqaruvchi ham xursand. Shuningdek, tabiatga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdori ikkala davlatga qo'yilgan limit(20t = 10*2)dan oshmayapti. Xullas shunaqa ekan.

Juda ham oddiy tilda tushuntirishga harakat qildim. Agar buni chuqurroq o'rgansangiz murakkablashib ketaveradi. Masalan, bu mexanizm ishlashi uchun hamma davlatlarda chiqindi gazlarni o'lchash bir xil bo'lishi kerak. Aldov yo'li bilan kam ko'rsatish bo'lishi mumkin. Ya'ni mexanizmning o'ziga yarasha bahsli jihatlari ko'p.

P.S1: bu yerda "cap-and-trade" haqida ko'proq o'qishingiz mumkin(ingliz tilida).

P.S2: endi tez-tez #economics'ga oid o'rganganlarim bilan boshingizni qotirib turaman)

#climatechange

@emefti_zzz